Catira
22 february 2021

Konteynerda yashaydigan hokim

Namangan viloyati hokimi prezident kelgan paytda tanqid qilingan mahallada bu yerda sharoit yaxshilanguncha yashashini bildirdi.

— Har kuni shu yerda, sizlarga qo‘shni bo‘laman. Uyim mahalla idorasining ro‘parasida joylashadi. Bugun shu yerga konteyner o‘rnatiladi va unga “viloyat hokimining uyi” deb yozib qo‘yiladi, — dedi Shavkatjon Abdurazzoqov.

Abdurazzoqovga ko‘ra, mahallaga suv quvuri tortiladi va yo‘llar ta'mirlanadi.

Prezident Shavkat Mirziyoev 19 fevral kuni “Bunyodkor” mahallasida bo‘lgan va ichimlik suv yo‘q, ichki yo‘llar yomon, atrof obodonlashtirilmagan hududdagi ahvolni tanqid ostiga olgandi.

Prezident Namangan shahri prokuroriga tanbeh berib, «nega devorni oqlamaysan», degan edi.

– Balandparvoz gaplar bilan hisobot berasizlar, – degandi davlat rahbari. – Qanday vijdon bilan lavozimda o‘tiribsizlar?! Bu mahallada 12 ming odam yashaydi. Ahvolni qaranglar, bu sizning yuzingiz. Hech bo‘lmasa devorlarni oqlatib, hovlilarni tozalatib qo‘ysang bo‘lardi-ku?

Ayni paytda Namangan viloyatidagi yuzlab mahallalar prezident nazariga tushmagani va hokim konteyner qo‘yib ëtmagani bois xarob ahvolda qolmoqda.

Rassom Elsevar
Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
23 november 2025
Jurnalist Navbahor Imomova yozadi: Itni ham, bitni ham mehmonga chaqirib, tekin boqib, yana qo‘liga bebaho durdonalarni tutqazib, ta'zim qilib ...
28 january 2026
2026-yil 24-yanvar kuni soat 19:40 atrofida Istanbul shahrining Shishli tumanida chiqindilar orasidan buyum to‘plab yurgan fuqaro konteyner ichida o‘ralgan ...
4 july 2019
Fuqarolik ishlari bo‘yicha Shovot tumanlararo sudi 3 iyul kuni aka- uka jurnalist Bobojonovlar da'vosi yuzasidan Urganch tumani hokimligi hamda ...
11 february 2020
Ijtimoiy tarmoqda «Ilhom» teatridan binoning olib qo‘yilishiga qarshi norozilik ortidan 11 fevral kuni Madaniyat vazirligi teatrning o‘z o‘rnida qolishini ...
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...