Catira
29 march 2022

VChK-OGPU: «Usmonov barcha boyliklarini do‘stlari nomiga o‘tkazdi»

“Usmonov AQSh va Yevropa Ittifoqidagi barcha aktivlarini do‘stlarining hisoblariga o‘tkazib qo‘ygan”.

Gamburg rasmiylari asli o‘zbekistonlik milliarder Alisher Usmonovning yaxtasi musodara qilingani haqidagi Forbes xabariga juda qo‘pol tarzda izoh berdi. Ularning xabar berishicha, yaxta musodara qilingani yo‘q, ammo u hech qaerga suzib keta olmaydi. 

600 million dollarlik yaxta Alisher Usmonovning onasi nomiga “Dilbar” deb nomlangan. Yaxta ayni damda Gamburgdagi doklarda rejali ta'mirdan o‘tkazilmoqda. 

VChK-OGPU telegram kanali manbasining ma'lum qilishicha, Yevropa rasmiylari Usmonovning aktivlari bilan bog‘liq katta muammolarga duch kelishadi. 

“Uning yaxtasi, samolyoti, Germaniyadagi uchta uyi va boshqa mulklar offshor kompaniyalarga berilgan. Agar siz ma'lumotlari «sizib ketgan» kompaniyalarning barcha zanjirlarini «belkurak bilan» kovlab chiqsangiz ham, Usmonov va uning kompaniyalari bilan bevosita aloqani topa olmaysiz. 

Rasmiy ravishda, Usmonov ushbu ofshor kompaniyalardan uy, yaxta va samolyotni ijaraga oladi, buning uchun unda barcha zaruriy hujjatlar bor. Bu kabi masalalarning barchasi sudlarda hal qilinadi va men ularning Yevropa rasmiylari uchun oson bo‘lishiga shubha qilaman,” dedi manba.

Ayni paytda sanktsiyaga uchragani aytilayotgan Alisher Usmonovning otasi nomiga “Burxon” deya nomlangan Boing uchog‘i Toshkent aeroportida qolayotgani iddao qilinmoqda.

«Uzoq sanktsiyalar bumerang bo‘lib qaytadi. Ularga e'tibor berishning keragi yo‘q. Qanday sharoit bo‘lsa, shunday yashaymiz. Biz o‘zbeklar sabrli xalqmiz, lekin qo‘rqoq emasmiz» degan edi bir vaqtlar Alisher Usmonov sanktsiyalar haqida Rossiya telekanaliga bergan intervyusida.

Real haqiqatlar Rossiyaning Ukrainaga qarshi urush amaliyotlari uchun joriy qilingan sanktsiyalardan Putin va uning oligarxlaridan ham ko‘ra ko‘proq, Rossiya va unga aloqador davlatlardagi oddiy aholi cho‘ntagiga ko‘proq ziyon yetayotganini anglatmoqda. Putin o‘z bunkerida jon saqlamoqda, oligarxlar o‘z pullarini ofshorlarga o‘tkazmoqda.

Eltuz Rossiyaning Ukrainaga qarshi boshlagan urushi atrofida kechayotgan voqealarni kuzatishda davom etadi.  

Eltuz.com   

Tag‘in o‘qing
9 october 2018
Ukraina xavfsizlik xizmati (UXX) Rossiya harbiy razvedkasining 206 nafar shtatsiz jangarisi ro‘yxatini ochiqladi. Ular «Vagner» deya atalmish guruh a'zolari ...
2 january 2018
Yangi yilning 1 yanvaridan O‘zbekistonda spirtli ichimliklar qimmatladi. Moliya vazirligi va Davlat soliq qo‘mitasi qo‘shma qaroriga ko‘ra pivodan tashqari ...
27 august 2021
Rassol Kirpi
8 may 2022
1865 yil 8 mayida zambarak bilan qurollangan rus bosqinchi otryadlari Toshkent yaqinidagi janglarda qo‘qonlik Alimqul qo‘shinlarining qaqshatqich hujumiga uchrab, ...
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...