Catira
18 december 2018

R.T.dan tilak: Omad sizga yor bo‘lsin!

Sizga omad tilayman, azizim. Oddiygina omad.

Ko‘chada ketyapsiz, sizni moshina bosib ketmadi. Tasodifan o‘rmonda murdani ko‘rib qolib politsiyaga xabar berganingizda sizni qotil deb qamab qo‘yishmadi. Siz kech qolgan poezd ag‘darildi. Kema cho‘kdi. Uchoq portladi. Siz omadli bo‘lganingiz uchun tiriksiz. SPIDga chalinmadingiz. Chernobilda nurlanmadingiz. Sizni kimdir aldab Suriyaga jihodga ham yubormadi. Siz omadli jentelmensiz.

Ishonmasangiz, balkondan pastga qarang, avtomobilingiz g‘ildiragini hali o‘marishmadi. Sizga omad ër bo‘lsin. Xuddi Avstraliyadagi Bill Morgan kabi. Bill Morgan reanimatsiya karavotida 14 minut o‘lik holatda ëtdi. Uni o‘ldi deb daftarga qayd qilishdi. Ammo u ko‘zini ochdi. Qon bosimi normallashdi. Yurak urishi ham joyiga keldi. Hatto bu omadli jentelmen ko‘zini ocharkan, o‘zida oshig‘ich seksual ishtahani ham his qilib, xamshiralarga suqlandi.

Bill Morgan o‘zining tirilishi sharafiga kasalxona do‘konchasidan bir shisha pivo va oniy lotereya bileti sotib oldi. Lotereya biletini pivo qopqog‘i bilan qirib ko‘rganida narxi 27000 dollar turadigan mashina chiqdi. Mana buni omad desa bo‘ladi. Buni eshitgan Avstraliya TVsi Bill Morgan haqida reportaj tayërladi. Morganni videoga olaëtgan kamerachi ayni do‘konchadan yana bir lotereya sotib olishni so‘radi. Kamera qarshisida Morgan yana bir lotereya sotib olib, ustini qirtishladi. Bu safar Morgan 250 ming dollar yutgan edi. Jonli efirda buni tomosha qilgan Avstraliya aholisi Morgan quvonchiga sherik bo‘ldi.

Omad sizga ham ër bo‘lsin, azizim. Hech bo‘lmaganda taxtako‘pirlik qorovul kabi.

P.S: Taxtako‘pirda qorovul bo‘lib ishlaydigan yigit sariëg‘ pachkasi ichidan 100 million so‘mlik yutuq topgani haqida xabar tarqalgan edi. 

Rassom Tuz
Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
7 august 2020
Uzoq ko‘rmagan va siz uchun aziz bo‘lgan yaqiningiz eshikni qoqmasdan ochib kirib, qarshingizdagi stulga kelib o‘tirdi. Siz unga qaraysiz, ...
15 november 2025
1988 yili Urganchda o‘tirib Amerika ovozi radiosi  orqali AQSh prezidenti Ronald Reygan nutqini tinglab entikkan edim.  Oradan shuncha yil ...
6 january 2025
Marhamat tumanidagi “Shomat” mahalla fuqarolar yig‘inida yashovchi X.Sh. o‘z uyidagi yotoqxona qismida qo‘lbola isitish pechini yoqishga urinib, gugurt chaqqan ...
22 september 2025
Finlyandiyadagi Hanhikivi-1 AES loyihasi xavfsizligiga oid shubhalar tufayli «Rosatom»ga ishonch, siyosiy inqirozdan oldinoq yo‘qolib bo‘lgan edi. Shuning uchun bu ...
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...