Asosiy mavzular
18 november 2024

Serquyosh yurtning yer, gaz va suv muammolari – EP192

Eltuzga yetib kelgan so‘nggi beshta murojaatlarda gaz, issiq suv, chiqindi va yer masalalari ko‘tarilgan. Aholi o‘zlarining kundalik ehtiyojlarini ta'minlashda ko‘plab qiyinchiliklarga duch kelmoqda. Bunday holatlar esa, albatta, ijtimoiy noroziliklarga sabab bo‘lmoqda.

Dastlabki murojaat Farg‘ona viloyatining Oltiariq tumanidan. Quvurlarda gaz bosimi pasayib ketgani bois, aholi turli usullardan foydalanishga majbur bo‘lmoqda.

Keyingi murojaat Navoiy shahridan kelgan. Mikrorayonda bir haftadan beri issiq suv yo‘q.

Hisob bo‘yicha uchinchi murojaat esa Samarqand shahridan kelgan. Unda qo‘shni tomonidan umumiy foydalanishda bo‘lgan davlat yeri egallab olingani iddao qilinmoqda.

To‘rtinchi shikoyat ham cuv isrofi bilan bog‘liq. Pop tumanining Qandixon mahallasida 15 kundan buyon toza ichimlik suvi ko‘chaga oqizilmoqda.  

Va nihoyat so‘nggi murojaat Farg‘ona viloyatidan. Buvayda tumani Sho‘r mahallasi fuqarolari chiqindi muammosi yuzasidan prokuror Nig‘matilla Yo‘ldoshevga arz qilishmoqda.

Eltuzga kelgan murojaatlarda bildirilganidek, muammo nafaqat amaldagi xizmatlarning yetishmasligi yoki sifatsizligi, balki rasmiylarga murojaat qilinganidan keyin ham tezkor va samarali yechim topmayotganligi bilan ham bog‘liq. Bu esa amaldorlar tomonidan fuqarolarning huquqlari buzilganini anglatadi. Hukumatning barcha darajadagi mulozimlari tomonidan aholi muammolariga jiddiy e'tibor qaratilishi, tizimli yechimlar ishlab chiqilishi va har bir holat bo‘yicha to‘liq va tezkor javob berilishi kerak.

Ko‘rsatuvimizga kelayotgan izohlarda ko‘pincha biz bilan qanday bog‘lanish. Qanday qilib bizga murojaat qilish mumkinligi to‘g‘risida so‘rashadi. Bilmaganlar uchun yana bir bor eslatamiz. eltuz portali interaktiv tarzda telegram kanalida alohida sahifa shaklida ochilgan. Murojaatlar uchun u yerga maxsus bot ham o‘rnatilgan. Eltuz kelayotgan shikoyatlar, videomurojaatlar, takliflar va ularga yozilgan javoblarni ham e'tiboringizga taqdim etishga intiladi. Ayni paytda Yutubdagi Eltuz kanali obunachilari soni 692 mingdan oshdi. Kun davomida biz bilan qoling. Kanallarimizga obuna bo‘ling.  

Tag‘in o‘qing
16 july 2024
O‘zbekistonda haqqini talab qilgan fermer vafot etdi, Finlyandiya rossiyalik migantlarning mamlakatga kirishini rasman taqiqladi, Tramp suiqasd natijasida qulog‘idan jaroxatlandi, ...
27 march 2019
Tarixchilarimiz o‘tmish qadriyatlarini mumkin qadar qadimiylashtirishni yaxshi ko‘rishi sir emas. Qadimiylik, ming yillar haqidagi ta'kidlarni o‘ylamay, hech bir faktsiz ...
17 january 2025
– Mana xafta zuvv etib aylanib yana siz bilan yuzma yuzman. MS: Ovong og‘o, bugun beshlanjiy gun. Gurungni sizdan ...
7 may 2019
O‘zbek tiliga kirib kelgan yana bir duragay so‘z ijtimoiy tarmoq yuzerlari tanqidiga nishon bo‘ldi. Feysbuk tarmog‘iga qo‘yilgan oddiy chinni ...
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...