Catira
20 december 2017

Prokurorlar o‘z mol-mulkini oshkor qiladimi?

O‘zbekistondagi huquq-tartibot xodimlariga daromad va mol-mulklarini deklaratsiyalash majburiyati yuklatilishi haqida qonun loyihasi tayërlanmoqda.

«Qonun loyihasida mansabdor shaxslar, shu jumladan, huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari daromadlarini deklaratsiya qilishni nazarda tutgan bo‘lim va normalar ko‘zda tutilgan. Bugungi kunda qonun tayyorlash jarayoni ketmoqda. Qonun qabul qilingandan so‘ng tegishli choralar amalga oshiriladi», — deb ta'kidladi Bosh prokuratura boshqarma boshlig‘i o‘rinbosari Bahrom Qobilov Xalqaro press-klub yig‘ilishi chog‘ida.

Ayni kunlarda «Bosh prokuratura xodimlari daromadlarini deklaratsiyalash jarayoni xalqaro umume'tirof etilgan amaliyotni hisobga olgan holda amalga oshirilmoqda», degan prokuratura mulozimi tafsilotlarga to‘xtalmagan.

O‘zbekiston prokuraturasi tizimidagi xodimlarning “sakson foizi o‘g‘ri”, degan edi O‘zbekistonning joriy prezidenti Shavkat Mirziëev videoselektor majlisida.

«Eltuz» tasarrufida O‘zbekistonning sobiq Bosh prokurori Rashidjon Hamidovich Qodirovning korruptsiya yo‘li bilan qo‘lga kiritgan mol-mulklari haqida hujjatlar bor.

Sobiq prokurorning Latviyadagi uylaridan biri

Bu hujjatlarga ko‘ra, 1952 yili Andijonda tug‘ilgan Rashid Qodirov O‘zbekistondagi yashirin boylardan biridir.

Dunëning o‘ndan ortiq mamlakatida Rashid Qodirov oilasiga oid mol-mulk borligi iddao qilinadi.

«Eltuz» tasarrufida Rashid Qodirov mulki deb ishonilgan Latviyadagi ikkita villaning fotosurati ham bor.

«Eltuz» muxbirlari bu ikki villaning Qodirov oilasiga tegishli ekani haqidagi Latviya ko‘chmas mulk reestrlariga doir hujjatlarni ko‘rgan.

Rasman tasdig‘ini topmagan ma'lumotlarga ko‘ra, Qodirovning Shveytsariya, Avstriya va Chexiyada ko‘chmas mulklari bor.

O‘zbekistonda prokuratura xodimlari jamiyatning norasmiy boy qatlami sifatida bilinadi. Toshkentning Chilonzor tumanida joylashgan prokuratura binosining oldi uzoq vaqt mobaynida “qimmat mashinalar ko‘rgazmasi» sifatida avtohavaskorlar diqqatida bo‘lib kelgan.

«O‘zbekistonda eng qimmat mashinalarni prokuraturaning oddiy xodimlari minib yuradi», deydi hashamatli avtomobillar ishqibozi bo‘lgan toshkentlik kirakash.

Urganchlik notarius xodimining aytishicha, shu kunlarda mahalliy prokuratura xodimlari o‘zlariga oid mol-mulklarni zudlik bilan uzoq qarindoshlari nomiga o‘tkazishmoqda.

Rassom Tuz
Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
13 august 2025
Navbat Eltuz portaliga kelgan 5 ta murojaatga. Qibraydagi suv tarmog‘i muammosidan tortib, Norindagi shifokorlarning oylik maoshi masalasigacha. Xatlarni Shaxina ...
8 september 2017
8 sentyabr kuni, ertalabdan avtobuslar kolonnasi Qoraqalpog‘istonning To‘rtko‘l shahri maktab o‘qituvchilari, maktabgacha ta'lim muassasalari va tibbiyot xodimlarini ommaviy tarzda ...
24 november 2025
Buxoro shahrida ham bir fojiali holat ro‘y berdi. Hamza ko‘chasidagi 17-ko‘p qavatli uyda yashagan IIB xodimi, uning ayoli va ...
14 december 2016
«XXI asr» gazetasi (08.12) bosh vazirning virtual qabulxonasiga kelayotgan murojaatlarga oid navbatdagi maqolani e'lon qildi. «Murojaatlar haqqoniy bo‘lsa..» sarlavhali ...
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...