Asosiy mavzular
10 november 2025

O‘zbekistonda SPIDga chalinganlar soni ortmoqda

O‘zbekistonda OIV va OITSga chalinganlar soni keskin ko‘payib, rasmiy ma'lumotlarga ko‘ra ular har yili 3000 taga ortmoqda.

Hozirda kasallanganlar soni 55 ming nafarga yetgan. Aslida bu ko‘rsatkich bir necha barobar yuqori bo‘lishi mumkin. Chukni aholining 15 foizigina bu tahlilni topshirgan xolos. 

Kasallikning asosiy tashuvchilari hisoblangan turist va migrantlar nazorat qilinmayotganini inobatga olsak vaziyat juda jiddiy.

Senatda ko‘rilayotgan qonun loyihasiga asosan, 90 kundan ortiq xorijda bo‘lib,  O‘zbekistonga qaytgan 18 yoshdan 60 yoshgacha bo‘lgan fuqarolar, shuningdek, mamlakatimizda doimiy yashovchi yoki ishlayotgan chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar OIV infektsiyasiga majburiy testdan o‘tkaziladi. Bularning soni 6 milliondan oshiqligini inobatga olsak, yiliga kamida 3 million shaxs ushbu majburiy testdan o‘tishi kerak. Davlat uchun bu o‘rtacha 450 milliard sarf degani. Bu raqamlar yiliga Sog‘liqni saqlash tizimiga ajratiladigan mablag‘ning 10 foizini tashkil qiladi.

Senatda ko‘tarilayotgan ushbu qonun loyihasiga ko‘ra, OIV/OITS yoki sil kasalligi bor shaxslar O‘zbekistonda ishlashga ruxsat etilmasligi mumkin. Senator Gulnora Ma'rufovaning so‘zlariga ko‘ra, 2024-yilda OIV/OITSga 5,1 milliondan ortiq fuqaro testdan o‘tkazilgan, ularning 3903 nafarida virus aniqlangan. Xorijda uzoq muddat bo‘lgan 1,7 million fuqaroning atigi 434 ming nafari, ya'ni 25 foizga yaqini o‘z ixtiyori bilan test sinovlaridan o‘tgan, 1512 nafari esa OIV infektsiyasi aniqlangan. Bu 2023-yilga nisbatan 19 foizga oshganini bildiradi.

Shuningdek, o‘tgan yili 12 ming 700 dan ortiq xorijiy fuqarolar va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar ixtiyoriy ravishda test sinovlaridan o‘tkazilib, 81 ta OIV/OITS kasalligi aniqlangan. Mehnat muhojirlari o‘rtasida aniqlangan infektsiyalar soni o‘tgan yilga nisbatan 23,7 foizga oshgan.

Markaziy Osiyo mintaqasida OIV/OITS holatlari ko‘pincha rasmiy statistikada kam xabar qilinadi yoki yashiriladi. O‘zbekiston o‘z ko‘rsatkichlarini qanday metodika asosida tuzishi noma'lumligicha qolmoqda.

2025-yil 1-iyul holatiga ko‘ra, respublikada jami 51 087 nafar OIV infektsiyasi bilan yashayotgan shaxs rasman ro‘yxatga olingan.

Qonun OIV/OITS profilaktikasi, xususiy bandlik agentliklari va bandlik masalalari bo‘yicha O‘zbekiston qonunchiligiga bir qancha o‘zgartirishlar kiritishi kerak. 

O‘zbekistonda doimiy yashovchi fuqarolar va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar davlat hisobidan majburiy test sinovlaridan o‘tishi zarur. O‘zbekistonga ishga kirish uchun kelayotgan yoki O‘zbekistonda yashayotgan chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar o‘z mablag‘lari, ish beruvchining mablag‘lari yoki boshqa qonuniy moliyaviy manbalar hisobidan test sinovidan o‘tkazilishi majburiy belgilanishi kerak. 

Asr vabosi sifatida qaralayotgan kasallikka O‘zbekistonda aniqlashning, davolashning, cheklash va nazorat qilishning aniq mexanizmlari mavjud emasligi ko‘rsatmoqda O‘zbekiston hukumati kasallikka qarshi kurashda tashabbus ko‘rsatmayapti. Kasallik tashuvchilarning soni esa kundan kunga ortib bormoqda.

Tag‘in o‘qing
30 august 2019
Co‘nggi yillarda muzey va galereyalardagi saroy san'atiga muxolif ko‘cha tasviriy san'ati ancha rivoj topdi. Bu san'atni tijoratga aylantirish va ...
1 april 2021
(Rassom Tuz audiohikoyasi matnining davomi) O‘quvchida Qo‘yliga xiënat qilgan Ullibiyining keyingi haëti nima bo‘ldi, degan savol tug‘ilishi tabiiy. Bu ...
31 january 2018
Stokgolm markazida terror hujumi uyushtirganlikda ayblanayotgan 39 yoshli Rahmat Oqilovga shved prokurori umrbod qamoq jazosi berilishini so‘radi. Eltuz.com
13 april 2021
«Eltuz» kanalida o‘zining “Nyu-Yorkdan nazar” videoblogini yuritayotgan 70 yoshli qishloq xo‘jaligi mutaxassisi Ismoil Ospanov e'tiborni O‘zbekistondagi fermerlarning muammolari, jumladan, ...
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...