Catira
17 october 2017

Prezidentning kuëvi Ramzanni qaynatasi bilan nega uchrashtirdi?

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoev 16 oktyabr kuni Checheniston rahbari Ramzan Qodirovni qabul qildi.

Londondagi Sharqshunoslik va Afrika tadqiqotlari markazining O‘zbekiston bo‘yicha tahlilchisi Alisher Ilhomovning aytishicha, Ramzan Qodirovning o‘zbek prezidenti qarshisida harbiy uniformada paydo bo‘lishi, uning Toshkentga qandaydir biznes emas, balki soldat sifatida kelganini anglatadi.

«Mirziyoev aftidan o‘zining havfsizligiga mas'ul xizmatlarga unchalik ham ishonmaydi. Ikkinchi vazifa – bu o‘zgacha fikrga, iqtidordagi rejimning mamlakat tashqarisida qolayotgan muxoliflari va tanqidchilariga qarshi kurash bo‘lishi mumkin» deya yozadi Alisher Ilhomov o‘zining feysbuk sahifasida.

Karimov davrida O‘zbekistondan masofada tutilgan Qodirovning O‘zbekistonga safari davomida unga prezidentning kuëvi Oybek Tursunov muntazam hamrohlik qilgani kuzatildi.

Ramzan Qodirovning Toshkent safaridagi matbuot nazaridan chetda qolgan jihatlardan biri, Rossiya kriminal avtoritetlarining O‘zbekistondagi faoliyati uchun “ma'qul fazo yaratish” dedi «Eltuz» muxbiri bilan gaplashgan O‘zbekistondagi “jinoyat olami”ni ichdan biluvchi yana bir shaxs.

Uning iddao qilishicha, so‘nggi kunlarda Toshkentdagi mavjud kriminal “avtoritetlar” “neytralizovat” qilinib o‘rniga “ramzanparast” gruppa vakillari “tayinlangan”.

Abbos Xodjaev

14 sentyabr kuni Toshkent Ichki ishlar idorasi sayti kriminal avtoritet sanalgan Abbos Xodjaevning qo‘lga olingani haqida yozdi.

“Rossiyadagi Ramzanga sodiq «vor zakonlar» Xodjaevning o‘rniga o‘z odamini qo‘yishdi», dedi «Eltuz» nashri manbasi.

Uning aytishicha, “Toshkent shahrining «smotryashiysi» bo‘lgan Abbos Rossiya kriminal avtoritetlari nazoratida bo‘lishni rad qilgani uchun «neytralizovat qilingan».

Manbaning ta'kidicha, O‘zbekistonning Rossiya, hususan Chechen kriminal dunësi nazoratiga o‘tishiga 16 sentyabrda Toshkentdagi «Brend» tungi klubida o‘tgan «sxodka» davomida qaror berilgan.

“Kremlga vafodor bo‘lmagan Abbos Xodjaevni” tutish amaliyotiga shaxsan Toshkent shahar Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i Ulug‘bek Tursunov rahbarlik qilgan.

Polkovnik Ulug‘bek Tursunov prezident Shavkat Mirziyoevning to‘ng‘ich kuyovi Oybek Tursunovning akasidir.

Mirziyoev havfsizlik masalasida o‘z maxsus xizmatlariga nega ishonmaydi?

Londonlik tahlilchi Alisher Ilhomovga ko‘ra, bu MXXning o‘z imidjini oqlashga intilishi bilan bog‘liqdir.

«Slujbistlar Karimovga qasamyod keltirishgan edi, biroq ular Mirziyovga qasamyod qilishni istashmayapti. Bu kontora karimov rejimi muxoliflarini bartaraf etish uchun ilgari ham kriminal-mafioza xizmatiga chopgan edi, biroq Shvetsiyadagi surishtiruvlar qaerdan «quloq» chiqayotganini namoyish etdi. Aftidan prezidentga endi uchinchi kuchlarning politsiyachilik vazifasini olib kirishga to‘g‘ri kelayapti» deydi tahlilchi.

Biroq, uning o‘z manbalariga tayanib yozishicha, prezident «yollanma xizmatga choparkan», bundan ko‘p narsa yo‘qotishi mumkinligini hisobga olmayapti.

Agar Mirziyoeva tashqi kuchlar ko‘magida, mamlakat tashqarisidagi o‘z muxoliflari va tanqidchilariga qarshi kurashga bel bog‘lagan bo‘lsa, u xalqaro banditizmga sheriklikda ayblanishi mumkin.

«Bu yil u obro‘-e'tibor nuqtai nazaridan, xalqaro miqyosda qandaydir ochkolar oldi. Buning barini u bir soat ichida yo‘qotishi, Xalqaro sahnada Islom Karimov kabi yakkamoxovga aylanishi mumkin», deydi londonlik tahlilchi Alisher Ilhomov.

Rassom Tuz
Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
13 january 2017
Hokimiyat almashinuvi masalalarini hal etish va ichki siyosatni belgilashda Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlari fuqarolarning huquqlari va erkinliklari kafolatini ta'minlashga ...
13 october 2025
Andijon viloyati Marxamat tumani aholisi kechqurun yo‘lda yorug‘lik yo‘qligidan shikoyat qilmoqda.  Tuman markazida ayrim ko‘chalar yoritilgan bo‘lsa-da, boshqalari qorong‘ilikka ...
21 february 2022
O‘zbekiston Milliy xavfsizlik xizmati Jumasafar Dadaboevni boshqa davlatlarda ishlash uchun josuslikka yollashga uringan Qoraqalpog‘istondagi turkman qishlog‘ida tug‘ilgan faol va ...
5 november 2024
“Agar jamiyatda  jinoyat va zo‘ravonlik jazosiz qolar ekan bu mamlakat bir birini tishlab parchalamoqchi bo‘lgan yirqich hayvonlar arenasiga aylanadi”. ...
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...