Catira
10 june 2016

Bugun Toshkent tramvayining dafn qilinganiga 40 kun bo‘ladi…

Bugun, 10 iyun – toshkentliklar uchun og‘ir yo‘qotish, eng ekologik jamoat transporti bo‘lgan tramvay so‘nggi manzilga kuzatilganini yana bir bor eslashga an'anaviy bir sabab bor. Uning dafn qilinganiga 40 kun to‘ladi.

rasm1249«Bir nodonning xohishi bilan xammasi barbod bo‘ldi… Manimcha temir muammosi shekilli. Vaqti kelib Toshkentda yana tramvay tiklanishiga aminman. Eng toza, xalqchil va xavfsiz transport.… deya yozadi rassom Elsevar o‘zining Eltuz.com nashriga yozgan o‘zining yangi karikaturasi izohida.

Bundan 5 yil oldin Toshkent shahar xokimligi Chexiyadan 20 ta tramvayni donasiga bir million AQSh dollari to‘lab sotib olgan edi. Eltuz muxbiriga ma'lum bo‘lishicha Toshkent hokimiyati 250 ming AQSh dollari turadigan tramvay uchun to‘rt marta katta narx to‘lagan. 2012 yili Toshkent xokimiyati 20 tramvay uchun 19 mln 800 ming dollar harjlagan.

Toshkentda 22 apreldan tramvaylar harakati to‘xtatilgan. Markaziy depolarning o‘rni ham sotilmokda. Eltuz.com dagi mavjud hujjatga kura,rasm1214

Hokimiyatdagilar uchun shirin kalima bo‘lgan “Otkat” tramvay oldi sottisida o‘zining samarasini ko‘rsatgani aytiladi.

«O‘g‘rilar doimo jinoyat izini yashirishga urinishadi. Toshkent hokimi Rahmonbek Usmonov ham tramvaylarni yo‘q qilib o‘g‘irlikni bekitishni reja qilgan» degan edi o‘shanda o‘z blogida Eltuz.comning yana bir taniqli rassomi Tuz.

Alvido Tramvay. Sobiq yo‘lovchilaring bugun seni eslab iftorda qancha osh yesa ham o‘rningni to‘ldirib bo‘lmaydi.

Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
1 february 2016
2016 yil 27 yanvar kuni BJ’s Wholesale Club chakana savdo kompaniyasi Paxta majburiyati (Cotton Pledge)ga imzo chekkan 200 dan ...
26 march 2021
“Bilasizmi,” – deydi U sizga tikilib, – Nechun «Erk» deganda, Qushning nomin bog‘lab aytarlar, “Qushday erkinman”, deb aytarlar nega? ...
19 october 2015
Eltuz manbalariga ko‘ra, tuman bo‘yicha hozircha uchta maktab o‘quvchilarining paxta terimiga chiqarilgani haqida aniq ma'lumotlar bor. Bular Oltinko‘l tumani, ...
5 august 2020
Marhum prezident Islom Karimovning kenja kizi Lola Karimova (Tillaeva) Amerikadagi uchta villasini sotuvga qo‘ydi Rassom Tuz
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...