Catira
4 september 2025

Kompasi Karimovga qaratilganlar haqida

Kompasi Karimovga qaratilganlar va O‘zbekistondagi mustaqillikdan so‘ng to‘nini teskari kiygan sobiq kommunistlar haqida Rassom Tuz achchiq qilib quyidagilarni yozdi.

1990 yili «Erk» demokratik partiyasi tuzilganida «boshqa partiyada bo‘lganlar a'zo bo‘lmaydi» degan talab qo‘yildi. Boshqa yana bitta partiya bor edi. U xam bo‘lsa Islom Karimov boshchiligidagi O‘zbekiston kompartiyasi. 

Shu tariqa yuzlab odam kommunist bo‘lgani uchun «Erk» bortidan narëg‘da qolib ketdi. Masalan, Erkin Vohidov, Odil Ëqubov, Omon Matjon, Halima Xudoyberdieva. 

Xatto Halima Xudoyberdieva «Men kommunist deyilganda qalban qalkdim oëqqa» deb she'r bitgan edi. Bularning savqi tabiiysi ya'ni ichki tuyg‘usi pand berdi, menimcha. 

Ular Kommunizm dunë turguncha turadi deb o‘ylashdi. Holbuki, Boltiqbo‘yi va Moskvada yuzlab odamlar partbiletini namoyishkorona ëqaëtgan payt edi. O‘zbekistonda esa Karimov boshchiligida kommunizm qo‘rg‘oni (to‘g‘rirog‘i qo‘y qo‘raday bir narsa) mustahkam turgan edi. 

Hatto asosiy opponent Abduraxim Po‘latov ham kommunist edi. Karimovni ontarmoqchi bo‘lib o‘rtaga chiqqan Mirsaidov ham, Nusratov ham kommunist edi. SSSR oliy kengashida «paxta qulligi» mavzusini ko‘targan Odil Ëqubov ham kommunist edi. Biror bir idoraga raxbar bo‘lish uchun «gorkom dobro bergan kommunist» bo‘lmoq lozim edi. 

1984 yili oblkulturada ishlaydigan yigit yangi 06 jigulini 14 ming so‘mga sotib shuni poraga berib kompartiya a'zosi va obkomda instruktor bo‘lgan. 

1991 yilga kelib bu kommunistlarni bir kunda XDP a'zosiga aylantirishdi. A'zolik biletlari almashtirildi. Almashtirilgani ham yo‘q, Eski KPSS bileti kommunistlarning qo‘lida qoldi. Bitta kampir «Men Lenin otamning partiyasiga kiruvdim» deganida XDP instruktori bu kampirni ovutib «XDP bu KPSSni bolasi» degan edi. Ammo o‘sha evrilish qurultoyida kommunist bo‘lib qolgan va mafkurasini o‘zgartirmasligini TVga chiqib aytgan bitta opani bilaman. 

Bu opaning ismi Bernora Qorieva. SSSR xalq artisti. Balerina. Bu opa bugun ham kommunizm va rus tili tarafdori. 

Endi ikki og‘iz kommunistlarning partiya bileti haqida. Bu biletning poligrafik qadri sovet valyutasi bo‘lgan rubldan ham yuqori edi. Bilet maxsus ishlov berilgan guruch qog‘oz (risovaya bumaga)dan tayërlangan bo‘lib dollar va yevrodagi kabi murakkab suv belgilari bor. Biletning muqovasi maxsus ishlov berib qizartirilgan va qabariq qilib KPSS deb ëzilgan haqiqiy teridan taërlangan edi. 

Bu biletni yo‘qotgan odam partiyadan haydalar va ishdan quvilardi.

Esimda, bitta rassom ichib yo‘lda dumalab cho‘ntagidagi partbiletini yo‘qotganida «Endi meni obchiqib otishadimi» deb yig‘lagan. (Uni otishmadi.) 

Xullas, 1991 yili O‘zbekistonda Karimov boshchiligidagi kompartiya hukmron bo‘lgan. Bugun og‘zini o‘lchovsiz ochib men palon qilgandim, pistiën qilgandim deganlarni kompasi o‘sha vaqt Karimovga qaratilgan. Ularning ko‘pini Karimov zakarqop kabi ishlatib otib yuborganidan keyin o‘zlaridan «binnarsa» yasab «biz kurashgandik» deb yurishibdi (ana ishanvordigey).

Kompartiya a'zosi bo‘lgan Abdurahim Po‘latovning kurashgani to‘g‘ri. U ko‘chada mitinglar qilardi. Qolganlari esa Gagarin haykali qarshisidagi ichi konditsionerli komfirqa binosida o‘tirishardi ta'zim bajo qilib. Gagarin haykali guvoh bunga. Bugun piyri murshid, nafasi o‘tkir eshonbovoga aylangan Mirzo Kenjabek ham tariqday bo‘lib Markazqo‘m ichida o‘tirardi.

Bir marta u emaklab borib Karimovni oëg‘ini o‘pmoqchi bo‘lganida Karimov uni tepkilab tashagan. Xullas qochgan ham, quvgan ham kommunist bo‘lgan zamon edi. 

Bir vaqtlar Karimov oldida to‘nqayib, bugun o‘zidan bir narsa yasamoqchi bo‘lganlardan oldin so‘ragan savolimni yana so‘rayman. Agar o‘sha vaqtda shunaqa krutoy bo‘lgan bo‘lsangiz, nega bunchalar

Bu «Kompasi Karimovga qaratilganlar haqida»gi rassom Tuzning fikrlari edi. Kanalimizga obuna bo‘ling. Video yuzasidan izohlar qoldiring. 

Tag‘in o‘qing
6 october 2025
Axmad Beyjon Erjilasun Eshik takilladi. “Nega buncha qattiq urishadi”, deb o‘yladi Gulnor va eshikni ochdi. Ostonada Korlig‘ashev turardi. Sochlari ...
7 january 2016
Saudiy Arabistoniga rasmiy safari doirasida Tojikiston prezidenti Imomali Rahmon Makkai Mukarramaga borib, o‘z yaqinlari bilan Umra ibodatini ado etdi. ...
27 december 2018
Toshkentning Nukus ko‘chasida, Mirobod bozori yaqinidagi maydonda 21 dekabr kuni poytaxtlik xonanda Dilnur Komilov qattiq kaltaklandi. Qonga botgan, og‘ir ...
25 july 2016
XIV asr oëqlagan paytda Buxoroning naqshbandiy ulamolari “ë Ollox do‘st, ë Olloh” deya salovat aytaroq sovuq Sibirga yo‘l olishdi. ...
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...