Catira
30 january 2017

Mirziyoev tinchimizni buzmoqda!

Davlat raxbari iqtisodiy muammolar haqida bot-bot gapirmoqda.

Hukumatdagi vazirlarni, katta amaldorlarni xalq dardini eshitmaslikda ayblab so‘kmoqda.

Mamlakatga chet-el sarmoyasi kiritilmayotgani, ishlab chiqarish o‘sishlari nihoyatda past darajada ekani, soliqchilarning tadbirkorlarga yo‘l bermayotgani, vrachlarning mamlakatni tark etayotgani haqida gapirmoqda. Ichimlik suvi, uy-joy, dori-darmon tanqisligi va boshqa iqtisodiy muammolarni sanamoqda.

Xolbuki, 25 yil davomida bizga erishgan buyuk yutuqlarimiz, yalpi daromadning o‘sayotgani, o‘z korxonalarini ochayotgan horijiy shirkatlar haqida muttasil aytib kelishgandi.

Garchi bu ma'ruzalar odamlar turmushini yaxshilamagan bo‘lsada, xalq quvongan, bunga shak keltirganlarni so‘kib kelayotgan edi.

Darvoqe, prezident so‘nggi 13 yil mobaynida o‘zi hozir tanqid qilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy sohaga mas'ul edi.

Endichi? Shavkat Mirziyoev o‘z-o‘ziga muxolifat bo‘ldimi?

Rassom Tuz
Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
15 may 2017
Chinozlik «Ahmadboy» nomi bilan mashhur bo‘lgan Ahmad Tursunboev tomonida tashkil etilgan moliyaviy piramida faoliyatiga barham berilganiga ham bir yilga ...
15 april 2019
O‘tgan asrning 80-yillari so‘nggida mamlakatda erk va demokratiya uchun boshlangan jabhada ko‘plar qatori javlon urarkan, men uchun ham Bertold ...
16 may 2022
Assalomu alaykum Tuz og‘a, sizga Qashqadaryo viloyati Chiroqchi tumanidan murojaat qilyapmiz. Hech kimga sir emas, uch-to‘rt kundan keyin mahalla ...
18 december 2022
Avtobus ketib bormoqda. Birdan avtobus ichida chiroq o‘chadi. G‘ala g‘ovur. Voy svet o‘chdi. Batareya ham muzday. Qalbimiz bo‘ldi kuzday.
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...