Asosiy mavzular
29 september 2025

«Gulnor» 8 qism (Yildirim keltirgan sovg‘a)

Axmad Beyjon Erjilasun

Professor Yildirim Dursun do‘sti Axmad Beyjon bilan bilan universitetning boshlang‘ich kurslarida tanishgan edi. 1963 yilning kuz oylari Dursunbey kabi Ahmadbeyning ham hayotida burilish nuqtasi bo‘lgan edi.

Abdulhaq Hamid darnagi, Sulaymoniya kutubxonasi, Uskudar o‘chog‘i va Marmara qiroatxonasi bu ikki do‘stning hayotini shakllantirgan imkoniyatlar edi.

Ahmad Sulaymoniyaga tez-tez borar va u yerda Otsiz bilan uchrashardi. Dursunbeyning fikricha, Otsiz 20-asrning baxshisi, hatto shomani ham edi. Uni muqaddas sanardi va uning yonida o‘zini Ahmadchalik erkin tutolmasdi.

1965 yilda ikki do‘st katta bir rejani amalga oshirishdi. Siyosiy partiyaning Istanbul yoshlar bo‘limi vakili sifatida Anqaraga borib JkMP (Jumhuriyat qishloq milliyat partiyasi) qurultoyida Boshbug‘u (Alparslon Turkash)ning saylanishi uchun ovoz yig‘ishdi…

Gulnorning telefonda bu qadar uzoq gaplashishiga sabab nima? Albatta, u ham agent. Qiziq, bular Dursunbeyning Boshbug‘u bilan aloqalari borligini bilisharmikin?

1968 yil aprel oyining o‘n beshinchi kuni Xojiamin o‘g‘li bilan qilgan uzoq tortishuvini esladi professor. Xojiamin o‘g‘li yaxshi bir milliyatchi edi, Yildirim uni juda hurmat qilardi. Lekin Hojiamin partiyaga yaqinlashmasdi…

15 aprel Dursunning tug‘ilgan kuni edi. Ammo qishloqdan kelgan proletar oilalarda tug‘ilgan kun nishonlanmasdi. U 1968 yil 15 aprelida ham o‘z tug‘ilgan kunini nishonlamadi, biroq shu kuni professor Najmiddin Xojiamin o‘g‘li bilan partiya debatini o‘tkazdi. Munozara natijalanmadi, ammo Xojiamin o‘g‘li:

– Yildirim, mening shoshilinch ishim bor, bu mavzuni ertaga tortishsak bo‘ladimi?, — dedi.

– Albatta, xo‘jam, — dedi Yildirim va xonadan chiqdi.

Faqat domlaning qanday shoshilinch ishi borligini bilmasdi. Boshbug‘u fikrlari o‘lkani  qutqaruvchi kuch ekaniga domla ham Dursun Yildirim kabi ishonardi. Lekin partiyaga yaqinlashmasdi. Yildirim Oqsaroy tarafga yurarkan, domla bilan bo‘lgan tortishuvni zehnida tahlil qilardi. Shu kuni uning tug‘ilgan kuni edi. Lekin uxlash uchun yotog‘iga uzanar ekan Ahmadning nikoh kuni ekanini esladi va o‘rnidan sapchib turdi. Eng yaqin do‘stining baxt kunini u qanday unutishi mumkin?

Ammo foydasiz edi, kech bo‘lgandi. Qaytadan uzandi, lekin ko‘ziga uyqu kelmadi…

Bu voqeani keyinroq ular Ahmadbey bilan juda ko‘p esladilar. Ahmad:

– Ha, Dursukn, senga “shoshilinch ishim bor” degan domla Xojiamin o‘g‘li nikoh qiyuvchi edi, — der edi kulib.

– Men qaerdan bilibman? — dedi Dursun, — domla shoshilinch ishim bor, deb chopdi. Aytsaydi, Ahmatning nikoh to‘yiga ketayapman, deb men ham qo‘shilib borardim. Men shu kuni domlani partiyaga kiritaman deb toza ovora bo‘libman, — der edi Dursun Yildirim.

Har safar, bu kulgili voqeani eslasharkan, Dursun soddalik bilan takror-takror afsuslanardi. Ahmad esa tinmay kulardi…

O‘n kun avval Ahmat o‘z kutubxonasidan “Turkchilik asoslari” kitobini olib, Yildirimga uzatar ekan:

– Buni mutlaqo Muhammad Solihga yetkazishing kerak, — dedi, — Bilasan, bu kitob bozorda yo‘q. Qoplon xo‘janing nashri. Sahifa chetlarida yozuvlarim ham bor edi, ammo endi iloji yo‘q, yuborishimiz kerak.

Yildirim kitobni olarkan, buni nashrga tayyorlagan Qoplon domlaning darslarini esladi. “Turkchilik asoslari”ning tadqiqotchisi edi u. Nozim Hikmat haqida u bilan tortishganini ham esladi Yildirim. Qisqasi, ular turkchilikning bezori bolalari edilar.

Yuzida tabassum bilan yoniga kelgan Gulnor ham uning uchun shunday hashariy bir bola edi xolos. Aks holda, uning yuzida bunday toza kulimsirash paydo bo‘lmasdi. Lekin ulardan farqli Gulnor mutlaqo kompartiya e'zosi edi.

***

Akademiyada uchrashuv tamomlanib, ikkovlon «O‘zbekiston» mehmonxonasiga qaytib kelishdi. Professor Yildirim uchrashuvlar va Alpomish dostoni plastinkalarini olganidan juda hursand bo‘ldi. Gulnorga “narsalarimni yig‘ishtirib, bir oz dam olaman,” dedi.

Gulnor Qorlig‘ashovning xonasiga keldi. U akademiyadagi uchrashuvni so‘ylab berayotgan edi, telefon qo‘ng‘irog‘i jarangladi.

– Bir daqiqa Gulnor, — dedi Qorlig‘ashov va telefon tinglagichning quloqchinlarini qulog‘iga taqdi, keyin oldidagi tugmachaga bosdi.

Dursun Yildirimning ovozi xonaga yoyildi. Lenta aylanar ekan, ikkovlon sukut ichida eshita boshlashdi.

– Muhammad Solih bilan go‘rishmak istarim, afandim.

– Menman.

– Solihbey, men Dursun Yildirim. Siza Turkiyadan Ahmadbey Erjilasun xo‘jadan salam gatirdim.

– Aleykum salom.

– Siz bilan ko‘risha olamizmi? Ahmatbeyning sizga bir omonati bor edi…

– Siz qaerda to‘xtadingiz?

– «O‘zbekiston» mehmonxonasida, – Ertaga tongda soat 8-da oteldan chiqaman.

– Men sizni topishga harakat qilaman, Dursunbey, xayr…

Telefon suhbati tugadi. Qorlig‘ashev bilan Gulnor bir-biriga qaradilar.

– Ehtiyot bo‘ling, Gulnor, — dedi Qorlig‘ashev, — har holda, Muhammad Solihning o‘zi kelmaydi uchrashuvga, birovni yuboradi.

Gulnor “meni yuborishi ham mumkin,” deb o‘yladi. Keyinroq Yildirimga “yo‘l ko‘rsatuvchilik” qilayotganini Muhammad Solihning bilmasligi esiga tushdi. Tug‘risi, uning bilishini ham istamasdi.

O‘sha oqshom Muhammad Solihning odamlaridan hech kim mehmonxonaga kelmadi.

****

Aydar Usmon professor Yildirimning yonida Gulnorni ko‘rib sevindi. Darrov borib, o‘zini tanitib, Muhammad Solihga atalgan kitobni olishni o‘yladi. Ammo keyin fikrini o‘zgartirdi. Gulnorning professor bilan birgaligi xayrli ko‘rinmadi unga. Bu qiz “quda tomondan” bo‘lishi mumkin edi. “Quda tomondan” bo‘lmasaydi, o‘zining Yildirim Dursunga tarjimonlik qilayotganini bizga aytgan bo‘lardi, deb o‘yladi Aydar. Yaxshiyam, Gulnor uni ko‘rmadi. Aydar ham professor Yildirimning yoniga bormadi.

– Demak, Gulnor ham uning yonida, — dedi Muhammad Solih, — ularning yoniga bormay to‘g‘ri qilibsiz.

– Bu qiz haqida sizning fikringiz ham menikidaymi? — deb so‘radi Aydar Usmon.

– Ha. Faqat ba'zi ikkilanishlarim bor. Gulnor juda samimiy ko‘rinadi. Uning agent bo‘lishi mumkinligiga hali ham uncha ishonmayman. Nima bo‘lganda ham bir necha sinovdan so‘ng aniq bilamiz kimligini. Hozircha, u bilan ehtiyot bo‘lib gaplashish kerak. Boshqa tarafdan ichimizdagi agentni bilib, uni fosh qilmaganimiz yaxshi. Yangi agent qo‘ysalar uni aniqlaguncha yana ko‘p vaqt yo‘qotamiz.

– To‘g‘ri, — dedi Aydar Usmon, — endi bu omonatni professor Yildirimdan qanday olamiz?

– Bu ishni ertalab yana o‘zingiz qilishingiz kerakka o‘xshaydi, — dedi Muhammad Solih, — Agar Dursunbey aqlli odam bo‘lsa, ertaga ertalab ketishdan bir soat avval otel maydoniga chiqib ko‘radi. Soat qanchada chiqishini men so‘radim, u buni unutmasligi kerak.

– Unday bo‘lsa men tongda soat 7 da otelning oldiga boraman, — dedi Aydar Usmon.

***

Qorlig‘ashev kerishib, stoldan turdi, derazaga yaqinlashdi va pastga qaradi. Keyin ko‘pol bir so‘zlar bilan so‘kindi, orqasiga tez o‘girilib, kamzulini kiydi, otilib tashqariga chiqdi.

Qorlig‘ashev o‘zining aldanganini bildi.

Professor Yildirimning qo‘lidagi kichik paketni olgan o‘rta bo‘yli bir odam tez-tez yurib metro stantsiyasiga tusha boshlagan edi.

Qorlig‘ashev liftni kutmasdan zinapoyalardan sakrab-sakrab pastga tushdi. Lekin u odamning izidan yeta olishiga ishonmasdi. Yugurib stantsiyaga tushdi, ammo poezd ketib bo‘lgandi.

“Otelning shundoq biqinida metro qurish qaysi aqlsizning ishi ekan-a?”, deb g‘ijindi Qorlig‘ashev. Yana “agar rasmiy mehmon bo‘lmasayding, kuningni ko‘rsatardim, Yildirim afandi!”, deya tishini g‘ijirlatdi u.

Gulnor Qorlig‘ashevning xonasiga kirganida soat yetti yarim edi. Qorlig‘ashevning yuzi esa qip-qizil edi.

– Bunaqasi ketmaydi, o‘rtoq Kunboeva, — deya baqirdi u, — vatanparvar kommunist soat sakkizda ketadigan mehmonni kuzatish uchun soat yetti yarimda kelmaydi.

Va hozirgina bo‘lgan voqeani aytib berdi. Buning hisobi sendan so‘raladi, demadi, ammo gaping ohangida shu tahdid bor edi.

Gulnor xonadan chiqdi.

Professor Yildirim bir chamadon va qo‘l sumkasi bilan liftdan chiqqanida uni Gulnor kutib turar edi. Yosh qiz qo‘l so‘mkasini undan olib, yordamlashgan bo‘ldi. Otel oldida turgan rasmiy mashinaga minib, ikkovlon havo maydoniga jo‘nadilar.

Siz turk yozuvchisi Axmad Beyjon Erjilasunning Gulnor romani audiokitobining 8 qismini tingladingiz. Uni Qudrat Bobojon saslantirdi. Davomini Yutubdagi Eltuz kanalining kelgusi yoyinlarida kuzating.  

Tag‘in o‘qing
28 february 2018
Militsiya generali, 69 yoshli Zokir Almatov ichki ishlar vaziri Po‘lat Bobojonovning maslahatchisi etib tayinlandi. 2005 yildagi Andijon qirg‘inidan so‘ng ...
4 april 2017
O‘zbekiston Mehnat vaziri Aziz Abduhakimov 30 mart kuni Rossiyadagi ko‘pfunktsiyali migratsiya markazini borib ko‘rdi. Aynan shu yerda Moskvada ishlashni ...
6 june 2017
Rustam Azimov O‘zbekiston bosh vaziri o‘rinbosari lavozimidan ozod etildi. Bu haqda 6 iyun kuni UZ24 nashri xabar berdi. Xabarlarda ...
17 june 2020
Andijon viloyatining Oltinko‘l tumani turg‘uni 40 yashar Saydullo So‘fiev IIBning ikki xodimi 16 iyun kuni qo‘lini qayirib, mashinaga bosib, ...
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...