Catira
14 september 2018

Vazir o‘quvchilarning sazoyi qilinganini qoraladi

«O‘zbekiston 24» kanalining kiyinish madaniyati «tanqid qilingan» 12 sentyabr kungi «Xalqaro Press klub» ko‘rsatuvida TV jurnalistlarining o‘zlari etika qoidalarini qo‘pol buzishdi.

Shu kuni TV jurnalistlari Toshkent shahrining 110 va 50- maktablari hududidagi «maktab formasi» kiymagan o‘quvchi va o‘qituvchilarni ularning va ota-onalarning iznisiz TV orqali ochiq ko‘rsatib sazoyi qilishdi.

Xalq ta'limi vaziri Sherzod Shermatov muhim muammolarni unutib, tinimsiz o‘quvchilar formasi haqida yozayotgan, kasb etikasini unutgan jurnalistlarni o‘z «Facebook» sahifasida qoralab chiqdi.

«Etikaga ko‘ra, agar televidenie orqali shaxs roziligisiz biror kishi salbiy obrazda namoyish etilsa, ularni kimdir tanib qolmasligi uchun yuzlarini yopish kerak bo‘ladi. Taraqqiylashgan jamiyatda shaxsni ommaviy tahqirlashga yo‘l qo‘yib bo‘lmaydi, ayniqsa, bolalarni», deya yozdi Sherzod Shermatov.

O‘z hamkasblarining harakatini «Turon-24» nashri jurnalistlari ham qoralashdi. Maqolaga ko‘ra, ko‘rsatuvda «kalta yubka kiygan, soch o‘stirgan, yuzlarini bo‘yagan o‘quvchilar bilan birga ustoz-murabbiylar»ning kiyinishlari qoralangan.

«Lekin birortasining yuzlari yopilmagan yoki tanimas darajada berkitilmagan. TV jurnalistlari shu tariqa o‘z kasbini suiiste'mol qilgan holda inson huquqlarini poymol qilgan».

Shunga o‘xshash holat joriy yilning 1 aprelida efirga uzatilgan, yoshlarning istirohat bog‘larida qo‘l ushlashib yurgani, o‘pishgani qoralangan «Yashirin kamera» ko‘rsatuvi jamoatchilik noroziligiga sabab bo‘lgan edi.

Ko‘rsatuvda uning boshlovchisi 22 yashar Badriddin Husniddinov yoshlar oldiga kamera bilan qo‘qqisdan borib so‘roqqa tutadi.

3 aprel kuni O‘zbekiston Adliya vazirligi bu ko‘rsatuvni uzatgan «Mening yurtim» telekanalini xalqaro va mahalliy qonunchilik me'yorlarini buzganligi haqida rasmiy ogohlantirish bergan edi.

Rassom Tuz
Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
3 december 2025
Rossiya yana mol go‘shtiga cho‘chqa go‘shtini qo‘shib sotishdi — bu safar Markaziy Osiyodagi hamkorlarga mo‘ljallangan mol go‘shti konservasiga. «Orelprodukt»ning ...
17 february 2022
(Rassom Tuz hikoyalari. Davomi, boshi o‘tgan sonlarda) Kutilmagan taklif (Rassom Tuz hikoyalari. Davomi. Boshi o‘tkan sonlarda)10 mart seshanba kuni ...
18 february 2019
AQSh poytaxti Vashingtonda O‘zbekiston hukumati delegatsiyasi Cotton Campaign xalqaro koalitsiyasi vakillari bilan uchrashdi. Bu uchrashuv koalitsiyaning yillik strategik yig‘ilishi ...
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...