Asosiy mavzular
29 january 2020

«Abu Saxiy»ning yangi egasi ëng‘in chiqishini sabab qilib tujjorlarni do‘konidan ayirmoqchi

Sobiq “Abu Saxiy” bozoridagi do‘konlari buzilishidan norozi tadbirkorlar g‘alayoni ortidan bozorning yangi egasi “Tashkent Trade Center” xususiy korxonasi 27 yanvar kuni o‘zining telegram kanalida voqeaga izoh berdi.

“Tashkent Trade Center” izohiga ko‘ra, bozorning 1-blokida Favqulodda vaziyatlar vazirligi (FVV) va Toshkent shahri Yong‘in xavfsizligi boshqarmasi (YoXBB)ning «yong‘inga qarshi kamchiliklarni bartaraf qilish haqidagi xulosasi» asosida rekonstruktsiya ishlari amalga oshirilishi rejalashtirilgan.  

Rekonstruktsiya, ya'ni bozorning 1-blokidagi “konteyner do‘konlar” o‘rniga yangi do‘konlar qurish rejasi amalga oshgunga qadar do‘kondorlar ish faoliyatini vaqtincha to‘xtatishlari haqida rasman ogohlantirilgan.

Shuningdek, “Tashkent Trade Center” xususiy korxonasi do‘kon egalariga 2019 yilning dekabrida qurib bitkazilgan savdo majmuasining yerto‘la qismidan vaqtinchalik joy olishni taklif qilgan.

«Eltuz»ga kelib tushgan, bozordagi g‘alayon aks etgan videoda ayni talab va takliflar do‘kondorlarni g‘azabga keltirganini ko‘rish mumkin.

«Vazirlar Mahkamasining 16 noyabrdan kuchga kirgan qarori bor. Shu asosda tadbirkorning talabi ustuvor bo‘lishi kerak. Yerto‘ladan emas, mulk egasi xohlagan joydan berilishi kerak joy. Birinchi qavatni xohlayapsizlarmi, birinchi qavatdan berishlari kerak. Agar rozi bo‘lmasalaring kelishuv imzosi qo‘yilishi kerak emas», deydi videoda o‘zini mulk egalaridan biri deya tanishtirgan erkak.        

O‘tgan 2018 yilning 16 noyabrida Chilonzor tumani hokimligi vakillarining tadbirkorlar bilan uchrashuvida ham ayni norozilik bildirilgani haqida «Eltuz» maqola chop qilgan edi.

Ismini aytmagan, “Eltuz” suhbatlashgan do‘kon egalaridan bo‘lgan bir ayolning aytishicha, ko‘pchilik do‘kondorlar mulki olib qo‘yilishi haqida og‘zaki ogohlantirilgan.

Buning sababini bozor infratuzilmasi o‘zgartirilishi maqsadida do‘konlar buzilishi bilan izohlashgan. Biroq tortib olinadigan do‘kon o‘rniga na munosib tovon puli yoki yangi do‘konlardan birini berish haqida gap ketmayapti.

“Mening do‘konim maydoni 16 kvadrat metr Do‘konning mulk kadastr hujjatlari 2012 yilning aprelida nomimga rasmiylashtirilgan. Do‘konning bugungi kundagi narxi 100 ming dollarga yaqin bo‘ladi. Lekin gap tovon puli haqida yoki bozor o‘rnida quriladigan yangi do‘konlarning bizga berilishi haqida ketmayapti”, deydi savdogar ayol.

Norozilar, jumladan, investor bilan uchrashishni, mulk egaligi qonuniy hujjatlashtirilishini, bozor ma'muriyati, mulk egasi va investor o‘rtasida manfaatlar aks etgan uch tomonlama shartnoma tuzilishi talablarini ilgari surishmoqda.

Toshkentdagi “Abu-Saxiy” bozori va shu nomdagi kargo shirkatining O‘zbekiston birinchi prezidenti Islom Karimovning kuëvi Temur Tillaevga tegishli bo‘lgani aytiladi.

Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
6 august 2023
Jizzax viloyati Zarbdor tumanidagi “Zarbdor” gazetasining bosh muharriri G‘ulomjon Hamzaev Eltuzga maktub yo‘llab, mamlakat rahbariyatidan tuman hokimi Zafar Ro‘ziev ...
30 october 2025
O‘zbekiston teatr va kino san'atining ulug‘ namoyandasi, O‘zbekiston va SSSR Xalq artisti, «Fidokorona xizmatlari uchun» ordeni sohibi Yoqub Ahmedov 87 yoshida ...
18 september 2025
Dildora Hakimova ishi O‘zbekiston sudlov tizimidagi shafqatsizlik va tizimli nuqsonlarni ochib berib, milliy qonunlar va xalqaro inson huquqlari majburiyatlariga ...
21 october 2019
So‘nggi vaqtlardagi voqeliklar O‘zbekistonda diniy masalalar ustidan nazorat yana kuchayish sari yuz tutganidan darak bermoqda.  Zero, jamiyatda diniy erkinlikning ...
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...