«Gulnor» 16 qism (Orzu yo‘lidagi uchrashuv)
Salim yoqimtoy, samimiy, e'tiqodli bir ulkichi edi. Ayni paytda unda tadbirkorlik qobiliyati ham bor edi. Ziyo Tug‘lo degan o‘rtog‘i bilan bir shirkat qurib, katta ishlar boshlab yuborgandi. Ahmad keyingi yillarda uning Turkmanistonda ham ba'zi qurilish ishlar qilayotganini eshitgandi.
Yaqinda O‘g‘uz Dumonning o‘sha “Xayol parki” haqidagi maqolasini qirqib, Salimga jo‘natgandi. Bunga javoban, Salim shu mavzuda qisqa maktub yubordi: “Xo‘jam, avgust oxirida “Marti ta'til ovuli”da bo‘lamiz. Rafiqangiz va O‘g‘uz Dumon bilan bizning mehmonimiz bo‘lsangiz yaxshi bo‘lardi”.
O‘g‘uz Axmad domladan bu xabarni olganida endigina tataristondan, Qozondan qaytgandi. “Turk o‘choqlari” yoshlarining Qozonda o‘tkazilgan kurultoyida Gulnor bilan birga bo‘lgandi. To‘g‘risi, Gulnorning ham bu qurultoyga kelishini eshitib, “Turk o‘choqlari” markaziga borib, o‘zini Qozonga boradigan yoshlar ro‘yxatiga kiritishga erishgandi.
Qozonda O‘g‘uz Axmad Erjilasunning o‘g‘li bilan ham uchrashgandi. Bu O‘g‘uzga syurpriz bo‘ldi. “Turk o‘choqlari”ning yosh a'zolari bu qurultoyni tashkil qilib, ajoyib ish bajargan edilar. O‘g‘uz u yerlarda unutilmas soatlarni yashadi, Sibirdan, Chuvashiyadan kelgan turklar bilan suhbatlashdi, ularning rang-barang qo‘shiqlarini tingladi. Oralarida Oltoydan kelgan haqiqiy shomonlar ham bor edi. Va albatta O‘g‘uzning eng katta sevinchi Gulnor bilan birga bo‘lish edi. O‘rmon ichida qurilgan chodir ikki yoshni abadiy bir-biriga bog‘lagandi.
O‘g‘uz telefonda Ahmad domla taklifiga, bir oz ikkilanib bo‘lsa-da, rozilik berishga majbur bo‘ldi. O‘g‘uzning bormaslik uchun baxonasi Gulnorning avgust oxirida Turkiyaga kelayotgani edi. Ahmad domlaning “uni ham olib kel”, degani O‘g‘uzni chorasiz qildi. Balki, Marmaris safari Gulnor uchun ham go‘zal ta'til bo‘lar, deb o‘yladi u.
***
Marmara dengizining moviyligi va oqshomning salqini nafis manzara vujudga keltirgandi. Aslida, buni “manzara” deyish ham to‘g‘ri bo‘lmasdi. Chunki, faqat muayyan makondagi ko‘rinish emas, vaqtning har xil rang, sas va xarorat darajasi ham bu “manzara”ning parchalari edi. Balki bu manzaradan ko‘ra “xolat” so‘ziga ko‘proq to‘g‘ri kelardi.
Axmad va Gunash dengizdan chiqib, kiyinishdi. So‘ngra Salimning villasidagi keng balkondagi kreslolarga o‘tirdilar. Bir oz o‘tib, O‘g‘uz va Gulnor ham ularga ko‘shildi.
– Yana ikki mehmon kelishi kerak, — dedi Salim, — xozir kelib qolishar.
Gunash bilan Axmad qahva yutimlab, manzaraning nafosati to‘lqinida suzardilar. Gulnor esa dunyoda bunday go‘zallikning bo‘lishi mumkin emasligi haqida o‘ylardi…
– Marxabo, Salim bey, — degan ovoz eshitildi va balkonda g‘oyat go‘zal bir ayol paydo bo‘ldi.
Salim:
– Sizga Oydon xonimni tanitay, Oydon xonim mening me'morlarimdan biri. Amerikada me'morlik bo‘yicha ilmiy ish yoqlagan. Bir necha binoda imzosi bor. Ammo Ko‘hna Dunyoda ilk imzosini Ashxaboddagi “Turkmaniston” oteli loyihasiga qo‘ydi, — dedi.
Keyin mehmonlarni Oydon xonimga tanitdi.
– Mana, so‘nggi mehmonimiz xam keldi, — dedi Calim.
– Marxabo, Salim bey, marxabo Axmad bey, — dedi balkonga kirgan qotmadan kelgan kishi.
– Marxabo Ali bey, — dedi Salim, — Ali Moxir beyni bizga Ahmad domla tavsiya qildi. Ali bey hujjatli filmlar oladigan rejisser.
Ali Moxirning nozik va sersuyak yuzi O‘g‘uzning diqqatini chekdi. Soqoli go‘yo uning suyaklarini yashirish uchun qo‘yilganday edi. Ammo tirsaklari, tizzalaridagi suyaklarni yashirish mumkin emasdi. Shunga qaramay, Ali beyni kelishgan odam deyish mumkin edi.
Ali Moxir tanishma marosimi bitib, kreslosiga o‘tirar-o‘tirmas sigara chiqardi va tutunini bir kichik narsa bilan bostirib, cheka boshladi. Pipo (sigara) O‘g‘uzdan ko‘proq Gulnorga g‘alati keldi. Chunki, O‘zbekistonda “pipo” chekkanlar har yerda uchramasdi.
Ahmad avval Oydonga, keyin O‘g‘uzga qarab:
– Ali Moxir beyning “Ag‘ri” hujjatli filmini ko‘rganmisiz, bilmayman. Unda go‘zal tugallanma bor. Alpinist Majid Duzal bilan kamera ayni paytda cho‘qqiga yuksaladi va Majidning kulimsiragan sariq yuzi qorli cho‘qqi uchiga bir bayroq kabi o‘rnatiladi.
O‘g‘uz bu filmni ko‘rgandi. Majid Duzal bilan Ali Moxir orasidagi o‘xshashlik diqqatini tortdi.
– U sahna esimda bor, — dedi O‘g‘uz, — yanglishmasam, Majid bey Kavkazda va O‘rta Osiyoda ham cho‘qqilarga tirmashgandi.
– To‘g‘ri, — dedi Moxir bey, — majid Duzalga toqqa tirmashmoq nafas olmoq kabidir. Tekis yerda yashamoqdan u zerikadi.
– O‘g‘uz beyning maqolasi menga juda ta'sir qildi, — dedi mavzuni o‘zgartirib Ali Moxir.
– Xa, bir oz buni gaplashaylik, — dedi Salim, — xo‘jam, siz nima deb o‘ylaysiz?
Ahmad domla:
– O‘g‘uz asli mening orzularimni yozibdi, — dedi, — koshki bu ishni amalga oshiradigan tashabbuschi chiqsa. Amerikada shunga o‘xshagan bir markazni ko‘rib, amerika bolalari o‘z tarixini shu istiroxat bog‘ida o‘rgansa kerak, deb o‘ylashgacha borgandim.
– Disneylendni tasvirlashga til ojizlik qiladi, — dedi Gunash xonim, — Kaliforniyada, Floridada “disneyland”larni ko‘rdik. Bittasida amerika afsonalari bo‘lsa, ikkinchisida Amerika tabiatining mu'jizalari yer olgan. Uch o‘lchovli makonda 360 darajali ekranda film ko‘rarkan, shovillab oqayotgan tog‘ daryosida xuddi kinoda emas, siz, hayotda suzib ketayotganday his qilasiz o‘zingizni.
– Albatta, bu yerda amerika texnologiyasining ham roli katta, — dedi Oydon Oriyxonim, — “Kelajakka kaytish”, “Zilzila”, “King-Kong” kabi filmlardagi sahnalar jozibalti taasurotlar qoldiradi.
– Men shunday bir istiroxat markazi ochishni jiddiy o‘ylayapman, — dedi Salim, — ammo ishning hisob-kitobini juda yaxshi qilish kerak.
– Mening tasavvurimda, tomoshabin bir yo‘nalishga kirib, u yerda Turk dostonlaridagi davrdan o‘tishi kerak, keyin tarix davriga kirishi, uni ham “yashab” kanalning narigi uchidan chiqishi lozim, — dedi O‘g‘uz.
Gunash Ahmad beyning “Disneyland”da ko‘rgan Karib (yarim orol) qaroqchilarini esladi:
– Qayiqqa minasiz va suzib g‘orga kirasiz, u yerda avval qaroqchilar yashirgan xazinalarga duch kelasiz, keyin sohilga langar otgan kemalarda junbushga kelgan olomonni ko‘rasiz: qaroqchi qiyofasidagi manekenlar, muzika, raqslar, keng etakli rango-rang ko‘ylak kiygan xonimlar, yog‘och oyoqli, bir ko‘r kapitan-qaroqchilar… Va tomoshabin bu manzaraning ichida…
O‘g‘uz:
– Gunashxonim tasvirlagan uslub bilan dostonlarimizni va tariximizni namoyish qilsak… Bo‘zqir o‘rtasida qirqta otliq shamol bilan muhoraba qilayapti, ular otgan nayzalar vizillab uchmoqda. Keyin sahna o‘zgaradi. Tomoshabin Ergenakonda. Yam-yashil vodiy, tiniq suvlar va bo‘rilarning uvlashi…
– Bir taklifim bor, — dedi Oydon Oriy xonim, — Amerikaga bir sayohat qilaylik, O‘g‘uz va Ali Moxir bey bu mo‘'jizalarni o‘z ko‘zi bilan ko‘rsinlar. Ali bey lozim bo‘lgan yerlarni kameraga olsin. Vaqtingiz bo‘lsa, Salim bey, siz xam borsangiz yaxshi bo‘lardi.
– Men buni o‘ylagandim, Oydon, — dedi Salim bey, — Agar O‘g‘uz bilan Ali bey ma'qul ko‘rsa, buni darrov amalga oshirishimiz mumkin.
O‘g‘uz beixtiyor Gulnorga qaradi.
– Meni o‘ylama, O‘g‘uz, — dedi Gulnor, — Bir xaftadan so‘ng, baribir, O‘zbekistonga ketishim kerak. Sen, iltimos, Amerikaga bor!
– Seni kuzatmasdan biror yerga ketolmayman, — dedi O‘g‘uz.
Salim bey gapga aralashdi:
– Zotan, yo‘l tayyorgarligiga ham bir hafta ketadi, O‘g‘uz bey. Gulnor bilan bu yerda mehmonim bo‘ling, lutfan. Siz ham Ahmad xo‘jam, — dedi Ahmad va Gunash xonimga yuzlanib.
Axmad, O‘g‘uz, Gulnor Marti ta'til qishlog‘ida yana besh kun qoladigan bo‘lishdi. Ali Moxir kerakli narsalarni xozirlash uchun Marmarisni ertaroq tark etdi. Salim Boyjon Amerika vizasi uchun Anqaradagi odamlariga topshiriq berdi.
Siz turk yozuvchisi Axmad Beyjon Erjilasun qalamiga mansub Gulnor romani audiokitobining 16 qismini tingladingiz. Uni Qudrat Bobojon saslantirdi. Davomini Yutubdagi Eltuz kanalining kelgusi yoyinlarida kuzating.
