Catira
15 february 2018

Sobiq KGBchilar «haydalish» taraddudini ko‘rishmoqda

MXX idorasining Toshkent shahri markazida joylashgan bosh binosidan ko‘chirilayotgani haqida 14 fevral kuni «Eltuz» nashri xabar bergan edi.

Toshkentning qoq markazida SSSR zamonida qurilgan to‘rt tomoni yopiq, mash'um KGBga tegishli bu bino turma kameralariga tutash va bu xonalarda o‘zgacha fikrli shaxslar tergov qilib kelingan.

Endilikda bu bino milliy gvardiyaga beriladi, MXXning markaziy ofisi esa bosqichma bosqich shahar chekkasida qurilgan boshqa bir binoga ko‘chiriladi.

KGB binosida qanday sirlar yashirilgan?

Toshkentlik jurnalist, parlamentning sobiq deputati Karim Bahriev ijtimoiy tarmoqda bu idora arxivi oshkor qilinishi kerakligi haqidagi taklifni ilgari surdi.

«Agar ko‘chirilayotgan bo‘lsa, arxivini xalqqa oshkor qilish kerak, chunki shu yerdan Cho‘lponning «Kecha va kunduz» romanining ikkinchi qismi, Qodiriyning yangi romani uchun to‘plagan materiallari va qo‘lyozmalari topilishi mumkin.

Qolaversa, kimlarni kimlar sotgani, kimlar so‘roq qilgani va hukm etgani haqida faktlar oshkor bo‘lardi».

G‘arbda bunday tajriba bor. Masalan, 1987 yili Berlin devori qulaganidan so‘ng Germaniyada nemis jamiyati KGB-Shtaze arxivlarini oshkor qilishga kirishdi.

Bu o‘z davrida nafaqat odamlarning ularni sotgan odamlar haqida bilishi, balki KGB qudrati haqidagi ortiqcha mifning yo‘q qilinishi uchun ham muhim bo‘lgan edi.

Sovet davridagi KGB-NKVD maxfiy idorasining merosxo‘ri bo‘lgan O‘zbekiston Milliy xavfsizlik xizmati (MXX) 1991 yilning 26 sentyabrida qayta tashkil etilgan edi.

Turkistonda sovet tuzumini o‘rnatish uchun amalga oshirilgan qizil terror va o‘zbek oydinlarining ommaviy qatag‘oni shu idora xodimlari orqali amalga oshirilgan edi.

Ayni hibsxonada – ayni qiynoqlar

Shu o‘rinda MXX o‘z o‘tmishdoshi KGBdan ko‘ra bir hissa ko‘proq kuylak yirtdi, yaqin o‘tmishda NKVD an'analarini aynan takrorladi.

Biroq endilikda «Eltuz» nashriga O‘zbekistonda MXX idorasi bilan bog‘liq vaziyat o‘zgarayotgani haqida xabarlar kelmoqda.

Masalan, MXXning Yunusobod tumanidagi Gvardeyskiy ko‘chasida joylashgan tergov izolyatori yopilayotgani haqida.

Ayni tergov hibsxonasida 27 sentyabr kuni o‘g‘irlab ketilgan jurnalist Bobomurod Abdullaev uch oydan ortiq tergov qilingandi.

Onasi Bobomurod Abdullaevning MXX yerto‘lasida qiynoqlarga tutilganiga iqror bo‘lgani haqida bildirganidan so‘ng jurnalistga qarshi «jinoyat ishi» to‘xtatildi. Uning noqonuniy hibsga olinishi va qiynoqqa tutilishi bo‘yicha tergov boshlandi.

Hozirda ishdan chetlatilgan, Bobomurodni hibsga olgan va tergov qilgan MXX tergovchilari Nodir To‘raqulov va Aleksandr Veselevning keyingi taqdiri «Eltuz»ga noma'lum. Tasdiqlanmagan manbalarga ko‘ra, ular «ehtiyot chorasi sifatida» hibsga olingan.

«Haydalish kuyini chalingiz…»

31 yanvar kuni MXX raisi Rustam Inoyatov ishdan ketgan. Shuningdek, prezident Mirziyoev MXXning viloyatlardagi 11 nafar rahbari va bir qancha generallarni ishdan haydagan edi.

Ishdan ketgan rais senator bo‘lib hukumat xizmatiga o‘tdi. Lekin uning qo‘li ostidagi maxfiy xizmat xodimlarining qismati unchalik havas qiladigan darajada emas.

Jumladan, MXX raisining o‘rinbosari, 52 yoshli general-leytenant Shuhrat G‘ulomov qamoqqa olinib, 20 yil muddatga ozodlikdan mahrum etilgani ma'lum.

Rassom Tuz o‘zining navbatdagi hajviy suratida «haydalish taraddudi»ni ko‘rayotgan MXX xodimlarini aks ettiradi.

Rassom Tuz
Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
23 november 2017
Toshkent markazidagi Kinochilar uyi va o‘ndan ortiq ma'muriy binolar poytaxt hokimligi qaroriga binoan buzilmoqda. «Binolar o‘rniga «ToshboshplanLITI» davlat unitar ...
28 july 2016
Qarshimizda Sovet Markaziy Osiyosida isyonchilik harakatiga qarshi kurashish davrida olingan eng muvaffaqiyatli fotohujjatlardan biri desa bo‘ladigan fotosurat turibdi. Biz ...
23 february 2019
​​Evril Turonning poytaxtni Jizzaxga ko‘chirish haqidagi taklifini ko‘pchilik kulgi ostiga oldi, kimdir paxta qo‘yish sifatida baholadi. Menga esa taklif ...
29 october 2016
Ismi va tumani sir tutilgan Farg‘ona viloyati tumanlaridan birining mutaxassisi Eltuz.com muxbiriga Bosh vazirning virtual qabulxonasiga tushayotgan arizalar bo‘yicha ...
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...