Asosiy mavzular
3 april 2024

Puli tuya qilingan maktab ta'miri, suv bosgan bozor va haydalgan ishchilar – EP135

Eltuz portaliga kelgan navbatdagi 5 ta maktubni o‘qib eshittiramiz, ular O‘zbekistonning Toshkent, Andijon, Surxondaryo va Samarqand viloyatlaridan kelgan.

Xatlar oqimi davom etmoqda, muammolar yechimini to‘liq ta'minlash uchun Eltuz kanaliga obuna bo‘lish, layk bosish va superrahmat tugmachasini bosib kanalni qo‘llab quvvatlash tavsiya qilinadi va biz xatlarni o‘qishda davom etamiz.

Dastlabki shikoyat Toshkentdan. O‘zYo‘lLoyiha qidiruv instituti rahbari o‘ziga yoqmagan ishchilarni ishdan bo‘shatmoqda

«Assalomu alaykum Eltuz!

Murojaatimizni Toshkent shahri O‘zyo‘lloyiha qidiruv institutidan yubormoqdamiz.

Ishxonamiz 4 oydan buyon oylik olmayapti, bu yetmaganidek direktor Rahmanov Alisher har kuni 10 ga yaqin odamni ishdan bo‘shatyapti. Sababi oylik so‘rab bosh ko‘targanlar ekan. Bu yuqori turuvchi tashkilotimiz Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi ham jim qarab turibti, bu odamga chora ko‘radigan hech kim yo‘q shekilli?

Yuqorida qanaqadur tanishlari borga  o‘xshadi.» deya yozmoqda institut ishchilari.

Navbatdagi shikoyat metan zapravkalaridagi ahvol yuzasidan. Kuni kecha Vazirlar Mahkamasining qaroriga ko‘ra,  metan zapravkalarida eng baland gaz narxi 3350 so‘m etib belgilangani xabar qilingandi.

Lekin Andijon viloyatidagi bir qator zapravkalar 3800 so‘mdan gaz quyayotgani bo‘yicha ELTUZga murojaat keldi.

Shikoyat egalari, Andijon shahridagi “VITA EKSPYeRT GAZ“ MChJ va Asaka tumanidagi “QO‘RG‘ONTYePA GAZ LYuKS“ MChJ Jalaquduq tumanidagi “Shaffof“ gaz quyish shahobchalari narxlarni mana shunday belgilab olishgan.

ELTUZga murojaat qilganlarning so‘zlariga ko‘ra, Vazirlik taqdim etgan raqamlarga qo‘ng‘iroq qilib bog‘lanishning iloji bo‘lmagan.

Keyingi shikoyat Surxondaryodan. U yerda bozorni suv bosib, tadbirkorlar aziyat chekkan.

“Surxondaryo viloyati Sariosiyo tumanidagi dehqon oziq-ovqat bozorini 21 martda 15 daqiqalik yomg‘irda suv bosib, tadbirkorlar aziyat chekdi. Bir muddat avval viloyat hokimi bozorga tashrif buyurib, tadbirkorlar hamda xaridorlarga qulay sharoit yaratmagani, savdo rastalarini tartibga solmagani, sotuv majmuasi avtomobil yo‘ligacha chiqib ketgani uchun bozor rahbarini ishdan olishga ko‘rsatma bergan edi. Qarangki, bozor rahbarining Toshkentda qaysi bir idorada ishlaydigan ukasi uni darhol ishga qaytardi. Bozor rahbari shart-sharoitni yaxshilash uchun endi chora ko‘rarmikan?” deya shikoyat qiladi surxondaryolik tujjor.

Keyingi maktub Samarqandning Nurobod tumanidan. Fuqarolar maktab ta'miri sifatsiz ekanidan shikoyat qilishmoqda

«Samarqand viloyati Nurobod tumani 2-maktabda bir necha yillardan beri nohaqliklar davom etmoqda.

Bir necha milliard so‘m harajat qilingan maktabning ahvoli juda achinarli. Ta'lim vazirligi bu voqealarga  nima derkan? Maktab direktori X. Irisovning qorni qachon to‘yadi?» Murojaat egasi maktabdagi achinarli xolat aks etgan videoni ham ilova qilgan.

video

So‘nggi maktub ham Samarqanddan. Xo‘jasoat mahallasi turg‘uni garovga qo‘yilgan mulki, pasaytirilgan narxda auktsionga chiqarilganidan tashvishlanmoqda.

“Men – Avaz Abdullaev, Samarqand shahri Xo‘jasoat MFYdan murojaat qilyapman.  Samarqand shahri Ziyokor ko‘chasida joylashgan mulkim “Agrobank” tomonidan 885 million 900 ming so‘mga baholangan edi. Ammo garovga qo‘yilgan ushbu mulkim bank tomonidan 562 million 500 ming so‘mga auktsionga chiqarilmoqda. Bankning mahalliy mas'ullari aniq va tayinli javob bermayapti.  Buning ustiga, noqonuniy harakatlarini tan olmay, menga ruhiy va moliyaviy bosim o‘tkazmoqda. Qonuniy huquqlarim himoya qilinishini so‘rayman” deya yozadi Xo‘jasoat mahallasi turg‘uni.

Va bu hozirgacha e'lon qilganimiz so‘nggi maktub edi. Yana bir bor eslatamiz, eltuz portali telegramdagi alohida sahifadir. U erga xatlar uchun maxsus bot o‘rnatilgan. Eltuz kelayotgan shikoyatlar, videomurojaatlar, takliflar va ularga yozilgan javoblarni ham chop qilishga intiladi. Kanalimizga obuna bo‘ling. Agar ko‘rsatuvimizni qo‘llab quvvatlamoqchi bo‘lsangiz super raxmat tugmachasini bosing. Sog‘ bo‘ling.

Tag‘in o‘qing
13 october 2017
11 oktyabr kuni ixtimoiy tarmoqlarda «Mahalla» telekanalining Sirdaryo tumani muammolari haqidagi ko‘rsatuvi videosi ovoza bo‘ldi. Ko‘rsatuvda tuman hokimi mulozimi ...
17 june 2016
80- yillar oxirlarida sahna yuzini ko‘rgan «Oyna» dramatik asari orqali prokurorlarning arzandi o‘g‘illari qilaëttgan jinoyatlarni fosh qilgan ëzuvchi «kommunist ...
18 june 2021
Qo‘ylar chiqdi bugun deng namoyishga, Dersiz nima g‘ami bor o‘tloqdan o‘zga? Yaylov, yashil maysa dardida aynan Yomon ko‘rinibdi, hokim ...
8 january 2021
Men senga eng achchiq so‘zlarimni titrab Bugun aytaman. Men seni bugun ayamayin sira, Sen-chi, g‘azablan. Men aytib titrayin, sen ...
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...