Catira
25 june 2018

O‘zbekiston Madaniyat vazirligi vandalizm faktini tekshirmoqda

O‘zbekiston xalq rassomi Bahodir Jalolovning Qo‘qon teatri devoriga ishlangan «G‘arb va Sharq uchrashuvi» deya nomlangan freskasi Qo‘qon shahri amaldorlari tarafidan vayron qilingani yuzasidan Madaniyat vazirligi tekshiruv boshladi.

Asarlari Britaniya, Italiya, Ispaniya muzeylari, Bukingem saroyi, Tretyakov galereyasida osig‘liq o‘zbek rassomi devoriy rasmi, «Anhor.o‘z» sayti jurnalisti Mansur Ibrohimovga ko‘ra, «o‘zbeklarning diniy mentalitetiga zid kelgani uchun xokimiyat tarafidan vayron kilingan».

Taniqli san'atshunos Natalya Musina feysbukdagi sahifasida Bahodir Jalolovning bu asari san'at ishqibozlari va sayyohlari diqqatini tortib kelgani haqida yozadi:

«Faqat shu freskani ko‘rish uchun dunyoning ma'rifatli insonlari va sayyohlari turli mamlakatlardan kelishardi va kelishmoqda! Mening o‘zim Frantsiyadagi, Rossiyadagi, Germaniyadagi do‘stlarimni olib borganman. Ularning barchasi Bahodir Jalolov freskalarining ko‘rib mutaassir bo‘lishgan!»

Bu Bahodir Jalolovning vayron qilingan ilk asari emas. Shu yil boshida «Eltuz» nashri ayni rassomning «Dom kino»dagi freskasi prezident Shavkat Mirziyoevning buyrug‘i bilan vayron qilingani haqida yozgan edi.

Rassom Kirpi
Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
26 september 2015
O‘zbekiston Mehnat vazirligi va Kasaba uyushmalari federatsiyasi tarqatgan, “Paxta – rizq-ro‘zimiz!” sarlavhali varaqada jumladan quyidagi so‘zlar yozilgan. Paxta yig‘im ...
28 december 2025
Kattaqo‘rg‘on shahrida tibbiyot texnikumini bitirgan hech qanday tibbiy ish tajribasiga ega bo‘lmagan hamshira dukonasiga ukol qilib o‘limga bilvosita sababchi ...
28 april 2017
Toshkent propiskasiga kirish uchun rasmiy ro‘yhatdagi hujjatlarni yig‘ishga vaqtincha poytaxtda bo‘lish muddati ham yetmasligi haqidagi maqolani chop etgan Kun.uz ...
26 march 2019
O‘zbekistonlik shoir, 56 yashar Mahmud Rajab 26 mart kuni ertalab 8.30 larda Gurjistonning Tiflis shahridan qaytayotganida Toshkent aeroportida o‘zbek ...
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...