Asosiy mavzular
28 december 2019

Mirziyoev Rossiyada nimalarni gaplashmoqchi?

Kelayotgan yilning fevral oyida O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoevning Rossiyaga kutilayotgan tashrifi chog‘ida mamlakat uchun hayotiy masalalar muhokama qilinadi. 

Bu tashrif kun tartibidan O‘zbekistonning Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi (YeOII)ga a'zo bo‘lishi, Jizzaxda AES qurilishi, mamlakatning Kollektiv xavfsizlik shartnomasi tashkiloti (KXShT) bilan munosabatlari kabi o‘ta muhim masalalar o‘rin oladi. 

Bu kabi taxminlarni bildirgan siyosiy tahlilchi Qurbon Toshboevning “Eltuz”ga bildirishicha, mazkur tashrif O‘zbekistonning siyosiy-iqtisodiy kelajagini belgilab berishda o‘ta muhim ahamiyatga ega bo‘ladi. 

So‘nggi vaqtlarda eng ko‘p muhokama qilinayotgan mavzulardan biri O‘zbekistonning YeOIIga a'zoligi masalasidir.

Yuqori doiradagi rasmiylar, xususan, Senat raisi o‘rinbosari Sodiq Safoev bu a'zolikni yoqlab gapirgani ortidan mamlakatdagi mavjud partiyalar rahbarlari ham bir ovozdan buni qo‘llab-quvvatlash tarafdori ekanini  bildira boshladi. 

Bu masala, shuningdek, AES qurilishi o‘zbek muxolifatining qat'iy noroziligiga sabab bo‘ldi, ijtimoiy tarmoqlarda ham qarshilar ko‘pchilikni tashkil etmoqda. 

Aynan Sh.Mirziyoevning Rossiyaga tashrifi e'lon qilinishi barobarida hali ikki mamlakat Jizzaxda AES qurilishi borasida kelishuvga kelmagani haqida xabarlar paydo bo‘ldi. 

O‘zbekistonning KXShT bilan munosabatlari masalasi esa mamlakat bu tashkilotni tark etganidan buyon o‘zaro turli ziddiyatlarga sabab bo‘lib kelyapti.

Yaqinda Rossiya Xavfsizlik kengashi kotibi Nikolay Patrushev “Afg‘onistonda vaziyat yomonlashayotgani, “Islom davlati” guruhi jangarilari Markaziy Osiyoga bostirib kirish uchun mamlakat janubida kuch to‘playotgani” haqida bayonot bergan edi. 

Undan sal avvalroq KXShT bosh kotibi o‘rinbosari Petr Tixonovskiy ham Afg‘oniston yangi harbiy mojarolar hududi bo‘lishi tahdididan ogohlantirgandi. 

“Yuqorida tilga olingan holatlar Sh.Mirziyoevning Rossiyaga kutilayotgan tashrifida aynan shu masalalar muzokaralarning asosiy mavzusi bo‘lishiga ishora beradi”, deydi Q.Toshboev “Eltuz” bilan suhbatda. 

Uning so‘zlariga ko‘ra, YeOIIga a'zolik masalasida shu kungacha rasmiylar va ularning yo‘rig‘idan chiqmaydigan partiyalar rahbarlari aytgan fikrlar bu masala tashrif davomida yakuniy bosqichga kirishidan dalolat beradi.

“Hozir bayon etilayotgan siyosiy vektordan kelib chiqilsa, hukumat mazkur masalada bir qarorga kelgan ko‘rinadi. Ya'ni biz YeOIIga a'zolik sari ketyapmiz”, deydi tahlilchi. 

Q.Toshboevning ta'kidlashicha, AES qurilishi masalasida ham O‘zbekiston Rossiyaning katta bosimi ostida qolgan. 

“Avvalo, bu masalaning o‘zaro muzokaralar mavzusiga aylantirilishining o‘zi xato bo‘lgan edi,- dedi tahlilchi. – O‘zbekiston endi qiyin ahvolda qolgan. Bir tomondan, Rossiyaning katta bosimi. Ikkinchi tomondan, butun dunyo atom energetikasidan voz kechayotgan bir vaqtda O‘zbekistonning bu g‘avg‘oga aralashib, Rossiyaning uzoq muddatli ta'sir doirasiga tushishiga yo‘l ochildi”. 

Tahlilchining ta'kidlashicha, Afg‘onistondan kelayotgan tahdidni bo‘rttirish Markaziy Osiyo mamlakatlarini Rossiya ta'sirida ushlab turishga qaratilgan sa'y-harakatlarning bir qismidir.

“Har uchchala masalada O‘zbekiston Rossiya va G‘arb mamlakatlarining manfaatlari iskanjasida qolmoqda. Agar O‘zbekiston bu masalalarda Rossiya yo‘rig‘iga yuradigan bo‘lsa, G‘arbning investitsiyalari yo‘liga va qo‘llab-quvvatloviga o‘z qo‘li bilan to‘siq qo‘ygan bo‘ladi”, dedi tahlilchi Q.Toshboev “Eltuz” bilan suhbatda.

Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
23 november 2015
Bugun, 22 noyabr soat 10 da, Shved shahri Estersundda 1978 yilda tug‘ilgan O‘zbekiston fuqarosi Yuriy Jukovskiy ustidan sud boshlandi. ...
11 may 2017
Davr taqozosi bilan O‘zbekistonda sovchilik an'analari o‘zgarmoqda. Asta sekin o‘g‘illardan ham ko‘ra, qizlarga tuzukroq joylardan er qidirish, sovchi jo‘natish ...
11 september 2015
Agarda, muxokama qilgan bo‘lsa, nima uchun bu haqida ommaviy axborot agntlarida biror marta hamxabar qilinmagan? Bugungi kunda, yurtimizda SSSR ...
8 august 2019
“Eltuz” nashri sobiq siyosiy mahkum Muhammad Bekjon qamoqda yozgan “Qo‘rquvning nariyog‘ida” ikkinchi kitobi 12-qismi audioversiyasini taqdim etadi. Kitobning bu ...
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...