Asosiy mavzular
25 october 2025

Germaniya Putin rejimi qurboni qarindoshlarini deportatsiya qildi

Germaniya Berlinda o‘ldirilgan chechen dala qo‘mondoni Zelimxan Xangoshvilining qarindoshlarini  Gruziyaga deportatsiya qildi.

«Deutsche Welle» va «Exo Kavkaza» nashrlarining xabar berishicha, Xangoshvili oilasining 12 a'zosi, jumladan uch yil oldin Shvetsiyadan Germaniyaga ko‘chib kelgan ukasi Zurab Gruziyaga deport qilingan.

Bir kun avval politsiya uning Vyunsdorf (Brandenburg yeri) shahridagi kvartirasida tintuv o‘tkazgan, shundan so‘ng Zurab va qolgan qarindoshlar deportatsiya qilish uchun Berlin aeroportiga olib kelingan.

Avvalroq Germaniya hukumati Zurabga boshpana berishdan bosh tortgan, 2024 yilning kuzida esa sud uni yuborish qarorini tasdiqlagan.

Eslatib o‘tamiz, 2019 yilning avgustida rossiyalik killer Vadim Krasikov Berlin markazida Xangoshvilini otib o‘ldirgan edi. Keyinchalik u umrbod qamoq jazosiga hukm qilingan, biroq 2024 yil avgustida Moskva katta mahbuslar almashinuvi doirasida Krasikovni Rossiyaga qaytargan. Kreml uning FSB xodimi, «Alfa» maxsus bo‘linmasida xizmat qilganini tasdiqladi. Uni samolyot yonida shaxsan Putin kutib olgan edi.

Endi esa FSB agenti tomonidan o‘ldirilgan dala qo‘mondonining qarindoshlarini, Germaniya qotilning o‘zini Kremlga topshirganidan bir yil o‘tib, deportatsiya qilishmoqda. Bu yuridik rasmiyatchilik bilan yashirilgan siyosiy qarorga o‘xshaydi.

Rasman — «sud qarorini ijro etish». Aslida — Moskvaga Berlin keskinlikni xohlamasligi haqida navbatdagi ishorani yetkazish.

Tag‘in o‘qing
20 september 2019
Nepotizm lotincha nepos so‘zidan olingan bo‘lib, uning lug‘aviy ma'nosi – “nevara” yoki “jiyan” deganidir. Ammo bu so‘zning zamonaviy ma'nosi ...
25 june 2019
Qashqadaryoning Chiroqchi tumanidan Shvetsiyaga kelib ishlayotgan 35 yashar O‘zbekiston vatandoshi Akmaljon Cho‘liev 21 iyun kuni Stokgolmda vafot etdi. «Eltuz» ...
28 may 2025
28 may kuni Qo‘qon shahridagi 16-Mahalla fuqarolar yig‘inida raislikka nomzodlarni saylash jarayoni bo‘lib o‘tdi. Jarayonni yoritish maqsadida hududga tashrif ...
27 december 2017
«Eltuz» nashri MXX raisi Rustam Inoyatovning Avstriyada yashirilgan mulkiga oid videoni taqdim etadi. Video Open Source Investigations (OSI) guruhi ...
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...