Catira
25 june 2016

Yulduz Usmonova ShHT kontsertiga yaqinlashtirilmadi

23 iyun oqshomida Toshkentdagi forumlar saroyida raqsga tushgan va qo‘shiq aytganlar orasida ham, tomoshabinlar qatorida ham O‘zbekiston xalq artisti Yulduz Usmonova yo‘q edi.

Eltuz.com muxbiriga ma'lum bo‘lishicha “O‘zbekiston xalq artisti unvoniga ega bo‘lishiga qaramasdan ShHT o‘taëtgan kunlari Yulduz Usmonovani “kontsert zallari va boshqa rasmiy tadbirlardan uzoqda tutib turish” buyurilgan. O‘zbekistondagi FM kanallariga ShHT haqida yuqoridan “dobro” olmagan qo‘shiqlarni efirga berish qat'iy man qilingan.

Sulxayjiy Song Miiy

Yulduz Usmonova tadbir arafasida Shanxay Hamkorlik tashkilotiga bag‘ishlab qo‘shiqni ëzib ijtimoiy tarmoqlarga “sizdirgan “ va bu tashabbus uchun Oqsaroy “Yelkamni silab katta sahnaga qaytar” deya ta'ma qilgan edi.

“Xitoyim, Rossiyam, qirg‘izim” deya honish bilan boshlangan qo‘shiqda mandarin, tojik va rus tilidagi naqoratlar ham bor.

Issiq-sovuq

Qo‘shiq tarmoqda ikki hil qabul qilindi.

Youtube portalida bu qo‘shiq haqida fikr qoldirgan yuzer abdulmatin inogom va boshqlar salbiy fikr izhor qilgan.»Bechora Yulduz Usmonova. Turkiyada yedira olmaganidan keyin itdek qaytib kelib dodajon dodajon deb aytdi endi kamiga bunaqa bemani va bemaza qo‘shiqni chiqaribdi. Ey Tovba… Shuncha yesang xam to‘ymas ekansanda a Kusmonova? Qirg‘izni qimizingga kim to‘yar edi deb yomonlab aytgan eding endi bu bemaza qo‘shig‘ingda Qirg‘izim deb aytibsan, tayin bormi sanda? Qariganda sanga o‘xshab mag‘zavaga aylanishdan xudo asrasin». (orfografiya saqlandi)

Umida M1 degan yuzer esa qo‘shiqni ijobiy baholgan: «Normalniy siyosiy qushiq, bu ham kerak!!! Tushunmaganlar yoki haqorat qilayotganlar- intelektual rivojlanmagan yoki vatangadolar bulishsa kerak?! Biz bunga etibor bermaymiz.Olg’a Ozbekiston!!!»

25 iyun kunigacha Youtube portalida 55 ming kishi ziërat qilgan bu qo‘shiq ostidagi 21 izohdan faqat yettitasi ijobiy ekani qo‘shiq tanqidiy qarshilandi degan fikrga asos bo‘la oladi.

Biroq, ShHT sammitiga bag‘ishlab uyushtirilgan kontsertda Karimov Yulduzdan ko‘ra «Olako‘z»ga raqs tushishni afzal ko‘rdi.

To‘rtinchi besamar urinish

Yulduz Usmonova bundan oldin uch marta katta sahnaga chiqish ta'masida “zakaz qo‘shiq” ijro qilgan edi.

Yulduz Usmonova o‘tgan yilning 22 dekabr kuni Toshkentdagi “Navro‘z” to‘yxonasida O‘zbekiston Prezidenti Islom Karimovga bag‘ishlab qo‘shiq kuyladi. Huquqshunoslik bo‘yicha fan nomzodi o‘laroq mamlakatda monarxiya tizimi yo‘qligini tushunishi lozim bo‘lgan Yulduz Usmonova mamlakat prezidentini “poshsho” deya ta'riflagan edi.

Ammo bu qo‘shiq 2011 yili O‘zbekistonga qaytgan xonanda ijodiga qo‘yilgan norasmiy taqiqni bekor qilishga yaramadi. Boz ustiga bu qo‘shiqni ijro qilmaslik haqida Usmonova O‘zbeknavodan rasman ogohlantirish ham oldi.

rasm892
Yulduz Chechenistonning rossiyaparast rahbari Ramzan Qodirovni madh qilib ashulalar aytgan edi

Unga lintsenziya berilgan bo‘lsa-da, katta sahnada kontsertlar berishiga va teleradio efirlarda qo‘shiqlari yoyinlanishiga izn hamon yo‘q.

Yulduz Usmonovaga qo‘yilgan norasmiy taqiqni, Prezident Islom Karimovning o‘sha paytlarda katta ta'siriga ega bo‘lgan qizi Gulnora Karimova ham bekor qildira olmagan edi.

2012 yilning 31 dekabr kuni prezidentning qiziga atab kuylagan “Gulisan” qo‘shig‘ini Internet olamida e'lon qildirgan Yulduz, 2013 yilning bahorida Gulnora Karimovaga tegishli bo‘lgan “Fond Forum” tashkilotining dabdabali “Asrlar sadosi” tadbiridagi gala kontsertga rasman taklifni qo‘lga kiritdi.

Gulnora Karimovaning rejasi oddiy edi. Respublika televideniesi va yo‘ldosh kanallari orqali jahon mamlakatlariga translyatsiya qilinadigan “Asrlar sadosi” davlat tadbirining yakuniy gala kontsertda Yulduz Usmonovaning chiqishi, uning ijodidagi “zapret”ga nuqta qo‘yishi kerak edi.

Biroq, kontsertning eng so‘nggi daqiqasida, Toshkentdan Gulnora Karimovaga kimdir qo‘ng‘iroq qiladi va Yulduzning ushbu tadbirdagi chiqishi bekor qilindi.

Yulduz Usmonova “Amerika ovozi” radiosi jurnalisti Navbahor Imomova bilan suhbatda o‘ziga qo‘yilgan taqiqning sababini tushuntirgan bo‘ldi:

“O‘zbekistonda hammadan ko‘p zapretni men olganman… Uni menga kimdir siyosat qilayotgani yo‘q… Bitta odamga yoqmay qolganman, mundayroqda, o‘rtaroqda o‘sha ham, hozir yo‘qdir ham u odam, lekin problema qilib qo‘ygan… Endi shu katta adolatsizlikmi? Taqdir nasib bu…”

53 yashar, sobiq deputat va hoji ona bo‘lgan xalq artisti Yulduz Usmonova Turkmanistonning marhum prezidenti Niëzov va Chechenistonning rossiyaparast rahbari Ramzan Qodirovni madh qilib ashulalar aytgan.

Rassom Elsevar
Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
2 march 2020
Mansur Mirovalev AQSh davlat kotibi Mayk Pompeo Markaziy Osiyo rahbarlarini qatag‘onlarni qoralashga chaqirgan bo‘lsa-da, ekspertlarning ta'kidlashicha, Pekinning mintaqadagi ta'siri ...
22 january 2018
Rasmda ko‘raëtganingiz «Setra» avtobusi oldida selfiga tushgan Maqsad O‘zbekistonning 52 vatandoshini so‘nggi manzilga eltgan avtobusning tirik qolgan haydovchisi. Bu ...
4 february 2022
O‘zbekistondagi kadrlar almashuvi kishini sergaklantiradi. 20 yillik shartli qamoqqa hukm etilgan Kozim To‘laganov hokimiyat tizimiga qaytdi. Korrutsiyaga aloqador Abdulla ...
1 april 2021
(Muhammad Solih audiokitobining davomi) Moskvadagi ikki yillik hayot milliy qarashlarimni sezilarli darajada radikallashtirdi, desam mubolag‘a bo‘lmaydi. Albatta, bu sovet ...
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...