Catira
6 april 2023

Yana pedofiliya haqida

Nega bugun? Nega hozir pedofillik haqida gapirilmoqda? Tabiatan fitna nazariyasiga moyil odamlar pedofil mulozimlar qoralanishi ortida ham ëmonlik ko‘rishmoqda. 

Holbuki, Rassom Tuz va Eltuz bu muammo ya'ni pedofillik (bachchabozlik) qilmishini doimo muntazam fosh qilib kelgan. Mana bu matnni fevral boshida ëzgandim. Hali adliya vazirligi mulozimi yetim qizlarni zo‘rlagani haqidagi voqea ifsho bo‘lmagan¸ yetim qiz asragan Urganch va Chiroqchidagilar bu qizlarni kiraga beriladigan ëki qizlarning o‘z ta'biriga ko‘ra¸ mehmon tagiga «to‘shaladigan» to‘shakka aylangani elga ma'lum bo‘lmagan paytda: 

«A.R ismli shaxs SSSR davrida Xorazmdagi internatga tarbiyachi qilib tayinlandi. Kunlardan bir kun internat xodimlari uni ësh o‘g‘il bolani zo‘rlaëtganini ko‘rishdi. Internat direktori chaqirildi. Aybdor aybini bo‘yniga olib turibdi. Direktor opa SSSRdagi favqulloda qudratli shaxs edi. Istasa nafaqat o‘zbek SSR balki SSSR ichki ishlar vaziri vertushkasiga uchta raqamni terib bog‘lana olardi. Negadir bu opa o‘z internatining pedofil skandali bilan bog‘lanishini istamadi. Majlis qilishdi. Barcha xodimlar o‘sha pedofilni yuziga tuflashdi. Sazoyi majlisi tugagandan keyin bu pedofilga qarata «sen endi yo‘qol¸ maorif sohasiga qaytib qadamingni bosma» deyishdi. Pedofil xalq ijodiëti bilan bog‘liq davlat idorasiga ishga kirib oldi. Uning pedofil ekanini internatdagi bolalar va pedkollektivdagi yuzlab odam bilardi. Ammo u jazosiz qoldi. Xozir u balki o‘lgandir. O‘zbekiston mustaqil bo‘lgan to‘qsonlar boshida u viloyat hokimligida yangi tuzilgan «ma'naviyat» kontorasida ishlar va haj hamda umraga ketaëtgan budushshiy xojaka va xojonalarlarga «maslahat berish» gruppasida edi…

Aytmoqchi bo‘lgan gapim mana bu: O‘zbekistonda pedofillik jinoyati bilan qamalganlarning ro‘yxati tuzilsin. Maxsus reeestrga o‘xshash. Bu pedofillarning qamoqda muddat o‘tagandan keyin xalq ta'limi va boshqaruv tizimiga ishga olinmasligi ta'minlansin!»

Rassom Tuz

Tag‘in o‘qing
26 june 2017
Bugun Shvetsiyada yashayotgan o‘zbekistonlik faol Dilobar Erkinzoda sudya Nizom Rustamovning undan pora so‘raganini ochiqlarkan, Shvetsiya va O‘zbekistondagi sudlar o‘rtasidagi ...
6 december 2025
Eltuz tahlilchisi Bahodir Fayzi AQShning Ogayo shtatiga bordi. Xivaning Rossiya tomonidan bosib olinishiga guvoh bo‘lgan amerikalik jurnalist Makgahan qabrini ...
7 august 2024
Bugungi hikoyamiz O‘zbekistondagi korruptsiya va reyderlikning navbatdagi qurboni, Urganchdagi «Kolizey Xauz» shirkati egasi Sarvar Amonov faoliyati bilan bog‘liq mojaroga ...
8 april 2023
Aziz og‘a ini, opa singil qadrdonlarim. Mana xafta aylanib siz bilan birgaman.  Matchon Suqilish: Nichiksizlar mo‘chchi oybika ham xo‘jik ...
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...