Asosiy mavzular
5 april 2022

Rossiya Buchadagi harbiy jinoyat ayblovini rad etishga urinmoqda

AQSh prezidenti Jo Bayden Vladimir Putinni harbiy jinoyatchi deb atadi va rus harbiylari tomonidan Buchada tinch aholining o‘ldirilishi uchun javobgarlikka tortilishiga chaqirdi. Bayden Ukraina tinch aholisiga nisbatan shafqatsizligi uchun Rossiyaga qarshi yangi sanksiyalar joriy etishga intilishini aytdi.

The New York Times nashri jasadlar aks etgan Bucha ko‘chalarining sun'iy yo‘ldosh suratlarini tahlil qildi. Gazetaga ko‘ra, o‘liklar u yerda uch haftadan ko‘proq vaqt davomida yotganiga ishonch hosil qildi, ya'ni shahar rus armiyasi nazorati ostida bo‘lganida odamlar o‘ldirilgan.  

Yevrokomissiya rahbari Ursula fon der Leyen Yevropa Ittifoqi urush jinoyatlarini hujjatlashtirish uchun Ukrainaga tergovchilar guruhlarini yuborishga tayyorligini aytdi.  Amerikaliklar ham bu borada yordam berish istagini bildirdi.

Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Buchaga tashrif buyurib,  Rossiya Ukrainada urush jinoyatlari va genotsid sodir etganini aytdi.

Vikipediyada «Bucha qirg‘ini» deya atalgan alohida sahifa paydo bo‘ldi.

Ayni paytda Kreml va uning vakillari Rossiya armiyasining Buchadagi qotilliklarga aloqadorligi haqidagi ayblovlarni rad etishda davom etmoqda.  Rossiyaning BMTdagi elchisi Vasiliy Nebenzya Rossiyaga qarshi «bosqichma-bosqich provokatsiya» tayyorlangani aytdi va buning uchun G‘arbni aybladi.

Rus armiyasi Buchani tark etarkan u yerda uch yuzdan ziyod odamlar o‘ldirilgani aytilmoqda, ular orasida ayollar, qariyalar, go‘daklar bor.

Ukrainalik jurnalist Denis Kazanskiy kamida ikki nafar yosh bola va bir nechta katta yoshdagi odamlarning kuygan jasadlarini tarmoqda e'lon qildi. Uning so‘zlariga ko‘ra, bu o‘ldirilgan va izlarini yashirish uchun yoqib yuborilgan oila. Jurnalistning ta'kidlashicha,  butun shahar bo‘ylab yuzlab odamlar o‘ldirilgan.

Ayni paytda 100 mingdan ortiq tinch aholi hamon Mariupolni tark eta olmayapti,  dedi shahar hokimi Vadim Boychenko.  Uning so‘zlariga ko‘ra,  Rossiya shahar yo‘nalishida harakatlanayotgan barcha gumanitar yuklarni to‘sib qo‘ygan.

Rossiya Federatsiyasi rejalarini o‘zgartirmoqda, Ukrainadagi urushning yangi bosqichi bir necha oy yoki undan ko‘proq davom etishi mumkin, deydi Oq uy.

AQSh prezidentining maslahatchisi Jeyk Sallivanning bashorat qilishicha, rus bosqinchilari avvalgi harbiy muvaffaqiyatsizliklarni “niqoblash” uchun Lugansk va Donetsk viloyatlarining yanada ko‘proq hududlarini egallab olishga harakat qilishadi.

AQShning BMTdagi elchisi Linda Tomas-Grinfild dushanba kuni Ruminiyaga tashrifi chog‘ida Vashington BMT Bosh Assambleyasiga Rossiyaning Inson huquqlari kengashidagi a'zoligini to‘xtatish taklifi bilan murojaat qilishini aytdi.

Bosh Assambleya ushbu huquqlarni muntazam va qo‘pol ravishda buzayotgan har qanday davlatning BMT Inson huquqlari kengashiga a'zoligini to‘xtatib qo‘yish huquqiga ega.  Buning uchun 193 ovozning uchdan ikki qismini to‘plash kerak.

Litva Klayped shahridagi Rossiya konsulligini yopdi va Rossiya elchisidan mamlakatni tark etishni talab qildi. Ayni paytda Litva Rossiyadan o‘z elchisini chaqirib olishni buyurgan birinchi Yevropa Ittifoqi davlati bo‘ldi.

Ukraina ommaviy axborot vositalarining xabar berishicha,  so‘nggi kunlarda Ukrainada tug‘ilgan ikki bolaga Britaniyaning “er-havo” raketalari nomi qo‘yildi.

Yan Javelin o‘g‘il bola ismi va Javelina qiz bolaning ismi.

G‘ayrioddiy nomlar Vinnitsa viloyatida ro‘yxatga olingan,  dedi Ukrainaning sobiq birinchi xonimi Katerina Yushchenko, uning so‘zlariga ko‘ra, bu G‘arbning Ukrainaga yuborilgan qurollari uchun minnatdorchilik belgisidir.

Bu vaqtga kelib World of Tanks kompyuter o‘yinlarini ishlab chiqaruvchi Wargaming kompaniyasi Rossiya va Belarusni tark etishini e'lon qildi.

Agar Sovet Ittifoqini qayta tiklamoqchi bo‘lsa, Putinni qo‘llab quvvatlaysizmi?

Eltuzning telegram kanalida chop etilgan bu so‘rovga 5 aprel kuni Toshkent vaqti bilan soat 12 gacha 4718 kishi ovoz berdi. Ulardan 77 foizi «yo‘q» deya javob bergan. Faqat 17 foiz odam Sovet Ittifoqini qayta tiklash urinishlarini qo‘llab quvvatlashini bildirgan.  Olti foiz odamga esa farqi yo‘q ekan.

Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
4 april 2023
Salom qadrli muhlislar. Eltuz portaliga kelgan navbatdagi 5 ta shikoyatni o‘qib eshittiramiz. Maktublar O‘zbekistonning Namangan, Xorazm, Buxoro, Toshkent va ...
14 january 2026
O‘zbekiston 1991 yilda Mustaqillikka erishgach, oldida turgan eng ulkan va murakkab vazifalardan biri — o‘z xavfsizligini ta'minlash edi. Bu ...
8 september 2018
«O‘zbekkontsert» qoshidagi badiiy kengash 5 sentyabr kuni bir qancha o‘zbek artistlari kliplarini mahalliy TV kanallarida ko‘rsatishni taqiqladi. Ular ichida ...
21 may 2019
“Yaxshilab eshit va bundan keyin “men kozyolmasman”, “men farishtaman”, “men oppoqman” dema. Eshitib bo‘lganingdan so‘ng menga qarshi qo‘l ko‘tarishga ...
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...