Catira
8 august 2024

Rassom Tuz: «Tiyotirchi kontora» uchun rasm

Sovet davrida KGB xodimlari bir muncha savodli bo‘lardi. Miltiqdan otish, turnikka osilish, o‘ngacha sanash va kamida bitta chet tilni bilardi.

Ular o‘zlari orasida «vishka» deb ataladigan Sverdlovskdagi o‘quv maskani «Vыsshie kursы podgotovki operativnogo sostava KGB» da o‘qitilib odambashara qilinardi.

O‘zbekiston mustaqil bo‘lganidan keyin istihborot tizimi lapashang, jinni, sang‘i va asosan o‘tkanni o‘rog‘ini, ketkanni ketmonini o‘marsam deydigan «nesun» va «kleptoman»lar bilan to‘ldi.

Bu qorinboy xomsemizlar mabodo turnikka osilsa og‘irligidan turnik temiri qiyshayadi.

Mirziëv kelib bu idorani bir tepip silkitib «atini» o‘zgartirib ketdi.

Ammo fanda atavizm deb aytiladigan xolat bois bular yana asliga qaytaveradigan jonivor.

Faqat havoyi gaplar, o‘ylab topilgan fantaziya qora kuchlar, muxolipatchi shoirlar haqidagi tagi yo‘q gaplarga qarshi «kurashganday bo‘lib», oylik olib, yeb ëtgan bu tanbal tasqaralar Qoraqalpoqda separatizm yetilgani¸ IIV ëki davlat sturkturalaridagi mulozimlar hizb va salafiy bo‘lib ketgani va ulkan korruptsion kitning semirganini bilishmadi.
Davlatning butun bir aholisi rus zombi TVlari ta'sirida o‘risqul va mustaqillik dushmaniga aylanganini ham bu shabko‘rlar sezgani yo‘q.

Aslida davlat xavfsizligi uchun o‘ta xavfli trendlar edi bular.

Ular eskisi kabi bir xurjunidan kitob chiqqan bir bechara shoirni ëki shairkani ko‘tidan yurib, eshigidan mo‘ralab, mo‘risini iskab, oylik olib, cho‘ntagimdan tushib qolgan eski chaqa kabi siyqa o‘yinlarini qayta boshlamoqda.

Otning kallasiday oylikni olib ëtgan bu devday-devday barzangilar ajrashib ketgan eri qamag‘da bo‘lgan bir shairkani ko‘tida yurishuvdi anchadan beri. (xuddi zo‘r ish qig‘andek)

Bu parazitlar nazarida shairkaning anavi dengiz ënida o‘zini rasmga olib tarmoqqa qo‘yadigan muxolifatchi shoir Muhammad Solihni pir deb qo‘l bergani buyuk jinoyat emish.

Nu i chto? Hozir saroydagi mulozimlar ham u kishini kitobini o‘qib o‘tirganiga faktlarim bor.

She'r o‘qish jinoyat ekanligi manov sholg‘omkallalar paranoyasi.

Xullas, bu siydigi yer teshmaydigan, Qatortoldan o‘taëtib zuhro kasaliga chalingan hezimlar taqir yerdan chang chiqarib shoira, jurnalist, bloger, sportsmen, uch bola onasi va albatta sohibjamol vatandosh Shaxina Abdurazzoq (Shahzoda Bahranova)ni O‘zbekistondan chiqib ketmasligini ta'minlashdi.

Oldin ëzganimdek, 2 avgust kuni Shaxina Qarshidan Toshkentga yo‘lga chiqadi. Taksi yo‘lda yana bir xotinni oladi. Bu xotin buyuk ehtimolda «podsadnaya utka» edi. (Bunday obonchining erkak varianti farg‘onalik iplas Shuhrat Isanov)

Stsenariyga ko‘ra, «podsadnaya utka» janjal chig‘oradi.

Shu minutda darrov kuch ishlatarlar shop shaloplari bilan yetib keladi.

Mirshablar kamoli ehtirom bilan jurnalist xotinga «poexat v otdelenie» taklifini berishadi.

Qizginani talonchilikda ayblashdi. Mana jabrlanuvchi ham turibdi ko‘zidan siyib.

Shu paytgacha otday kishnab yurgan shoirai davron Shaxina Abdurazzoq (Shahzoda Bahranova) aynan shu IIBda salomatligi birdan ëmonlashdi.

Balki anavi sassiq kuch ishlatarlar sepgan arzon dezodrandtdan ko‘ngli behuzur bo‘ldimi qizginani.

IIB ichkarisida so‘roq qilinaëtgan odamning ahvoli o‘ta og‘irlashib o‘ladigan bo‘sagina skoriy chaqiriladi. Shunday qoida bor Razzoqichning kontorasida.

Xullas, Shaxina Abdurazzoq (Shahzoda Bahranova) bannisada.
Obonchi xotin boshqa topshiriq bajarish uchun navbatdagi yo‘nalishga safarbar qilindi.

Go‘rda ë qamag‘da emas. Bannisada! Gip, gip ura. Manovini «xeppi end» deb oytsa bo‘ladi.

Ammo buni ëzishimiz bilan spetsslujba yugurdagi bo‘lgan telegram kanaldagi iplaslar igna yegan itday bo‘lib binnasalar deb ingillab chiqdi.

Ertasiga esa shoira, jurnalist, bloger, sportsmen, uch bola onasi va albatta sohibjamol vatandosh Shaxina Abdurazzoq (Shahzoda Bahranova)ning o‘zi chiqib «munisa» basharani ëqib, Madonna Litta qiëfasida bachasini qo‘ltiqlab, «IIBda ezg‘ilanmadim”, deya gapirdi. (Koshki ezg‘ilansaydim degan kayfiyat ko‘zlaridan pishqirib turardi)

«Buni qora kuchlar o‘zlariga moddiy manfaat uchun o‘ylab topishdi» deb turib qolgan qismini diniy klerikal qarg‘ish portsiyasi bilan tugatdi.

«Arqaga qarab siyish» deyiladi bu.

Ammo bu holatniing videoda ko‘rinmagan qismini men bilaman-ku.

O‘sha yerdagi operativniklardan olaman-ku bilgilarni.

Asirga olingan odamning peshanasiga pistolet qaratilib turganda aytgan gapi inobatga olinmaydi.

Agar kimnidir yaqini asirga olinsa va shu asirga olingan talabi bilan binnasa desa buyam e'tiborga olinmaydi.

Eslaringda bo‘lsa bu shovvozlar ashlachi Jahongir Otajonovni otasi va onasini garovga olib, «oq qildirish» tiëtrini qo‘ygan edi.

Shu o‘rinda ëshligida oktyabryat va pioner bo‘lgan¸ savodi haminqadar bir ayag‘i go‘rda momoy va boboylarning oq qilgani nimayu ko‘k qilgani nima?

Boboy ëki momoyga oq qilsang osmon, ko‘k qilsang katta ko‘cha. “Idi na**uy” deyilsa shariatga muofiq bo‘ladi.

Yaqinda bitta bilgich qizni «Surishtiruv jurnalistkasi» bo‘yicha professional treningga taklif qiluvdim.

Keyin bu qizgina sag‘al o‘tib «Men treninga borsam, meni qomab qo‘yishsa bolamdi kim emizadi?» dedi.

Menimcha, anavi idora xodmigirlari qo‘rqitgan bu qizginani.

Endi ëzganlarimni DXXdagilar tushunmaydi. Chunki ular o‘qimagan. Harf tanimaydi.

Shu eski arzon siyqa tiëtirlarini bir amallab yasab rahbarlar ko‘zini shamg‘alat qilib oylikdi olsa bo‘ldi.

«Qora kuchlar» haqidagi cho‘pchak ortidan oylik oladigan demodalar bilmaydiki zamon, vaqt va texnologiya o‘zgardi.
Ular nima degani, nima qilgani haqidagi butun va to‘la informatsiyalar menda bor.

Behbudiy davrida ham shunaqa dilemma bor edi. Odamlar savodsiz bo‘lgani bois ëzilgan maqolalarni o‘qiy olmasdi.

Shunda Behbudiy «Tiëtr qilib ko‘rsatishga» qaror qilgandi.

Men bo‘lsam rasm qilib chizib ko‘rsataman. Mana.!!

Tag‘in o‘qing
10 january 2026
2026 yilning ilk oyida Eron so‘nggi o‘n yilliklardagi eng jiddiy ichki inqirozni boshdan kechirmoqda.  Dastlab inflyatsiya darajasi keskin ko‘tarilib ...
26 april 2016
Dori darmon muammosi O‘zbekistonda ayniqsa aholiining eng davolanishga ko‘proq muhtoj va ijtimoiy nochor qatlami qariyalar uchun hayot momot masalasi ...
26 april 2016
Bank mas'ulining aytishicha, ayni paytda «O‘zsanoatqurilishbank» tomonidan berilgan bank plastik kartochkalari soni 1 milliondan oshib ketgan. «Plastik kartochkalar naqd ...
12 may 2024
Ko‘rib turganingiz kartina kim oshdi onlayn auktsionda 100 ming so‘mga sotuvga qo‘yilgan edi. Auktsiondan maqsad “Sen kuchlisan” loyihasi doirasida ...
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...