Catira
28 december 2020

2020 yil suratlarda: O‘zbekiston Rossiyaning orqa bog‘chasiga aylandi

2020 yilda Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqining onlayn sammitida O‘zbekiston va Kubaga tashkilot huzuridagi kuzatuvchi davlat maqomi berildi.

Prezident Shavkat Mirziyoev O‘zbekistonning kuzatuvchi maqomini olish to‘g‘risidagi murojaati qo‘llab-quvvatlangani uchun ta'zim bajo keltirdi.

Joriy yil may oyida Oliy Majlis O‘zbekistonning Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqida kuzatuvchi davlat maqomida ishtirok etishi to‘g‘risidagi taklifni ma'qullagan edi.

Smartgov Consulting byurosi ijrochi direktori Aziza Umarova esa YeOII Rossiyadan boshqa a'zo davlatlarga hech qanday yaxshilik olib kelmagani, jumladan, Qozog‘iston va Belarus iqtisodi “har doimgidan ham ayanchli ahvolda” ekanini aytgan.

Uning feysbukda yozishicha, Rossiya yetakchiligidagi ittifoqqa kirgandan keyin “orqaga yo‘l yo‘q”.

“Hech qanaqasiga. Tinchgina ajralish, tinch yo‘l bilan tarqalish imkonsiz. Barcha qarorlar bir mamlakat tomonidan qabul qilinadi va bu bizning mamlakat bo‘lmaydi. Ittifoqqa kirish bir tomonga chipta sotib olishdir. Assalom, Sovet Ittifoqi. Bu mening tengdoshlarim eng kam umid qilgan voqea edi”, deb yozdi Aziza Umarova.

Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
14 september 2021
«Ota-ona bilan birga nonushta qilish, nevaralar qurshovida bo‘lish, bir piyola choy ustida suhbatlar... Siz-chi, bugun ota-onangiz, buva-buvingizga quchoq ochdingizmi?», ...
15 march 2021
Ichki ishlar vazirligi ikki oy ichida 24 milliard so‘mga mahbus tashuvchi 50 ta transport vositasi – avtozak sotib olgani ...
4 january 2026
«Kechagi kun — tarix, ertangi kun — jumboq. Bugungi kun esa — tuhfadir» 
23 august 2019
Mamlakat turg‘unlarining buzilayotgan uylari uchun bozor narxida tovon talab qilishi ochko‘zlik ekan. Prezident samolyoti uchun 300 mln. to‘lansa, mayli. ...
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...