Catira
12 november 2025

Poraxo‘rning begonasi bo‘lmaydi

Sizlarga poraxo‘rlikning eng jirkanch uslubini aytaymi?! Deylik, Matqovul Respublikadagi qaysidir kattakonga 100 ming dollar pul uzatib, 1000 tizimni o‘z ichiga olgan hokimiyat yoki boshqarmaga boshliq bo‘lishi mumkin. To‘g‘rimi?! 100 ming dollar bilan albatta masalani hal qiladigan o‘sha teppadagi soyabon okaxon topiladi. Garantiya beradi. Natijada Matqovul o‘sha lavozimga o‘tiradi. 

Matqovul o‘zini islohotchi va Prezident komandasidan ekanligini, uni ortida administratsiya turishini gap orasida aytib o‘tadi. Tizim tashkilotlar hayron. 

Matqovul «hammang bo‘shash haqida ariza yozasan! Tizimga loyiq ekanligingni isbotlaysan. Hammang o‘z ishingda vaqtincha vazifasini bajaruvchi bo‘lasan! Uch oy muddatda kim qolish yoki qolmasligi hurmatli Prezidentimizning talablari doirasida ko‘rib chiqiladi! Gap tamom» – deb majlisdan qovog‘ini solib chiqib ketadi. 

O‘sha mingtadan ko‘plari bu jirkanch sistemani tushunadi, Prezidenting talabiga ham, Matqovul sani gapingga ham, bunaqa ishlarni ko‘pini ko‘rganmiz! – deb miyig‘ida kuladi. 

O‘sha kundan boshlab Matqovul o‘zini band ko‘rsatishni boshlaydi. Go‘yoki Administratsiya bilan gaplashayotgandek xonasidan hammani chiqaradimiey, o‘zi telefonni ko‘rsatib majlisdan chiqadi, teppadan deb imo ishora qiladimiey… 

Ozroq vaqt o‘tgach ariza yozganlar Matqovul kim bilan yaxshi munosabatda, o‘zi bilan qaysi pul yutgich nusxani olib kelganini aniqlaydi. Demak Matqovulning ishongan odami bu Putqovul ekani ma'lum bo‘ladi. 

Ariza yozganlar uchun o‘z lavozimida qolish stavkasi 6000 dollar! 5000 Matqovulga, 1000 Putqovulga! 

Shunday qilib 100000 dollar rasxod qilgan Matqovul uch oy davomida 6 million dollar ishlab oladi. 

Ariza yozganlarni 200 tasi ishdan pul bermagani uchun ketadi. Uning o‘rniga 10 mingga boshqa haridor paydo bo‘ladi. U ham Matqovul va Putqovul cho‘ntagiga ketadi. 

Uy-joyini sotib arang 100 ming dollar pul to‘plab bu jirkanch ishni qilgan Matqovul endi dollar millioneri! Endi million dollar tikadi va vazir bo‘ladi. Undan keyin dollar hisobida milliarder! 

Qaerda majburiy ariza, tushuntirish xatlari yozish avj olgan bo‘lsa, demak pulyutgich ishga tushgan. 

Mardon Aslonov

Tag‘in o‘qing
16 december 2025
Tadbirkorlarga jarima tayinlaydigan soliq serverlari shu kecha-kunduzda ishdan chiqdi. Natijada,  hisobotlarni jo‘natishda qiyinchiliklar yuzaga keldi.   «My.soliq.uz tizimida ishlovchi ...
28 november 2017
Shu yilning 23 noyabridan O‘zbekiston qamoqxonalarida «o‘z tovarlari (xizmatlari), shuningdek, boshqa qonuniy manbalarini ijaraga berish»ga ruxsat etiladi. Vazirlar Mahkamasining ...
11 december 2020
Qo‘shiqchi Jahongir Otajonov 10 dekabr kuni instagram sahifasida musiqa bilan shug‘ullanmaslini bildirdi: “O‘zim yaxshi ko‘rgan, meni shuncha darajaga yetkazgan ...
23 december 2016
Farg‘ona viloyat hokimining tumanlarda o‘tkazayotgan majlislarda chiroq o‘chib qolib, majlis ahli lampa chiroq, qo‘l fonarlarini yoqishga majbur bo‘lishmoqda. Tumanlarning ...
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...