Asosiy mavzular
18 april 2022

Buchada yo‘qolgan o‘zbeklar taqdiri noma'lumligicha qolmoqda

Ukrainada bedarak ketgan 11 nafar surxondaryoliklarning so‘ngi videosi Bucha tumaniga qarashli Kolonshchina qishlog‘i bozor qorovuli tomonidan 1 mart kuni yozib olingan.

Videoda o‘zbekistonlik ekanligini aytgan yigitlar baza qorovuliga o‘zlari haqida qisqa ma'lumot berishgan. Videoni Eltuzga Ukrainadagi O‘zbekiston vatandoshi Shavkat Muhammad yo‘llagan.

Shavkat Muhammadning qo‘shimcha qilishicha, bu yigitlar urush boshlanguniga qadar Kievda mehnat muhojiri bo‘lishgan. Rossiya qo‘shinlari Ukrainaga bostirib kirgach, 11 nafar O‘zbekiston fuqarosi Ukrainadan chiqib ketishga harakat qilgan.

Ammo janglar tufayli ular Kiev viloyatining Bucha tumanida qolib ketishgan. Ukraina qarshilik harakati faollari Shavkat Muhammadga agar O‘zbekiston elchixonasi Ukraina Havfsizlik xizmatiga rasman murojaat qilishsa, yigitlarni topishda yordam berishlari mumkinligini bildirishgan.

16 aprel kuni Ukrainadan telegram kanali orqali Eltuz bilan bog‘langan Shavkat Muhammad bu haqda O‘zbekiston elchixonasiga xabar berganini bildirdi.  

Eslatib o‘tamiz, 5 martdan to 31 martgacha Ukrainaning Bucha tumani rus armiyasi nazorati ostida bo‘lgan. Rossiya Buchadan Irpen shahrini bosib olish uchun frono orti bazasi sifatida foydalangan.

1 aprel kuni nihoyat Buchani Ukrain qo‘shinlari qaytarib olishga muvaffaq bo‘lishgan. Bucha Ukraina nazoratiga o‘tgach, dunyoning yetakchi Ommaviy axborot vositalari tumandagi tinch aholining qiynab o‘ldirilishi va Rossiyaning harbiy jinoyatlariga oid ko‘plab foto va video materiallarni e'lon qilgan.

Ukraina rasmiylariga ko‘ra, Buchada tinch aholi vakillari bo‘lgan 400 dan oshiq shaxslar o‘ldirilgani, qiynoqqa solingani va yoqib yuborilgani bildiriladi.  

Eltuz Rossiyaning Ukrainaga qarshi olib borayotgan urushi, jumladan Bucha tumanida bedarak ketgan o‘zbekistonliklar taqdirini o‘rganishda davom etadi. Kun davomida biz bilan qoling. Kanallarimizga obuna bo‘ling.  

Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
14 december 2018
Farg‘ona musiqali drama teatri aktrisasi Malohat Toirova tomoshalariga qalbaki chiptalar sotilganligini fosh qilgani uchun ishdan bo‘shatilganini bildirmoqda. Bu haqda ...
25 february 2022
Chegaradan 40 km uzoqlikdagi Xarkov shahrining ham olinmaganligi rus armiyasining ahvoli ChATOQLIGINING isbotidir. Xabarlarga qaraganda, rus armiyasi Xarkov shahri ...
25 july 2018
Rassom Azizbek Eltuz.com
28 march 2016
Navro‘z mavzusini davom ettirgan «Adolat» gazetasi bu bayram eskilik sarqiti, diniy marosim sifatida taqiqlangan, hatto kommunist amaldorlar qishloqma-qishloq yurib, ...
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...