Asosiy mavzular
2 august 2021

Alisher Ilhomov: Akaevni o‘g‘irlab ketishdimi?

Qirg‘iziston Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi xabariga ko‘ra, «Qumtor» ishi bo‘yicha tergov qidiruvida bo‘lgan Qirg‘izistonning birinchi prezidenti Asqar Akaev 2 avgust kuni Bishkekka olib kelindi.

Xabarda sobiq davlat rahbari, boshqa yuqori martabali amaldorlar qatorida, 1992 yilda «Qumtor» loyihasi bo‘yicha bosh kelishuvni tuzishda, 1994 yilda unga o‘zgartirishlar kiritishda, shuningdek, 2003 yilda «Kameko» bilan tuzilgan bosh shartnomani qayta tuzishda poraxo‘rlik uchun so‘roqqa tortilgani aytiladi.

«Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi Akaevni respublika hududiga olib kelish orqali jinoiy javobgarlikka tortish nuqtai nazaridan tarixiy adolatni tiklashga qaratilgan faol ish olib bordi «, deyiladi Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi xabarida.

Bi Bi Si xabariga ko‘ra, Asqar Akaev hozir Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi binosida tergov qilinmoqda.

1991 yildan iqtidorda bo‘lgan Akaev Qirg‘izistonda yuz bergan “lola inqilobi” sababli 2005 yilning 24 martida Moskvaga qochishga majbur bo‘lgan edi.

Londondagi Sharq va Afrika tadqiqotlari instituti tahlilchisi Alisher Ilhomov o‘zining feysbuk sahifasida Akaevning Rossiyadan Qirg‘izistonga keltirilishini bunday izohladi:

“Tushunishimcha, Akaev RFda, Piterda yashagan. Qanday qilib MXDQ uni Bishkekka olib kelgan bo‘lishi mumkin? Faqat ikkita yo‘l bor:

1) Rossiyaning o‘zi Bishkek so‘roviga ko‘ra deportatsiya qilishi. Biroq bu Akaev va unga o‘xshaganlarga qaror ustidan sudga, shuningdek, Inson huquqlari bo‘yicha Yevropa sudiga shikoyat qilish imkonini beradigan uzoq jarayon. Shu tarzda ko‘pchilik deportatsiyadan qutulib qolishgan.

2) Shunchaki o‘g‘irlash. Bu holda Rossiya hukumati uchun savollar tug‘iladi. Rossiya maxsus xizmatlarining MOdagi avtoritar davlatlarning o‘zlariga yoqmagan shaxslarni o‘g‘irlashlari va avialiniya marshrutlari orqali olib kelishlariga nafaqat panja ortidan qarashlari, balki ularga hamkorlik qilishlari bilan bog‘liq bunday amaliyotlar ilgari ham bo‘lgan.

Ko‘proq ehtimolda, so‘nggisi. Agar shunday bo‘lsa, unda butun MDH zonasini banditlarniki deya malakalash mumkin, u yerda yoqmagan odamlarning o‘g‘irlanishi de fakto qonuniylashtirilgan”.

Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
15 october 2021
Aziz va muhtaram do‘sti ëronlarim, aytganlarimni ko‘zdan emas, yurakdan kechiraëtganingiz uchun mutashakkurman. Va'zlar o‘ta  jiddiy bo‘lib ketgani uchun sizdan ...
8 november 2021
Prezident Shavkat Mirziyoev 6 noyabr kuni yangidan lavozimiga o‘tirish oldidan qasamyod qilarkan, O‘zbekiston konstitutsiyasiga o‘zgartirishlar kiritish niyatini bildirdi. Biroq ...
29 september 2020
Davlat test markazi 25 sentyabr kuni e'lon qilgan natijalarga ko‘ra, ariza topshirgan salkam 1 yarim million abiturientdan 140 ming ...
14 may 2021
Manam Majnun behuddek gadolar bo‘lmasam bo‘lmas, Kiyib janda, kuloh, g‘amda adolar bo‘lmasam bo‘lmas. (Hamza) Jadid otamiz Hamza Hakimzoda ijodi ...
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...