Catira
22 december 2017

Mirziyoev armiyani tubdan isloh qilish haqida gapirdi

22 dekabr kuni prezident Mirziyoev O‘zbekiston Oliy Majlisiga murojaatida mamlakat harbiy doktrinasi butunlay boshqatdan ko‘rib chiqilayotgani haqida gapirdi.

«Hokimlar ishtirokida brigada komandirlaridan tortib, quyi ofitserlar tarkibiga qadar o‘zgartirdik va ularning nima qilishi kerakligi haqida aniq javoblar topyapmiz», dedi prezident.

Uning so‘zlariga ko‘ra, o‘zgarishlar yangi yildan kuchga kirishi kerak. Biroq prezident o‘z so‘zida armiyani o‘zgartirishga qancha mablag‘ sarflanishi haqida to‘xtalmadi.

Har yili O‘zbekistonda armiya xizmatiga chaqiriq payti harbiyga borish yoki qolish masalasi porasiz bitmasligi haqida aytiladi.

Global Firepower xalqaro harbiy tadqiqotlar markazi hisobotiga ko‘ra, O‘zbekiston armiyasi o‘z qudrati bo‘yicha 133 mamlakat ichida 48-o‘rindadir.

Rassom Elsevar
Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
18 october 2015
Assalomu alaykum aziz hamyurtlar! Men bu voqeani sizlarga aytmasam bir umr bo‘ynimda qarz bo‘lib qoladi. Shu sababli uzoq o‘ylab ...
2 october 2016
Bugun 62 yoshini qarshilayotgan Muhammad Bekjonni men o‘z qadrdon akamday bilardim, «Erk» gazetasi sahifalarini tayyorlash jarayonlarida u bilan dastlabki ...
19 november 2021
Toshkent viloyati O‘rtachirchiq hokimligi binosida 43 yoshli deputat Feruza Babashovaning deputatlik ishi va odob-axloqi muhokamasi bo‘lishi rejalashtirilgan yig‘ilish deputatning ...
18 january 2025
12 yanvar kuni qamoqdan ozod etilgan Salim Abduvaliev uni qamoqqa tiqish rejasini kim tuzgani va kim amalga oshirgani haqida ...
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...