Asosiy mavzular
22 september 2025

Denovda elektr infratizilmasi yangilanmoqda, ammo nogiron fuqarolar uylari chetda qoldi

Surxondaryo viloyati, Denov tumani, Katta Qarshi mahallasi aholisi elektr infratuzilmasi yangilanishida adolatsizlikka duch kelayotganini ma'lum qilmoqda.

2025 yilda davlat byudjeti mablag‘lari hisobidan mahallada yangi beton ustunlar va zamonaviy kabellar o‘rnatish ishlari boshlandi. Bu aholi turmush sharoitini yaxshilash uchun muhim qadam sifatida baholanmoqda.

Biroq mahallaning ayrim ko‘chalari, jumladan 4–5 ta xonadon, nogironligi bor fuqarolar istiqomat qiladigan uylar mazkur ishlardan chetda qoldirildi. Sababi — uy egalari tuman elektr tarmoqlari korxonasiga qo‘shimcha pul to‘lay olmagan.

Eng achinarlisi, ushbu xonadonlarda salkam yarim asr oldin o‘rnatilgan yog‘och ustunlar haligacha almashtirilmagan. Ular chirib, elektr simlari bilan birga inson hayoti uchun xavfli holatga kelgan. Bu ahvol bolalar, keksalar va nogiron fuqarolar hayoti uchun to‘g‘ridan-to‘g‘ri tahdid solmoqda.

Qolaversa, Katta Qarshi mahallasi “qizil hudud” sifatida belgilangan. Bu esa masalaning yanada jiddiy va dolzarb ekanini ko‘rsatadi.

Tag‘in o‘qing
29 july 2018
O‘zbekistonda eng uzoq muddat qamoqda o‘tirgan jurnalist va sobiq siyosiy mahbus Muhammad Bekjon o‘zbek turmasidagi hayotiga bag‘ishlangan birinchi kitobini ...
30 april 2019
O‘zbekiston Oliy sudi joriy yilning 16 aprel kuni jurnalist Bobojonovlarga tegishli uylarni tortib olish to‘g‘risidagi sud qarorlarini o‘z kuchida ...
7 march 2017
Andijon shahrida yashovchi H. juda kelishgan, ko‘rkam yigit. Maxalladoshlari uni mashhur futbolchi Krishtianu Ronalduga o‘xshatishadi. Qo‘shnilarining aytishicha, H. aqlli, ...
20 april 2023
Salom qadrli muhlislar. Eltuz portaliga kelgan navbatdagi 5 ta shikoyatni o‘qib eshittiramiz. Maktublar Qashqadaryoning Qarshi, Koson, Samarqand viloyatining Qo‘shrabo ...
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...