Catira
5 april 2023

Britaniya Toshkentda o‘tajak boks musobaqasini boykot qildi

Buyuk Britaniya boks bo‘yicha erkaklar o‘rtasidagi jahon chempionatida Rossiya ishtirok etishidan xavotirlanib, uni boykot qilishga qaror qildi. 

Xalqaro boks assotsiatsiyasi (XBA) O‘zbekistonda bo‘lib o‘tadigan turnirda rossiyalik va belaruslik bokschilarni o‘z mamlakatlari bayroqlari ostida o‘tkazishga ruxsat berdi. 

Bu Xalqaro Olimpiya Qo‘mitasining (XOQ) rossiyalik va belaruslik sportchilar neytral bayroq ostida musobaqalarda qatnashishi mumkinligi haqidagi ko‘rsatmalariga zid keladi. 

Fevral oyida Britaniya ayollari ham jahon chempionatini boykot qilishdi. 

Erkaklar musobaqasi 30 apreldan 14 maygacha bo‘lib o‘tadi. 

Rossiyaning Ukrainaga bostirib kirishi ortidan XOQ sport federatsiyalarini Rossiya va Belorussiyalik sportchilarni musobaqalardan chetlatishga chaqirgan edi. 

Biroq o‘tgan hafta Xalqaro olimpiya qo‘mitasi ushbu mamlakatlar sportchilariga musobaqalarda betaraf bayroq ostida qatnashishni tavsiya qildi. 

@eltuz2022 Sizningcha Rossiya va Belorusiya bokschilari Toshkentda o‘tajak jahon chempionatida ishtirok etishlari kerakmi yoki yo‘q?

Tag‘in o‘qing
18 january 2024
Eltuz portaliga kelgan navbatdagi 5 ta shikoyat maktublarini o‘qiymiz. Ular O‘zbekistonning Jizzax, Andijon, Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlaridan kelgan. Dastlabki ...
12 september 2017
12 sentyabr kuni tarmoqda Sirdaryoda tuman hokimining maktab direktorlarini urayotgani aks etgan video tarqaldi. Kun.uz nashri tarqatgan videoda Sirdaryo ...
4 december 2020
Har juma yaqinlashgani sari ichimda bir orziqish his qilaman. Uzoq safardan uyga qaytgan odam o‘z yaqinlariga safar taassurotlarini aytib ...
14 december 2018
Farg‘ona musiqali drama teatri aktrisasi Malohat Toirova tomoshalariga qalbaki chiptalar sotilganligini fosh qilgani uchun ishdan bo‘shatilganini bildirmoqda. Bu haqda ...
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...