Catira
20 november 2015

O‘zbekistonga kredit ajratishni to‘xtating!

Paxta kampaniyasini yuritaëtgan koalitsiya bugun Jahon bankiga maktub yuborib O‘zbekistonda majburiy mehnat to‘xtamaëtgani borasida o‘z havotirini bildirdi.

Hususan Jahon banki loyihalari doirasiga kiruvchi tumanlarda odamlarni mehnatga majburlash ko‘lami keng qamrov kasb qilgan.

«O‘zbekiston milliy qonunchiligi¸ xalqaro huquq va kelishuvlarning Jahon banki loyihalarini bajarish asnosida buzilaëtganini diqqatga olib biz Jahon bankidan to‘lovlarni to‘xtatishni talab qilamiz. Toki hukumat Jahon banki loyihasiga kiruvchi tumanlarda majburiy mehnatga barham berilmaguniga qadar Jaxon banki O‘zbekistonga moliyaviy to‘lovlarni to‘xtatmog‘i kerak».

Maktubda ta'kidlanishicha, butun 2015 yil mobaynida O‘zbekiston hukumati fermerlarni tazyiq, qo‘rqitish yo‘li bilan rejani bajartirishga, fuqarolarni esa paxta normasini topshirishga majburlagan.

Bunday holat O‘zbekiston milliy qonunchiligi va majburiy mehnatga qarshi xalqaro konventsiyalarga tubdan ziddir.

O‘zbekiston hukumatining fermerlarni reja va kvotalarni bajarishini va fuqarolarni belgilangan normada paxta terishini talab qilishi amalda majburiy mehnatning aynan o‘zginasidir.

Xalqaro mehnat tashkiloti ekspertlariga ko‘ra, majburlash tushunchasi doirasiga kuch ishlatish¸ ruhiy bosim va talabni bajarmaagan shaxsning imtiëz va huquqlardan mosuvo qilinishi ham kiradi.

Bundan tashqari hukumat o‘z fuqarolarini mehnatga majburlash ortidan paxta sotib foyda ko‘radi.

Qonun va kelishuvlarni buzgan holda majburiy mehnatni iqtisodiy rivojlanish yo‘lida qo‘llamoqda.

Maktubda ta'kidlanishicha¸ Xalqaro mehnat tashkilotining hukumat bilan hamkorlikda majburiy mehnatni monitoring qilgani noto‘g‘ri va samarasiz bo‘lgan.

Zotan O‘zbekistonda majburiy mehnat hukumatning o‘zi tarafidan amalga oshirilmoqda.

Hukumat XMT bilan hamkorlik qilish asnosida ko‘zbo‘yamachilik qilib dalalarda majburiy mehnat ko‘lamini yashirishga favqulloda va chandon urinmoqda.

Paxta mavsumi boshida hukumat odamlari o‘qituvchi va talabalardan “o‘z inonu ihtiërim bilan paxtaga chiqdim” degan tilxat talab qilmoqda.
Bundan tashqari ular chet ellik kuzatuvchilarga “paxtani o‘z ixtiëri” bilan teraëtganini to‘tiqushdek takrorlashga ham “o‘qitilgan”.
XMT kuzatuvchilarining ënida hukumat mulozimlarining turishi paxta terimiga majburlangan fuqarolarning shikoyat qilishi uchun ruhiy monelik hisoblanadi.

Fuqarolar shikoyat uchun shoshilinch telefon raqamlar borligini bilib turib ham o‘z noroziligini bildirishmaydi. Ular mulozimlar qasosidan qo‘rqishadi.
O‘zbekistonda majburiy mehnat ko‘lamini kuzatib hujjatlashtirgan faollar politsiya tarafidan hibsga olingani, kaltaklangani va qo‘rqitib taxqirlanganiga oid o‘nlab misollar mavjud. Masalan, 16 noyabr kuni militsiya huquq faoli O‘ktam Pardaevni hibsga oldi. Hujjatlar, kompyuter, fotoapparat kabi narsalarini musdoara qildi. Pardaevga yuklangan ayb uni uzoq vaqt panjara ortida qolishiga sabab bo‘lishi mumkin.

Bu esa o‘z navbatida XMT ning majburiy mehnat borasidagi axborot olish imkonini cheklaydi.

O‘zbek hukumatining majburiy mehnatni davom qildiraëtgani va Jahon banki loyihasi doirasiga kirgan tumanlardagi vaziyatni kuzataëtgan faollarga nisbatan kuch qo‘llagani o‘zbek mulozimlarininng Jahon banki bilan kelishuv shartlarini buzganidan dalolat.

Paxta kompaniyasini yuritaëtgan koalitsiya bugun Jahon bankiga maktub yuborib O‘zbekistonda majburiy mehnat to‘xtamaëtgani bois to‘lovlarni to‘xtatishni talab qildi.

Toki hukumat Jahon banki loyihasiga kiruvchi tumanlarda majburiy mehnatga barham berilmaganiga qadar Jaxon banki O‘zbekistonga barcha moliyaviy to‘lovlarni darhol to‘xtatmog‘i kerak.

Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
9 february 2022
2021 yil 3 fevral kuni toshkentlik faol Aleksey Garshin Samarqand shahri yaqinidagi ruhiy kasalliklar shifoxonasining yopiq bo‘limida majburiy davolanayotgan ...
11 june 2024
Korruptsiyaga botgan o‘zbek kadastr tizimi. Pufaklar, raketalar va kiberxujumlar   – BU 600 SEKUND +++ Kadastr Palatasining Qibray tumani filial boshlig‘i ...
31 august 2017
Qudrat Bobojon 1965 yil Urganch shahrida tug‘ilgan. ToshDUning jurnalistika fakultetini tamomlagan. Bi-Bi-Si, Ozodlik radiolarining mintnaqaviy muxbiri bo‘lgan. «Urush va ...
13 november 2020
“Ug‘ur” degani eski turkchada “muvaffaqiyat”, “omad” degan ma'no beradi.  Ug‘ur hali uch ësh ekan, ishchi oilaning farzandi o‘laroq Iskanderundan Germaniyaga ketdi. Bu 1965 yil edi. Onasi va otasi ...
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...