Asosiy mavzular
4 august 2018

Vandalizmmi yoki oddiy plagiat?

Navoiy teatrining yaponlashtirilishi, aslida xiyobonlarning chopib yo‘q qilinishi, devoriy san'at asarlarini o‘chirib, ustiga fotooboy qoplash, tarixiy yodgorliklar o‘rni, shakli shamoyilini o‘zgartirish, masjidlarga bolalar va diniy libosdagi (?) odamlarning qo‘yilmasligi, hijobni va qizlarning shimda yurishiniyu to‘ylarda valsga tushishini taqiqlash kabi bir-biridan g‘alati voqealar oldida arzimasday tuyulishi mumkin, biroq jiddiy tashxisga muhtoj.

Gap Toshkentdagi so‘nggi o‘zgarish – Navoiy nomidagi akademik teatr binosi lavhasidan uning me'mori nomining olib tashlanishi haqida ketyapti. Bundan buyon teatr uning bosh me'mori Aleksey Shusev tomonidan emas, balki “yuzlab yapon fuqarolari” tomonidan barpo etilgan hisoblanadi.

Teatr binosining 1947 yili taniqli me'mor Aleksey Shusev loyihasi va rahbarligida qurilgani hammaga ma'lum.

Har holda opera teatri binosi qurilishi to‘g‘risida Vikipediyada bundan boshqa ma'lumot qoldirilmagan. Qurilishda qancha mahbus, harbiy asiru mardikor ishlagani, ularning millati tarixchilar uchun bahsli bir mavzu.

Biroq qaysidir yapon delegatsiyasi kelishi oldidan lavha o‘zgardi. Endilikda bu teatr binosi mualliflari “Uzoq Sharqdan deportatsiya qilingan yuzlab yapon fuqarolari” bo‘lib chiqyapti.

Tarixni qo‘lining uchi bilan o‘zgartirishga o‘rganib qolgan Karimovning “bu mo‘'jizasi” aslida navbatdagi ahmoqona vandalizmning bir ko‘rinishi, xolos.

Tarixda shunday millat o‘tgan. Ularni vandallar deb atashgan. Bu nom ularga 455 yilning iyunida Rimni ishg‘ol qilishgan payti noyob san'at asarlarni ko‘p miqdorda o‘marganlari uchun berilgan.

Biroq ular bu osori-atiqalar va mualliflar nomini o‘zgartirishmagan, sotish uchun avaylab shahardan olib chiqib ketishgan. Kelajak avlodlarga ular butunligicha yetib kelganu, ularning qilmishi tarixda “vandalizm” degan badbaxt nom bilan qolgan.

Ulardan farqli o‘laroq, turli davr vandallari o‘z ahmoqliklari bilan nafaqat tarixiy obidalaru artefaktlarni, balki butun boshli shaharlarni yo‘q qilishgan.

Bordiyu buni oddiy plagiat deb atasak, me'moriy asar muallifligi yuzlab nomsiz yapon gastarbayterlariga berilishidan O‘zbekiston hukumati qanday manfaat ko‘rishiga to‘g‘risi aqlim yetmaydi.

Qudrat Bobojon
Eltuz.com, 2015 yil, 30 oktyabr

Tag‘in o‘qing
25 february 2019
«O‘tgan ikki yil mobaynida O‘zbekiston siyosiy elitasining tashqi ko‘rinishi o‘zgardi. Elita avvalgidan ochiqroq, aholi bilan yangi aloqalar o‘rnatishga tayyor, ...
15 february 2018
Xalqaro mehnat tashkilotining O‘zbekistonda 2017 yilgi paxta terimi mavsumiga oid e'lon qilingan hisobotidan kelib chiqadigan xulosalarni o‘qib, xuddi shunday ...
1 august 2025
Islom shariatiga ko‘ra¸ yettinchi amiral mo‘min xalifa Sulaymon ibn Abdul Malik (674—717)hukmi bilan 715 yilda Qutayba nayza sanchib o‘ldirilib ...
25 january 2026
Turkiyaning Istanbul shahrida O‘zbekiston fuqarosining boshi kesilgan jasadi topildi. Bu haqda mahalliy Sabah nashri xabar berdi. Ma'lum qilinishicha, Istanbul ...
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...