«Gulnor» 13 qism (O‘g‘iz ayta olmagan so‘zlar…)
O‘g‘iz Gulnorning gaplariga kulok soldi:
– Sen ketganingdan so‘ng ko‘p narsa o‘zgardi. Men xom meva edim, pishdim. Polopon qushcha edim, yetildim. Yuragimni azob-iztirobda qovurdim. Ko‘p tashvish, mashaqqat chekdim. Yurtda bo‘layotgan voqealarni men ham yashashim kerak. Zamon yukini men ham tortmog‘im kerak. Bularni faqat Muhammad Solihga aytganman, endi senga aytayapman, O‘g‘uz, — dedi qiz.
Bechora O‘g‘uz esa ichidagini Gulnorga ayta olmasdi. Meni sirdosh tanlaganing uchun nakadar sevindim. Men ham senga sirlarimni so‘ylasaydim, deyishni istardi u, ammo ayta olmasdi. Gulnorning boshiga dengizdan bir oppoq ko‘pik pufak kelib qo‘ndi. «Nega bu qadar ehtiyotkorsan, O‘g‘uz? Kel, seni hazor to‘lqinlarida yuvayin, qalbingni top-toza aylayin. Ne bo‘lsa yurakda, ne bo‘lsa zehnda, barini ko‘lingga olib, qarshingda turgan kizga uzat!” derdi Oq ko‘pik.
Oq ko‘pik O‘g‘uzning so‘zlarini tinglardi:
– Har bir kishi xato qiladi, Gulnor. Muhimi, xatolardan saboq olish, — derdi O‘g‘uz.
“Ox, soxtakor inson zoti! Ikki yil avval Muhammad Solih xam Gulnorga ayni shu so‘zlarni aytgandi. Lekin u ham o‘zi aytayotgan so‘zlariga ishonmasdi. Balki, ichida Gulnorga la'nat o‘qigan edi o‘sha payt. To‘g‘ri, sen la'natlamayapsan, ammo sen ham yuragingdagini yashirayapsan. Gulnorning yashil ko‘zlari jodusi haqda o‘ylaganingni aytmaysanmi, ey kichik soxtakor!”, derdi shivirlab Oq ko‘pik.
O‘g‘uz va Gulnor uzoq suxbatlashdilar. Bechora O‘g‘uz esa hech ochilib gaplasha olmadi. Oq ko‘pik uchib ketdi, korong‘ulikka ko‘mildi.
***
Ertasi kuni mehmonlar filarmoniya binosining keng zalida to‘planishdi. Tanishuv kokteyli berildi. Eshikning yonida kichik bir tortishuv bo‘ldi. Professor Malikov bilan Oydin Mamedov g‘ijillashardi.
– Menga aytmasdan, nega chaqirding uni? — derdi Malikov, — kollokiyumga men ma'sulman!
– Mehmonimiz Baxtiyor Vahobzodani ko‘rishni istadi, istagini rad eta olmadim, — dedi Mamedov.
– Baxtiyorbeyning xastaxonada ekanligini eshitib, men iltimos qildim uni ko‘rishni, — deb oraga kirdi Axmad bey domla.
Malikov:
– Sizni tushunaman Ahmad xo‘jam, faqat programmamiz tashkarisiga chiqmasligimiz kerak. Mayli, Baxtiyor beyga aytilgan bo‘lsa, mehmonlarimizni olib borish kerak. Qancha kishi keladi, deding, — deya Mamedovga yuzlandi Malikov.
– Fakat Ahmad bey va O‘g‘uz beyni aytdim, — dedi u.
– Tamom, ularni sen o‘zing olib bor, tushlikka qaytib kelinglar ammo, — deb tayinladi Malikov.
“Xastaxona” aslida sanatoriy ekan. Baxtiyor beyning jiddiy xastaligi yo‘k edi. O‘lkaning taniqli yozuvchi-shoirlari dam oladigan joy ekan bu yer.
Suhbat bosh hakim kabinetida boshlandi, bir yarim soat davom etdi. O‘g‘uz Vahobzoda va bosh hakimni jon qulog‘i bilan tinglardi. Bu odamlar qanday qilib shunday madaniyatli bo‘lishgan? Dunyo adabiyotidan baxs etarkan 16 asr Ozarboyjon adabiyotidan birdan 19 asr rus romanchiligiga o‘tishardi. Ahmad domla gapga aralashmadi. O‘g‘uz “mayli, Vahobzoda shoir, adabiyotchi. Lekin bosh bosh vrachga nima zaril. U shuncha she'rni qanday yodlab olgan!”, deya hayratlanardi yosh O‘g‘uz.
Va doktor Vaxobzodaning Ozorboyjon uchun nimani anglatishini shunday tushuntirdi:
– Baxtiyorbey bu o‘lkaning ko‘chalarida u bemalol sayr qilolmaydi. Har kim to‘xtatib, unga hurmat izxor etgisi keladi.
– Bizda san'at va adabiyot hayoti bu qadar jonli emas. Asr boshida, Davra deb atalgan adabiy muhitimiz bor edi. Istanbul, Izmir, Salonik kabi katta shaxarlarda. Mashhur romanchimiz Yoqub Qadriy xotiralarida o‘sha davr yoshlari orasida taniqli shoir va yozuvchilarning rasmlarini o‘zi bilan olib yurish udumi paydo bo‘lganini eslaydi, dedi Ahmad bey.
– Bizda bugun ham shunday, — dedi Vahobzoda, — men uyimning balkoniga chiqsam, jamoat balkonga gullar yog‘diradi!
– Siz bu hurmatga sazovorsiz ustoz. Xalqimiz sizni sevadi, chunki she'rlaringiz xalqning in'ikosi… dedi Oydin Mammedov:
– Bilasanmi, Oydin, men Baxtiyor muallimni yanglishmasam 1970 yillar boshidan bilaman, — deya gapga ko‘shildi Ahmad bey, — Bizning obro‘li jurnallarimizdan “Borlik”da uchratdim uning ismini. Jurnal sohibi Yashar Noibga yozgan bir maktubi bosilgandi muallimning, sarlavhasi “El qoyadan neni olishi kerak?” edi. Maktub jurnalda chiqqan Ismat Zaki Ayubo‘g‘lining bir maqolasiga javob edi. Ayubo‘g‘li o‘z maqolasida Fuzuliy va Boqiy kabi shoirlarning litseyda o‘qitilishi yanglish, degan fikrni olg‘a surgandi. Vahobzoda bunga qarshi chiqib “Fuzuliy asrlardan beri yashab kelayotgan qoya kabi shoirdir, el qoyadan biror parcha qo‘pora olmagani kabi Ayubo‘g‘li kabilar Fuzuliyni o‘z taxtidan tushura olmaydi”, deya gazabnok javob yozgan edi. Keyin men 1976 yilda Vashington Universiteti kutubxonasida Vahobzodaning she'r kitoblari bilan tanishdim. So‘ngra u bilan xat yozisha boshladik. Mana, endi yuzma-yuz ko‘rishayapmiz…
Kollokiyum boshlandi.
Ismoil Elmonlining qirmizi – oq yuzi va boshini yelkalari ichiga tortib xurpayishi, uni patologik tortinchoq kishi qilib ko‘rsatardi. Uning o‘ng tarafida o‘tirgan Saidzoda, aksincha, sovuqqon ko‘rinardi.
Elmonlining nutqi O‘g‘uzning diqqatini tortdi. Ayniqsa, uning Nuh paygambaridan so‘z ochishi, “Tavrot”dan necha ming yil avval qadim shumer dostonlaridagi To‘fon e'tirofi unga qiziq tuyuldi. Elmonliga ko‘ra “Tavrot” xam dostonlar kabi tarixdan avvalgi voqealarni tasvirlagan. Kramerga ko‘ra, Xind dostoni “Maxobxorat”da aks etgan Daro shahrini yo‘q qilgan ofat 20 asrda arxeologik qazishmalarda isbotini topgan. Bu namunalar “Dada Qo‘rqut kitobi”da ham turklarning tarixdan avalgi hayotini oydinlatuvchi izlar ekanini anglatardi. O‘g‘uz Sovet Ittifoqida ham Kramerni biluvchilar borligidan hayron koldi va “temir parda”ni yirta oladigan yagona kuch bilim, degan xulosaga keldi.
Elmonlining nutqi tamom bo‘lib, tortishma boshlandi. O‘g‘uz Ahmad bey domlani sira bunday hayajonli ko‘rmagandi. O‘ng qo‘lini oldingga uzatib u Elmonlini “hali ham marksistik tarix shablonini qo‘llayotganlikda” ayblay boshladi. U butun dunyoni o‘z ichiga olgan “harbiy demokratiya davri” bo‘lishi mumkin emas, dedi. Qozon xoni taxtini to‘ntarish bilan Frantsuz qirolining urushda olingan o‘ljasini qiyoslash noto‘g‘ri, dedi u…
Professor Ahmadbek ochiqcha “marksist” so‘zini ishlatmasa-da, shu mazmunda gapirgani aniq edi. O‘g‘uz Axmad domlaning murosasiz nutqidan bezovta bo‘ldi. Ozarboyjonga birinchi marta kelishlari edi, munosabatlarni iliq tutish kerak. Yaxshiyamki, Elmonli baxsga kirishmadi. U paytda yillar o‘tib Elmonli va Ahmad domla yaqin do‘stlarga aylanishini hech kim tasavvur qilmasdi.
Ikki kun davom etgan mashvarat O‘g‘uz uchun ikki kunlik ziyofat bo‘ldi. Qozoq, qirg‘iz, turkman ilm odamlari ham o‘z lahjalarida nutqlar qilishdi. 1988 yilda bu voqealarning bo‘lishiga ishonish qiyin edi.
O‘g‘uz uchun Ismoilli safari unutilmas bo‘ldi. Ertalab mehmonxonadan chiqib, avtobuslar yoniga kelishdi.
O‘g‘uz Do‘gon Go‘kman xo‘ja bilan birga yurardi. U latifa aytardi.
– Xo‘jam, buncha latifani yodingizda qanday saqlaysiz?, — dedi O‘g‘uz.
Do‘gon Go‘kman bunga “gapni aylantirib” javob berdi, bu mening sirim, demoqchi bo‘ldi u. Keyin:
– Qara, Axmadga latifa aytsam, darrov kuladi, xolbuki, bu latifalarni unga avval ham aytgan bo‘laman, — dedi Go‘kman xo‘ja.
– Demak, Axmat domla latifani anglash uchun miyasini charchatib ovora bo‘lmaydi, — dedi O‘g‘uz.
– Yo‘q, Axmadning aytishicha, shunday bo‘lgani yaxshi. Har safar kulish mumkin bo‘larkan…
To‘rt soat davom etgan yo‘l O‘rxon Shoik Go‘kyoy xo‘janing she'rlari, O‘rxon Nodiyning qo‘shiqlari, Do‘gon Go‘kmanning latifalari bilan qisqardi. Hatto yo‘lda Ahmad xo‘ja ham ochilib ketdi, Turkiston xalq termalarini aytib, hammani xayratga soldi.
Siz turk yozuvchisi Axmad Beyjon Erjilasun qalamiga mansub Gulnor romani audiokitobining 13 qismini tingladingiz. Uni Qudrat Bobojon saslantirdi. Davomini Yutubdagi Eltuz kanalining kelgusi yoyinlarida kuzating.
