Anons
14 june 2021

Rauf Parfi haykali uchun #100 loyihasi

O‘zbekistonda shoir Rauf Parfi xotirasiga bronza haykal o‘rnatish uchun bir guruh ziyolilar boshlagan pul yig‘ish harakati nihoyasiga yetmoqda.

“Biz unutmadik. Albatta haykal qo‘yamiz shoirga. «Yuz kishi» degan harakat boshladik. Rauf Parfining Toshkentdagi bronza haykali uchun yetmay qolgan mablag‘ shu yuz kishi o‘rtasida taqsimlanadi. Shu yuz kishidan biri rassom TUZ. Shu yuz kishidan biri bo‘lishni istaganlar ëzilishi mumkin. Post tagiga ism ëzing”, degan navbatdagi e'lon paydo bo‘ldi 14 iyun kuni ijtimoiy tarmoq sahifalarida.

Harakatni shu kunning birinchi yarmidayoq 40 nafarga yaqin faol qo‘llab-quvvatladi. Jumladan, Mirza Anvar, Shuhrat Bobojon, Sardor Salim, Dilbar, Murod Karim, Ismigul Shayxuddinova, Abduvohid Hayit, Azizullo Ergashjonov, Umid Soriev, Dilnora, Dilobar Asliddin qizi, Davronbek Yo‘ldoshev, Feruza Mahmudova, Go‘zal Begim, Bahrom Rahmon, Edelveys, Qutbiddin Muhiddin, Ilyos Safarov, Malohat Mirzaeva, Shuhrat Melikov, Xurshid Abdurashid, Anora Sodiqova, Zafar Habibullo, Nozima Rizaeva, Nilufar, Barno Sultonova, Shukur Jabbor, Rahmat Bobojon, Sharifa Madrahimova, Sundar Qoraboev, Islom Mo‘min, Abduhamid Pardaev, Olima Nabieva, Nasiba Yo‘ldosheva, Qudrat Bobojon…     

Shoirning bronza haykalini o‘zbekistonlik taniqli haykaltarosh Azamat Hotamov yaratishga jazm qilgan. O‘zbekistonning yaqin tarixida ilk bor shoir uchun elning o‘zi mablag‘ yig‘moqda.

“Eldan biri sifatida siz ham, men ham o‘z shoirimiz haykali tiklanishiga ko‘mak beramiz. Sho‘rvada sizning ham tuzingiz bo‘lsin”, deyiladi joriy yilning 14 fevralida ochilgan guruhning telegram sahifasida.

Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
11 may 2019
Xorazmlik shoir, 56 yashar Mahmud Rajabning uyiga 10 may kuni soat kechqurun 18.30 da o‘zlarini BIB xodimlari deb atagan ...
16 september 2023
Eltuzga yetib kelgan ma'lumotlarga ko‘ra, Andijon shahar markazidagi Qalandarxona MFY Buxoro ko‘chasida “Smart Panel Hamkor” MChJ firmasi 5 yil ...
17 august 2018
Bir kishilik kameraga tashlangan jurnalist Muhammad Bekjon mahbuslar bilan ventilyatsiya tuynugi orqali ilk bor «aloqaga chiqqan» kuni haqida hikoya ...
26 april 2017
Stokgolm hujumchisi Oqilovning sherigi deya hibsga olingan 26 yoshli chechen yigiti ikki kunlik so‘roqdan keyin 25 aprel kuni qo‘yib ...
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...