Asosiy mavzular
13 january 2021

Korruptsionerlarga zarba beradigan qonunni qabul qilish ortga surilmoqda

2019 yil oktyabrda davlat xizmatchilarining daromadi va mulkini deklaratsiya qilish to‘g‘risidagi qonun loyihasi ishlab chiqilgani va 2020 yil boshidan amalga kiritilishi aytilganiga qaramay, bu muhim hujjatni qabul qilish hamon paysalga solinmoqda.

Faqat joriy yil 7 yanvarga kelibgina Korruptsiyaga qarshi kurashish agentligi mazkur qonun loyihasi ishlab chiqilganini e'lon qildi.

Bunday kechikish boisi nima? Nega uning yangi loyihasini ishlab chiqish kerak bo‘ldi? Buning sabablaridan biri qonunning birinchi loyihasiga ko‘p salbiy munosabatlar bildirilgani bo‘lishi ehtimoli yo‘q emas.

Birinchidan, deklaratsiya topshirishi kerak bo‘lgan mansabdor shaxslar ro‘yxatiga prezident va bosh vazir, shuningdek, parlament deputatlari, sudyalar, huquqni muhofaza qilish idoralari rahbarlari kiritilmagan. 

Bundan kelib chiqyaptiki, ular qonundan tashqarida va yuqorida turishlari kerak. Axir katta miqyosdagi korruptsiya aksariyat hollarda ular va ularning oila a'zolari tomonidan sodir etiladi-ku. 

Ikkinchidan, qonunning ilk loyihasida taqdim etilgan deklaratsiyalar jamoatchilikka ko‘rsatilmasligi ehtimol tutilgan. “Deklaratsiyada qayd etilgan ma'lumotlar maxfiy hisoblanadi va ular himoya qilinishi kerak”, deyilgan. 

Bu o‘taketgan bema'nilik va xalqaro amaliyotga zid. Sobiq SSSRning g‘arbiy qismida, masalan, Ukraina, Moldova, Gruziya va hatto Rossiyada majburiy deklaratsiyalash to‘g‘risidagi qonunlar ancha avval qabul qilingan va ular tegishli davlat idoralari veb-saytlarida to‘liq e'lon qilinadi. 

Bu esa jamiyat, ayniqsa, jurnalistlar va nodavlat tashkilotlarga vaziyatning haqiqiy holatini taqdim etilgan deklaratsiyalar bilan tasdiqlash imkoniyatini beradi. 

Chindan ham, mansabdor shaxslarga xos korruptsiyasining bevosita ko‘rsatkichi bo‘lgan deklaratsiyada qayd qilinmagan daromad va mol-mulk borasida ko‘plab jurnalistik tekshiruvlar o‘tkazilgan va korruptsionerlar fosh etilgan.

Ukrainada esa korruptsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha nodavlat-notijorat tashkilot mavjud bo‘lib, u ana shunday deklaratsiyalar asosida davlat xizmatchilari daromadlari va mol-mulklariga oid onlayn ma'lumotlar bazasini ukrain va hatto ingliz tillarida berib boradi. Bu xorijiy banklarga ushbu shaxslarning operatsiyalari va o‘tkazilgan summalarning kelib chiqishini tekshirishga imkon beradi.

O‘zbekistonda bunday qonunning Korruptsiyaga qarshi kurashish agentligi taqdim etgan yangi loyihasi nimalarni va'da qilmoqda? Bittagina ijobiy nuqta bor: yangi loyihada prezident va bosh vazir ham deklaratsiya topshirishi shartligi belgilangan. 

Ammo xavfsizlik kuchlari va prokuratura organlarining yuqori lavozimli mulozimlari hamda deputatlar ham deklaratsiya topshiruvchilar ro‘yxatiga kiritiladimi, ularning deklaratsiyalarijamoatchilikka to‘liq taqdim etiladimi yoki yo‘qmi, degan savolga aniq javob mavjud emas. 

Agar yo‘q bo‘lsa, unda ushbu loyiha ham jiddiy kamchiliklarga ega. Uning ochiq muhokamaga qo‘yilmagani sababli yuzaga kelayotgan ko‘plab savollarga oydinlik kiritish ayni damda imkonsiz bo‘lib qolmoqda.

Shu ma'noda, davlat organlarining shaffofligi va hisobdorligini oshirishi kerak bo‘lgan qonunni qabul qilish amaliyotining o‘zi ham shaffoflik printsiplarini buzgan holda, maxfiylik muhitida tayyorlanmoqda. Bu Korruptsiyaga qarshi kurashish agentligining endigina shakllanayotgan obro‘siga soya solmoqda.

Ushbu qonun qachon qabul qilinishi va kuchga kirishi ham aniq emas. Uning loyihalardagi hiyla-nayranglar uzoq vaqt davom etishi va hukumat shunchaki xalqaro kuzatuvchilarni, xususan, Shveytsariya rasmiylarini laqillatayotgan bo‘lishi haqida jiddiy gumonlar mavjud. 

Axir aynan ular Gulnora Karimovaning mol-mulkini O‘zbekistonga o‘tkazib berish uchun, avvalo, bu aktivlar yuqori martabali vijdonsiz amaldorlar, ularning qizlari va kuyovlari tomonidan yana talon-taroj qilinmasligiga ishonch hosil qilishlari kerak.

Londondagi Sharq va Afrika tadqiqotlari instituti tahlilchisi Alisher Ilhomov feycbuk sahifasidagi sharhi.

Tag‘in o‘qing
28 october 2020
Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on Frantsiya mollarini boykot qilishga chaqirdi. Tushundik. Xitoy mollariga boykot qilsak qandoq bo‘lar ekan, rais? ...
12 january 2026
Qo‘qon shahridagi Istiqbol mahallasida gaz o‘chdi. 10 kundan beri o‘choqda qaynayotgan granit qozon qorayib ketdi. Mahalla ahlining ta'kidlashicha, xonadonlarga ...
18 february 2021
Manqurt «doda»lar rusga sotqinlik evaziga berilgan yuksak lavozim, lyuks mashina va uylarni xayol qilayotgan zamonlarda biz mazlum xalqimizning paxta ...
23 november 2025
“Shovot-Toshhovuz” qo‘shma chegaraoldi savdo zonasinining turkman qismi 23 noyabr kuni ochildi. (O‘zbekiston qismi bir haftadan beri ishlab turgan edi.) ...
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...