Catira
24 january 2020

Prezident kechikib bo‘lsa ham 2020 yilni nomladi

Prezident Mirziyoev 2020 yilni «Ilm-ma'rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili», deb e'lon qildi.

Prezident Shavkat Mirziyoev Oliy Majlisning Senati va Qonunchilik palatasiga navbatdagi Murojaatnomasida ilm-ma'rifat va texnologiyalar ustuvorligiga e'tibor qaratdi.

Karimov davrida, to‘g‘rirog‘i, 1997 yili O‘zbekistonda prezident tomonidan boshlangan yillarni nomlash an'anasi 2020 yilga kelib bir oycha kechikdi.

2019 yil O‘zbekistonda «Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlanish yili», deb e'lon qilindi. Shavkat Mirziyoev hukumat tepasiga kelgan 2016 yil “Sog‘lom ona va bola yili”, deb atalgan edi. Undan keyingi yilni prezident Mirziyoev “Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili”, deb e'lon qildi, 2018 yil esa “Faol tadbirkorlik, innovatsion g‘oyalar va texnologiyalarni qo‘llab-quvvatlash yili” nomini olgandi.

Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
12 april 2018
PosterUz
23 april 2022
(Taniqli shoir va siyosatchi Muhammad Solihning “Imperativ” kitobidan 45-qism. Audiokitob matnini muallifning o‘zi o‘qigan. Davomi bor.) Balki, ingliz tili ...
14 may 2024
Anorbank mijozi muammosi yechildi, imtiyozdan marhum oq oltinlik fermerlar g‘azabda, denovda kanalizatsiya axlati ariqqa oqizilmoqda, g‘uzorliklar esa hokimning loy ...
28 april 2021
Rassom Elsevar
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...