Adolatni Uchqo‘rg‘ondan ko‘rsatgan sud tizimi 4-qism
O‘zbekistondagi sud tizimi nega reforma qilinishi kerakligi haqida boshlab qo‘ygan mavzuni davom ettiramiz. Videolavhaning birinchi qismi havolasi tasvir ostidagi birinchi komentda.
Hikoyamiz qaxramoni ustidan o‘tkazilgan sud tergov jaraënidagi xatolarni sanashda davom etaman.
Prokuratura tergovchisi tomonidan O‘R JPK 82-moddasida belgilangan talablarga amal qilinmagan.
Ishni ayblov xulosasi bilan sudga yuborish uchun quyidagilar isbotlanmagan:
Parda ortidagi odam
Garchand, u tergov va sudda guvoh tariqasida so‘roq qilingan bo‘lsada, aslida mazkur ishni “buyurtmachi”si bo‘lganligi, o‘zi parda ortida turib, tergov jarayonidagi barcha holatlarni muvofiqlashtirib turganligi tasdiqlanmoqda.
Tergov organi tomonidan o‘zlashtirilgan deb baholanayotgan mulklar qachon (aniq sanasi va muddati), kim (lar) tomonidan olib chiqib ketilganligi faqat shaxslarning ko‘rsatuvlariga asoslanib, baholagan. Bu holatni tasdiqlovchi boshqa holis dalillar to‘planmagan;
Ayblov xulosada qayd etilgan summani aynan T.Shamshiddinov tomonidan o‘zlashtirilganligi faqat va faqat taxminga asoslangan xulosa.
T.Shamshiddinovni jinoyat sodir etishga nisbatan to‘g‘ri qasdi ham, egri qasdi ham bo‘lmagan.
Sudlanuvchining shaxsini tavsiflovchi holatlar mutloqo o‘rganilmagan.
O‘R JK 29-moddasiga ko‘ra ikki yoki undan ortiq shaxsning oldindan til biriktirib jinoyat sodir etilishida ishtirok qilishi murakkab ishtirokchilik deb topiladi.
Prokuratura tergovchisi javobgarlikka tortayotgan shaxslarning harakatlariga baxo berishda mazkur qonun talablariga amal qilmagan.
Prokuratura tergovchisi qonun talabini ishda to‘plangan dalillar va hujjatlar asosida, ham qonuniy, ham nazariy jihatdan o‘rganib chiqmagan.
T.Shamshiddinov va Q.Shamshiddinovning jinoyat sodir etishga nisbatan ham to‘g‘ri, ham egri qasdi bo‘lmagan, ular mazkur holat bo‘yicha ayb e'lon qilingan ijtimoiy xavfli qilmish sodir etishni istashmagan.
Tergovchining xulosalari faqat taxminga asoslangan bo‘lib, dalillar bilan isbotlanmagan.
Sud muhokamasida esa bu holatlarga aniqlik kiritildi.
Jinoyat ishi doirasida o‘tkazilgan barcha taftishlar jinoyat-protsessual kodeksi hamda tadbirkorlik faoliyatini qonuniy manfaatlarini himoya qiluvchi normativ-huquqiy hujjatlar talablariga amal qilinmay o‘tkazilganligini taxlilimiz davomida aniqladik.
Jalaquduq sudi tadbirkorni qamoqdan ozod qilgandi
Jinoyat ishi dastlab Jalaquduq tumani jinoyat ishlari bo‘yicha sudida salkam 5 oy davomida sinchkovlik bilan, har tomonlama ko‘rib chiqildi va 2023-yil 3-oktyabrda hukm chiqarildi.
Sud hukmiga ko‘ra, Shamshiddinov Toxirjon Turgunpulatovichga sud zalidan darhol qamoqdan ozod qilingan.
Shuningdek, tergovchi tomonidan qonunlarga zid ravishda hatlangan, jinoiy javobgarlikka tortilmagan shaxslarning mol-mulki va tadbirkorlik sub'ektlari o‘z egalariga qaytarilgan.
Viloyat prokurori nega norozi?
Ish Andijon viloyat prokurorining o‘rinbosari tomonidan sud hukmining T.Shamshiddinovga oid qismidan norozi bo‘lib keltirilgan protest asosida Andijon viloyat sudi jinoyat ishlari bo‘yicha sudlov hay'ati apellyatsiya instantsiyasida ko‘rib chiqilib, 2024-yil 17-apreldagi ajrimga ko‘ra sud hukmining T.Shamshiddinovga oid qismi o‘zgarishsiz qoldirildi.
Va o‘z navbatida ayrim sudlanuvchilar va ularning advokat-himoyachilari tomonidan ham shikoyat berilgan.
Protsessual qonun talabiga ko‘ra ish taftish tartibida Andijon viloyat sudida ko‘rilishi shart edi.
JPK 393-moddasida belgilangan tartibga ko‘ra, ishni bir viloyat sudidan boshqa viloyat sudiga o‘tkazish uchun Oliy sud raisining qarori bilangina yo‘l qo‘yiladi.
Ish nima asosda Toshkentga ko‘chirildi?
Ish qonunga zid ravishda Toshkent shahar sudining jinoyat ishlari bo‘yicha sudlov hay'atiga o‘tkazildi.
JPK 515-moddasida belgilangan tartibga ko‘ra, ish shikoyatlarni rasmiylashtirish uchun hukmi chiqargan sudga, ya'ni Jalaquduq tuman sudiga qaytarilishi shart edi.
Biroq, taftish instantsiyasi qonunga zid ravishda, shikoyatlarni qonunda belgilangan tartibda rasmiylashtirmay, shoshma-shosharlik bilan ishni ko‘rishni boshladi.
Advokatlarga ko‘ra mahkama yakunida qonunga zid, asossiz va adolatsiz hukm chiqarildi.
Prokuror protesti, “fuqaroviy da'vogar” shikoyati bilan taftish instantsiyasining hukmini uyg‘unligi va noxolisligi shundan iboratki – protest va shikoyat faqat va faqat bir tomonlama, T.Shamshiddinov va “Namanganliklar”ning ahvoli og‘irlashtiruvchi tomonga o‘zgartirilib, ishning buyurtmachisi bo‘lgan Izzat Abduraxmanov va Aziz Ro‘zievning tarafdorlari bo‘lgan “Andijonlik” sudlanuvchilarga oid qismi o‘zgartirilmagan.
Maqola muallifi suhbatlashgan huquqshunosga ko‘ra ishni har tomonlama, amaldagi qonunlar asosida tahlil qilinsa bu ish Izzat Abduraxmanov va Aziz Ro‘zievning buyurtmasi asosida prokuratura idoralari tomonidan shakllantirilganligi aniq-ravshan ko‘rinib turibdi.
Yana bir isboti shundan iboratki, ish apellyatsiya tartibida ko‘rib chiqilgan kundan boshlab sud hukmi qonuniy kuchga kiradi va ijro ettiriladi.
Vaholanki, 2024-yil 17-aprelda qonuniy kuchga kirgan sud hukmining ayrim qismlari, ya'ni aynan noqonuniy hatlangan mol-mulklarni xatlovini bekor qilish qismi oradan salkam bir yil vaqt o‘tgan bo‘lsada Farg‘ona viloyat prokuraturasi tomonidan xatlov bekor qilinmay, qonunga zid ravishda taqiqda ushlab turilibdi
Demak, bu noqonuniy qo‘zg‘atilgan jinoyat ishini yakunidan faqat va faqat prokuratura idoralarining ayrim xodimlari manfaatdorligi hamda ularni Izzat Abduraxmanov va Aziz Ro‘zievning buyurtmasini bajarish uchun ular bilan oldindan til biriktirishganligi inkor etib bo‘lmas dalillar va holatlar bilan isbotlanmoqda.
Bu qissadan xissa nima?
1. T.Shamshiddinov, Q.Shamshiddinov va boshqalar jinoyat sodir etishmagan!
2. Ularning qilmishlari jinoyat hisoblanmaydi!
3. Mazkur jinoyat ishi O‘zR JPK 325-moddasining 2-qismiga zid ravishda qo‘zg‘atilgan!
4. Tadbirkorlik sub'ektlarida qonunlarga zid taftish o‘tkazilgan!
5. Sudlov hay'ati taftish instantsiyasining sudi 2024 yil noyabrga belgilangan va sudya bu ishni ko‘rib chiqishni istamagan¸ Sudya o‘z nomi qora bo‘lishini istamay bu “buyurtma ish” olishdan voz kechdi. Shundan so‘ng bu ishni “buyurtma ishlar piri” deya nomi chiqqan sudya Muso Yusupov ishni qo‘lga olib tadbirkorni qamash haqida hukm chiqaradi.
Demak sud aybsiz odam ustidan hukm o‘qigan. Qonunga ko‘ra nima qilish kerak?
1. Ish bo‘yicha oqlov hukmi chiqarib, reabilitatsiya etilsin!
2.. Qonunga zid olish qo‘yilgan ashyolarni va noqonuniy xatlangan mol-mulklarni o‘z egalariga qaytarilsin!
3. Jinoyat ishini qo‘zg‘atish va tergov harakatlarini o‘tkazishda qonun talablariga amal qilmagan prokuratura xodimlariga nisbatan hususiy ajrim chiqarib, tegishni mansabdor shaxslar e'tiborini dastlabki tergov harakatlari olib borishda yo‘l qo‘yilgan qonun buzilish holatlariga qaratish, yuqorida qayd etilgan
Prezident farmoni talabidan kelib chiqib, kerak bo‘lsa jinoiy javobgarlikka tortish lozim bo‘ladi.
Aslida boshida aytgan gapim. Tadbikorga adolatni Uchqo‘rg‘ondan ko‘rsatadigan buzuq sud tizimi reforma bo‘lishi kerak.
Przeident ta'birida “Stolbani qamaydigan” sud tizimi tarix axlatiga uloqtirilishi kerak.
Maqola ëzilib tugaganidan keyin taxririyat ixtiëriga yana qo‘shimcha ma'lumot kelib tushdi.
Bu qo‘shimcha ma'lumotdagi eng katta iddaolardan biri tadbirkorni qamatib mol mulkini boshqalarga olib berish amaliëtini Oliy sud raisi Baxtiër Islomov va unng o‘rinbosari Ikrom Muslimob koordinatsiya qilgan. Yana bir iddao esa yaqinda xarbiy sudda tor mor qilingan “OFIS” degan yarim kriminal uyushmaning uzun qo‘li. Bu iddaolar rost ëki ëlg‘onligi borasida mutassaddialrdan izox kutamiz va “qo‘shimcha ma'lumot”ni o‘zgarishsiz qanday bo‘lsa shundayligicha sizga taqdim qilamiz.
“Fargona viloyat prokuraturasining Uyushgan jinoyatchilik va korruptsiyaga karshi kurash bulimi ish yurituvidagi 170002/2022-83AL sonli jinoyat ishi buyicha JK 167-modda 3-kismining a,v bandlari,184-moddasining 3-kismi,189-moddaning 1-kismi bilan T.T.Shamshiddinov va boshkalarga nisbatan ayblov chikarilan. Dastlabki tergov xulosalariga kura T.Shamshiddinov va boshkalar “Asaka-Yog” AJning 55 000 000 000 (ellik besh milliard) mulklarini o‘zlashtirganlikada ayblanib ish xujjatlari sudga takdim kilingan.
Mazkur jinoyat ishi dastlab, Andijon viloyati, Jalaquduq tumani jinoyat ishlari bo‘yicha sudida salkam 5 oy davomida sinchkovlik bilan urganilib, har tomonlama ko‘rib chiqildi va 2023-yil 3-oktyabrda hukm chiqarildi.
Sud hukmiga ko‘ra, Shamshiddinov Toxirjon Turgunpulatovich O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksi 167moddasi 2-qismining “a,v” bandlari, 184-moddasining 3-qismi, 189-moddasining 1-qismida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etilishida aybli deb topilib, unga ozodlikdan mahrum qilish bilan bog‘liq bo‘lmagan – jarima jazosi tayinlanib, sud zalidan darhol qamoqdan ozod qilingan.
Ish Andijon Viloyat prokurorining urinbosari tomonidan sud xukmining T.Shamshiddinovga oid kismidan norozi bulib,keltirilgan protesti asosida Andijon viloyat sudi sudlov xay'ati apellyatsiya instantsiyada kurib chikilib, 2024 yil 17- apreldagi ajrimiga kura sud xukmining T.Shamshiddinovga oid kismi uzgarishsiz koldirilib, boshka sudlanuvchilarga oid kismi kisman uzgartirilib konunga muvofiklashtirilgan xamda sudlanganlarning ayblovidan uyushgan gurux kvalifikatsiya belgisi chikarib tashlangan.
Birok, ish yuzasidan Prokuror protest va fukaroviy da'vogar A.Raxmonov va sudlanganlar taftish shikoyati keltirilgan.
Ish buyicha fukaroviy da'vogar A.Raxmonov tanishi “Ofis” dagi “ShUXRAT” ismli shaxsni nomidan I.MUSLIMOV bilan gaplashib, jinoyat ishini fukaroviy da'vogar A.Raxmonov foydasiga xal kilishni suragan.
Lekin, Andijon viloyat sudlari tomonidan, A.Raxmonov foydasiga karor kabul kilinmaganligi sababli, ish noma'lum sabablarga kura, Toshkent shaxar sudiga olib berilgan!!!
Eslatma : Jinoyat ishini bir viloyat sudidan boshka viloyat sudiga olib berish vakolati fakatgina OLIY sud raisiga tegishli xisoblanadi.
Vaxolanki,Andijon viloyat sudi tomonidan T.Shamshiddinov va boshkalarga ayblov xukmi chikarilgan.
Shundan sung, ishni no'malum sabablarga kura taraflardan kelib tushgan shikoyatlarni tulik tanishtirmasdan, nimagadir shoshma shosharlik bilan taftish tartibida kurib chikish uchun tayinlashga erishadi.
Ish Toshkent shaxar sudi sud'yalari tomonidan kurib chikilayotgan vaktda, Oliy sud raisi urinbosari bir necha marotaba
ishni kurayotgan sud'yalarni uz oldiga chakirib,ularga T.Shamshiddinov va boshkalarga oid jinoyat ishi Davlat xavfsiz xizmati nazoratida ekanligi, ishni Fukaroviy da'vogar A.Raxmonov foydasiga xal kilish kerakligi xakida tayinlaydi.
Toshkent shaxar sudi sud'yalari T.Shamshiddinov va boshkalarga kurilayotgan jinoyat ishi buyicha xar bir protsessdan keyin Oliy sud raisi urinbosari I.MUSLIMOV kabuliga kirib, xolat buyicha doklad kilib turishgan!
Shundan sung, ish yuzasidan sudlanuvchilarning ayblarini ogirlashtiradigan protest bulmagani sababli, T.Shamshiddinov va boshkalarni kasddan ayblash maksadida takroran protest kiritish buyicha Oliy sud raisi urinbosari
I.MUSLIMOV Respublika bosh prokuror urinbosaridan iltimos kiladi.
Uz navbatida, ish prokuratura organlarining buyurtmasi asosida ish kuzgatilganligi sababli Andijon viloyat prokuraturasiga kushimcha protest keltirilishini tayinlaydi!
T.Shamshiddinov va boshkalarga oid jinoyat ishi yuzasidan ish buyicha xukm chikarishdan oldin jinoyat ishiga protest kushiladi.
Birok, mazkur protestni sudlanganlar va ularning ximoyachilari tomonidan tanishtirilmasdan,asossiz ravishda ishga
protest kushib, T.Shamshiddinov va boshkalarga dastlabki tergov organi tomonidan ilgari surilgan ayblovni kuyishga erishadi.
E'tiborli jixati shuki, T.Shamshiddinov va boshkalar uyuushgan gurux belgisi sifatida ayblashib, juda kup mikdorda moddiy zarar qoplanmagan bulsa-da, ish yuzasidan ommaviy ravishda e'tirozlar bulmasligi uchun barcha sudlanuvchilarga ozodlikdan maxrum qilish bilan bog‘liq bulmagan jazo tayinlashga erishadi.
Faqatgina uyushgan gurux raxbari deya e'tirof etilayotgan T.Shamshiddinov qamoqqa olinishi ko‘rsatib o‘tiladi.
Bu “OFIS” tashkilotiga yaqin shaxslar Oliy Sud mansabdor shaxslari orasida bor degan gaplar xam bejizga tarqalmaganligining yaqqol dalilidir deydi voqeaga yaqin manba.
Agarda, mazkur ish yuzasidan tegishli tartibda xizmat tekshiruvi o‘tkazilsa, taftish instantsiyasi tomonidan yo‘l qo‘yilgan qo‘pol qonun buzilish xolatlari aniqroq namoyon bo‘lar edi.
Shuningdek, Toshkent shahar sudi sud'yalari mazkur ish yuzasidan T.Shamshiddinov va boshkalarning ayblari yukligi haqida aytishlariga qaramay, Ikrom MUSLIMOV sud'yalarni Oliy Sud raisi Baxtiyor Islamov oldiga olib kiradi.
O‘z navbatida, Baxtiyor Islamov I.MUSLIMOV tomonidan to‘qib chikarilgan loflarga ishonib, Tokent shahar sudi sud'yalariga T.Shamshiddinov va boshkalarni ayblash yuzasidan o‘z topshirigini beradi.”
Matn parchasi tugadi. So‘z navbati iddao nishoni bo‘lgan mulozimlarda.
