Catira
18 december 2025

Alisher Ilhomov: Putin do‘ppisini osmonga otsin

Komiljon ismli tojik bolani o‘ldirgan Timofey 9 sinfda o‘qir va 14 yoshda edi. U o‘ldirishni rejalagan qurbonini aynan milliy mansubligiga qarab tanladi. Bu qotillik ko‘pchilikni shok holatiga tushirdi. Lekin hayron qolishga hojat yo‘q, chunki bu Rossiya «zombi qutisi»dan (TV) tinimsiz oqib kelayotgan rashistik propaganda va natsizm ruhdagi miyani yuvish natijasidir.

Putin mamnun bo‘lishi kerak, chunki bu uning siyosati mevasidir. Unga aynan shundaylar kerak va u aynan shunday manqurtlarni tarbiyalab yetishtirishni ko‘zlagan edi. Tan olishimiz kerak — u o‘z maqsadiga erishdi.

Yagona istisno shundaki: Putin bu kabi «timofeylar» aynan prezident barmog‘i bilan ko‘rsatgan odamlarni o‘ldirishini afzal ko‘rgan bo‘lardi. Bu zombi esa biroz shoshilib qo‘ydi. Ammo, katta ehtimol bilan, u yagona «zombilashgan» bola emas va biz hali pul uchun emas, balki o‘z qarashlari va mafkurasi uchun odam o‘ldiradigan yangi «Z-avlod» vakillarini yana ko‘p ko‘ramiz.

Timofeyning taqdiri nima bo‘ladi? Uni, katta ehtimolda, aybdor deb topishadi, lekin voyaga yetmagani sababli qamoqqa tiqishmaydi. 3-4 yildan keyin esa uni navbatdagi SVOda (Ukrainaga qarshi urushda. tahr.) ishtirok etish uchun qurolli kuchlar safiga taklif qilishadi.  Frontda bu zombi o‘zi uchun hech qanday salbiy oqibatlarsiz, katta miqyosda odam o‘ldirish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Qancha ko‘p o‘ldirsa, shuncha ko‘p mukofot, jumladan «qahramonlik» yulduzini

Tag‘in o‘qing
18 december 2018
Xalq ta'limi vaziri Sherzod Shermatov joylardagi o‘z qo‘l ostidagi rahbarlarga xat yo‘llab, bir necha talablarni qo‘ydi. Xususan, vazir xalq ...
10 october 2023
Rossiya qamog‘idan jo‘natilgan videoda 25 yashar toshkentlik yigit Shahzod Yusupov Rossiya federal politsiyasi xodimlari unga tuhmat qilib, mashinasiga narkotik ...
23 november 2016
2016 yil 19 noyabr O‘zbekistonlik mustaqil jurnalist Jamshid Karimov 2012 yil yanvaridan beri shu kungacha Samarqanddagi psixiatriya kasalxonasida majburan ...
5 february 2018
O‘zbekiston parlamentining ikki deputati Vazirlar Mahkamasining yuridik shaxslar avtomobillari haydovchilarining aynan «Avtotest-Report» MChJ malaka kurslarida o‘qib, majburiy sertifikat olishi ...
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...