Asosiy mavzular
21 september 2022

Shartnoma qani?

O‘zbekistondagi ko‘plab fermer xo‘jaliklari klasterlar paxta va boshoqli don xarid qilish bo‘yicha fyuchers shartnomalar nusxasini haligacha o‘zlariga bermayotganidan norozilik bildirmoqda.

Xususan, Andijon tumanida 97 ta, Izboskan tumanida 130 ta, Yangibozor tumanida 146 ta fermer xo‘jaligi 2022 yil paxta xaridi va 2023 yil boshoqli don xaridi bo‘yicha fyuchers shartnomalarni olmagan.

Bu haqda O‘zbekiston Fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi raisi o‘rinbosarining Bosh prokuratura va Qishloq xo‘jaligi vazirligiga yo‘llagan maktubida aytib o‘tilgan.

“Masalan, Andijon tumanida faoliyat yuritayotgan “Qodir bobo ozod zamini” fermer xo‘jaligi ish yurituvchisi Z.Otajonov paxta terimi boshlanib ketgan bo‘lsa-da, “Sohib omad baraka” MChJ paxta-to‘qimachilik klasteri tomonidan shartnoma nusxasi shu kunga qadar berilmaganini ma'lum qilgan”, deyiladi maktubda.

Nusxasi “Eltuz”da mavjud ushbu maktubda aytilishicha, o‘tkazilgan so‘rovda Paxtakor, Mingbuloq, Paxtachi va Muzrabot tumanlaridagi fermer xo‘jaliklari rahbarlari klasterlar bilan paxta va boshoqli don xaridi bo‘yicha tuzilgan fyuchers shartnomalarni olmagani aniqlangan.

“Bu kabi holatlarga respublikaning barcha hududlarida yo‘l qo‘yilmoqda”, deyiladi Fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi raisi o‘rinbosari Z.Mustafoqulovning maktubida.

Amaldagi qonunchilikka ko‘ra, paxta va boshoqli don xarid qilish bo‘yicha fyuchers shartnomalar tuman qishloq xo‘jaligi bo‘limlarida ro‘yxatdan o‘tkazilganidan keyin ikki kun ichida imzolangan holda xo‘jaliklarga berilishi shart.

O‘z-o‘zidan ma'lumki, shartnoma bo‘lmagan taqdirda fermer xo‘jaliklarining moliyaviy faoliyati izdan chiqadi. O‘zbekiston tajribasida bu holatda klaster emas, fermer xo‘jaligi hokimlik tazyiqi ostida qolishi ko‘p kuzatilgan.

Maktubda Bosh prokuraturadan shartnomalar berilmagani holatlari bo‘yicha “aybdor shaxslarni qonunda belgilangan tartibda javobgarlikka tortish, xo‘jalik yurituvchi subektga yetkazilgan zararni qoplash”, Qishloq xo‘jaligi vazirligidan esa “shartnoma nusxasini fermer xo‘jaliklariga yetkazish choralarini ko‘rish” so‘ralgan.

“Eltuz”

Tag‘in o‘qing
25 december 2022
Ulug‘ o‘zbek shoiri va muholifat lideri Muhammad Solih bilan suhbatning 18-qismidan 90-yillarda taniqli adabiyotshunos Ibrohim G‘afurovlarning «She'ringizni tushuntirib bering» ...
12 may 2021
Rassom Tuz karikaturasi
17 july 2018
Andijon shahri hokimi Dilmurod Rahmatullaevning nafaqat qonunchilikni, balki eng yuqori darajada berilgan buyruqlarni ham nazar-pisand qilmayotgani haqida ko‘p va ...
15 april 2016
Maqolada yozilishicha, xitoylik jurnalistlar «Farg‘ona shahrining qiyofasi, yam-yashil maydonlar, kashtanlar xiyoboni, yangi bunyod etilgan inshootlar, suv sporti saroyini ko‘rib, ...
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...