Catira
22 april 2023

Rassom Tuz provintsial tsirk haqida

Agar, deylik, turk ëzuvchisi O‘rxon Pomuq¸ Eron kinochisi Asgar Farhodiy  ëki Xitoy rassomi Chjan Syaogan Parijga kelsa, Frantsiya matbuoti ular tamsil qilgan mamlakatlar haqida ëzgan bo‘lardi. Ammo «tonirovka tekin bo‘lsin» deya ëzib, nomi to‘ytepada mashhur bo‘lgan o‘zbek blogerlari ëki palon pulga olgan kinosini o‘ziyam tomosha qilmagan Muxlisa qizaloqni  Parijga «apkirib» qo‘yilsa, na «yangi O‘zbekiston» va na «eski O‘zbekiston haqida «dunë matbuoti» ëzmaydi. Mabodo, nimadir deyishsa, «Parijdi ko‘rib, muzaymoq yeb ketgisi kepti-da» bu aboriygenlarni, deb qo‘yishadi Li Pen tarafdorlari bo‘lganlar. 

Darvoqe, Rassom Tuz bu ksenofob Marin Li Penni ëmon ko‘radi. Gap Li Pen haqida emas. Gap jiddiylik haqida.  

To‘ytepada «ati chig‘gan» blogerning «Eyfel oldida rasmga tushib, Yelisey maydonidagi tosh yo‘lakni Olotdagi trotuardan yaxshi ekanini» aytishi «Yangi g‘oyalar generatsiyasi» emas. Shu bilan birga «o‘zbekistonlik» degan atamaning o‘zi –  mening nazarimda, rusiyzabon aholining noqislik kompleksi mahsuli. Germaniiyada vatandoshlik olgan barchaga nemis deyiladi¸ Frantsiyada esa frantsuz¸ Ispaniyada ispan¸ Saudiyada arab¸ Turkiyada turk¸ Portugaliyada portugal. 

Shu mantiqdan kelib chiqib O‘zbekistondagilar o‘zbek deyilishi kerak. Buni urug‘¸ qabila va etnos bilan bog‘lab «Chusovitina o‘zbek emas-ku» deyish primitivlikdir. Bunday qabilachilik Germaniya¸ Frantsiya¸ Ispaniya va sanaganim barcha davlatlar tarixida bor. «Men nemis emasman, saksoniyalikman» deydigan johillar Germaniyada ham talay. 

Ammo zanji ham¸ turk ham, To‘ytepadan borgan o‘zbek ham nemis pasporti olsa, millati degan joyiga «nemis» deb ëziladi. 

«Bu nemismas-ku¸ germaniyalik, desangiz bo‘lmaydimi?» desangiz, «biz bir marta kim nemis va kim germaniyalik ekanligi aniqlash uchun tsirkulda burun o‘lchash kabi yuzi qarolikni qilib pushaymon bo‘lganmiz», deyishadi. 

Aytmoqchi bo‘lganim, «etnik mansublik»dan xursand bo‘lish zinhor «yangi g‘oyalar generatsiyasi» bo‘la olmaydi. 

«Ana o‘zbek qizi Nyu York mirshabxonasiga ishga kiribdi. Faxrlanaylik» deyish esa nazarimda o‘zbeklarni kamsitishdan boshqa narsa emas. 

«Tonirovka tekin bo‘lsin» deya ati chiqqanlardan «fikr bobosi» yasash esa provintsial tsirk tomoshasidan boshqa narsa emas. 

O‘rxon Pomuq, Asgar Farhodiy, Chjan Syaogan kabi dunë tanigan oydinlarni nega yetishtirib chiqara olmaganimiz haqida o‘ylab ko‘rsak bo‘larmidi?

@eltuz

Tag‘in o‘qing
4 march 2024
Sharifa To‘ychieva hokimning noqonuniy qarori bilan yeridan mahrum bo‘lgan yuzlab baxtsiz fermerlardan biri. Uning hikoyasidan anglashiladiki, qonun buzilishi prokuratura ...
16 january 2023
Buxoro markazidagi YuNYeSKO himoyasida bo‘lgan bufer zonada multfilm stilidagi feyk «Buxoro» qurilishi haqida tomog‘igacha korruptsiyaga botgan, o‘ris aksarlariga haykal ...
12 december 2025
Demokratik Afg‘oniston Respublikasi (DAR) hududiga Sovet qo‘shinlarining Chegaralangan kontingentini (OKSV) kiritish to‘g‘risidagi qaror 1979 yil 12 dekabrda KPSS Markaziy ...
2 september 2016
Ta'ziyani TRT davlat telekanali namoyish etdi. «O‘zbek Prezidenti Islom Karimov olamdan o‘tdi. Alloh uni rahmatiga olsin. Turkiya Respublikasi o‘zbek ...
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...