Catira
25 december 2025

Namangan inkassatsiya boshqarmasidagi tanish-bilishchilik

Namangan viloyati inkassatsiya boshqarmasida ishga qabul qilish jarayonlarida qonunbuzarlik va tanish-bilishchilik holatlari mavjudligi aytilmoqda.

Fuqarolarning bildirishicha, boshqarma boshlig‘i X. Asrorov tomonidan asosan o‘z qarindoshlari, yaqin tanishlari hamda Yangiqo‘rg‘on tumani fuqarolari ishga olinmoqda. Bo‘sh ish o‘rinlari rasmiy ravishda e'lon qilinmasdan, yopiq tarzda to‘ldirilayotgani qayd etilgan.

Shuningdek, amaldagi nizomda belgilangan yosh cheklovlari va harbiy xizmat bo‘yicha talablar oddiy fuqarolarga qat'iy qo‘llanilgan holda, rahbariyatga yaqin shaxslarga nisbatan qo‘llanilmayotgani aytilmoqda. 

Ayrim holatlarda intizom buzgan xodimlarga chora ko‘rilmagan, oddiy xodimlar esa qattiq jazolangan.

Mazkur holatlar sababli 150 nafardan ortiq yosh fuqarolarning ishga joylashish huquqi buzilayotgani ta'kidlanmoqda. 

Fuqarolar mas'ul idoralardan ushbu holatlar yuzasidan chuqur va xolis tekshiruv o‘tkazilishini so‘ramoqda.

Tag‘in o‘qing
23 february 2017
Ikki oy avval Sog‘liqni saqlash vazir bo‘lgan Adham Ikromov ishdan olinib, o‘rniga Oliy majlis qonunchilik palatasi qo‘mita raisi Alisher ...
6 october 2016
Ayni kunlarda 4 dekabrda bo‘lib o‘tadigan O‘zbekiston prezidenti sayloviga ishtirok etishi kutilayotgan nomzodlar uchun saylovchilar imzosini to‘plash jarayoni bormoqda. ...
26 november 2020
Bloger Nozim Safari: «AOKA «Gazeta.o‘z»ga ham koronavirus bo‘yicha ma'lumotlar taqqoslangan maqolalar uchun ogohlantirish jo‘natibti. AOKA asl qiyofasini namoyon eta ...
4 july 2016
Farg‘ona viloyati o‘qituvchi va shifokorlari paxta ko‘sagiga tushgan qurtlarni dalalarda qo‘lda terishmoqda. Ularning bu safar dalaga chiqarilishi AQSh Davlat ...
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...