Catira
2 august 2018

Fantastika: O‘zbek hojilari shayton ramzi sifatida Karimov haykaliga tosh otdi

Albatta, bu Tuz degan rassomning xaël mahsuli, xolos.

Aslida o‘zbekistonlik hojilarning shaytonga tosh otgani mana bunday kechdi.

Shu yil 24 sentyabr o‘zbek hojilari Muzdalifadan Minoga qaytib keldilar va shaytonga tosh otish uchun Jamarot maydoniga yo‘l oldilar.

Yo‘llarda goh talbiya, goh takbir aytib yurishdi. Hojilarimiz hayitning birinchi kuni Jamarot maydonidagi ramziy katta shaytonga 7 ta tosh otdilar.

Hayitning ikkinchi va uchinchi kunlari hojilarimiz kichik, o‘rtacha va katta ramziy shaytonga 7 tadan jami 42 ta tosh otdilar.

Shaytonga tosh otiladigan ustunlar uchta bo‘lib, (Ularning Karimov¸ Inoyatov va Mirziëevni tamsil qilgani haqidagi gaplar noto‘g‘ri) ziyoratchilar hayitning birinchi kuni birinchi va ikkinchi ustunlarga tosh otilmay o‘tib ketaverdilar.

Uchinchi ustunga borib, ya'ni katta ramziy shaytonga yuzlanib 7 ta tosh otishdi.

Har tosh otayotganda “Alloh buyukdir! Ey, Allohim, Rahmonning toati shaytonning xorligi uchun, Kitobingni tasdiqlab Payg‘ambaring sunnatiga ergashgan holda otaman”, deyishdi.

Darhaqiqat, Alloh buyuk O‘zbekiston zolimlari esa past va zabundir.

Rassom: Tuz,
eltuz.com,
2015 yil 27 oktyabr

Tag‘in o‘qing
10 march 2024
O‘zbekistonda bokiralikni tiklash amaliyoti o‘n yil oldin 150 dollar edi. Hozir qancha? Bugungi ko‘rsatuvimiz ko‘pchilikni qiziqtirgan ayni mavzuga bag‘ishlanadi. ...
4 november 2015
Qudrat Bobojon Eltuz.com Abdulaziz Karimning yangi “G‘arib og‘och” ashulasini tinglarkan qandaydir kayfiyat meni hech tark etmadi, na qo‘lim ishga ...
10 july 2017
6 iyul kuni prezident Shavkat Mirziyoevning mamlakat sud-huquq tizimini keskin tanqid qilishi ortidan O‘zbekiston sudyalari xalqqa murojaat bilan chiqdi. ...
13 november 2018
O‘zbekistonda shu yilning 16 noyabridan elektr narxi 44,79 foiz oshirildi. Bu haqda xabar bergan «O‘zbekenergo» aktsionerlik jamiyati rasmiy saytiga ...
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...