Catira
22 november 2017

Mirziëev so‘kma desa ham hokimlar so‘kaveradi

Andijon shahri hokimi Dilmurod Rahmatullaev maktab direktorlari va o‘qituvchilarini «hayvon», «shoqol», «eshshak», «gadoy», «padaringga la'nat» deya haqoratladi.

16 oktyabrdagi majlisdan yozib olingani aytilgan,»Ozodlik» radiosi ochiqlagan 27 minutlik audioda Rahmatullaev paxta terimiga kam odam jo‘natgan erkagu ayol pedagoglarni tuban so‘zlar bilan haqorat qiladi.

Ma'lum bo‘lishicha, majlisda shahardagi 50 ta maktab, 12 ta kollej, litsey, 70 ta bog‘cha rahbarlari, masjidlar imomlari, tibbiyot xodimlari, militsiya va prokuratura rahbarlari qatnashgan.

“Tupurganman senlarga, ey tvarlar! Nafas oladigan o‘zingga o‘xshagan nechta shoqol bor, ey iflos?” deydi hokim kollej rahbarlarini birma-bir turg‘azib.

Bu yilgi paxta mavsumida hokimlarning so‘kong‘ichligi tendentsiyaga aylandi

1 noyabrda Parkent tumani hokimi Ne'matulla Abdullaevning yig‘ilishda aytgan bolaxonador so‘kishlari ham odamni vahimaga soladi.

45 minutlik audioda Parkent hokimi byudjet tashkilotlari rahbarlari sha'niga 120 dan ziyod uyat so‘z ishlatgan.

Bundan oldinrok ijtimoiy tarmoqda Sayxunobod tumani hokimi Nosirjon Egamberdievning maktab direktorlarini bittalab savalagani tasvirli video tarqalgandi.

15 noyabrdagi selektor yig‘ilishida Shavkat Mirziyoev rahbarlarning «xizmat vakolatini suiiste'mol qilib, qo‘l ostidagilarga qo‘pol munosabatda bo‘layotgani»ni qoralab gapirgandi.

Biroq o‘zi ham qo‘li ostidagilarga qo‘polligi bilan tanilgan prezident so‘zlarining samimiyligi shubhali. Chunki yuqorida nomi keltirilgan hokimlar hamon o‘z mansabida qolishmoqda. Odamlarni haqorat qilishgani uchun ularga qandaydir jazo berilgani jamoatchilikka ma'lum emas.

Rassom Tuz
Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
4 october 2020
Joriy yilning 2 oktyabrida Turkiyada o‘zbekistonlik 25 yoshli Shahnoza Yo‘ldosheva ikkita qoyani birlashtirgan simli osma ko‘prikdan (funikuler) yiqilib o‘ldi. ...
18 may 2022
Yaqinda “Eltuz”da Namangan viloyati soliq tizimidagi korruptsion holatlar haqida e'lon qilingan maqolaga mamlakatning tegishli huquq-tartibot idoralari e'tibor qaratmadi. “Eltuz” ...
31 january 2018
MXXning sobiq raisi Rustam Inoyatov prezidentning siyosiy-huquqiy masalalar bo‘yicha davlat maslahatchisi etib tayinlangan. O‘zbekiston prezidentining MXX va prokuratura xodimlari ...
14 january 2020
Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrovning 15-16 yanvar kunlari Toshkentga tashrifi arafasida mediatarmoqda O‘zbekistonning YeOII (Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi)ga qo‘shilishi ...
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...