«Hamkorlik-2025» – Ukraina charchatgan rus askarlari O‘zbekistonda
Dunyoda, Markaziy Osiyoda va O‘zbekistonda ro‘y berayotgan voqealar talqinini sizga yetkazishda davom etamiz. Voqealar eta har qachongidan qaynoq. Quyoshli Kaliforniyada zilzila, tropik tsiklonlar Osiyoni qamradi, Markaziy Osiyoda savdo tortishuvlari, Rossiya-Ukraina urushida keskinlik, O‘zbekistonda esa o‘ris askari «Hamkorlik 2025» mashg‘ulotlarida paytavasini quritmoqda — va Eltuz jamoasi bugungi daydjestimiz uchun xabarlarning eng muhimlarini tanladi. Bizni kuzatib boring va kanalga obuna bo‘lishni unutmang!
Tropik tsiklonlar butun Osiyoni qamrab oldi. 15 iyul kuni Filippin va Vetnamda «Glori» tsikloni kuchaydi. Bugunga kelib 500 ming kishi evakuatsiya qilindi. BMT Ofatni bartaraf etish uchun 50 mln dollar ajratilganini ma'lum qildi.
Yaponiyada suvdan hidrogen ishlab chiqaruvchi stantsiya ishga tushdi. Gidrogen ya'ni vodorod unsuridan tabiatga zarar keltirmaydigan yangi energiya manbai sifatida foydalanish mumkin. Mutaxassislar buni «Ekologiya tahdidiga qarshi yangi imoniyat!» Deya baholamoqda.
Frantsiyadagi parlament saylovida o‘ng partiya vakillarining qo‘li baland kelmoqda. 14 iyul xolatiga ko‘ra Le Penning «Millat ittifoqi» partiyasi 40% ovoz oldi. Makron koalitsiya hukumatini taklif qildi.
AQShda Teslaning «Robotaksi» avtomobillari Kaliforniya yo‘llariga chiqdi. Ilon Mask 2026 yilgacha 10 000 ta avtomashina ishlab chiqarishi haqida bayonot berdi.
Qozog‘istonda Shanxay hamkorlik tashkilotining iqtisodiy forumi boshlandi. Unda O‘zbekiston, Turkmaniston va Turkiya mintaqaviy energetika havfsizligi bitimi imzolandi. Bitim doirasida »Zarafshon-Turkiya» gaz tarmog‘i loyihasi qayta tiklanishi, savdo hajmi 5 foizga oshirilishi aytilmoqda!
Toshkentda INPS islohoti doirasida nafaqa badali va 2026 yildan pensiyalar miqdori 25 foizga oshirilishi belgilandi.
«Uzavtosanoat» GM bilan elektromobillar ishlab chiqarish uchun shirkat qurdi. Yangi zavod Andijonda ochiladi.
Urush xronikasi
Ukrainaning Xarkov shahri yana bosqinchi Rossiyaning raketa zarbalari ostida qoldi. Rossiya 14 15 iyul kunlari havo hujumlarini kuchaytirdi. Ukraina mudofaa kuchlari 12 raketadan 8 tasini yiqitganini bildirdi.
Ayni paytda Samarqandning Qumtepa poligoni va Termizning Tog‘ o‘rmon poligonida o‘tayotgan «Hamkorlik-2025» harbiy mashg‘ulotlari doirasida rus va xitoy harbiylari mingan Tank va BTRlar O‘zbekiston tabiiy qo‘riqxonalari changgini ko‘kka ko‘tarmoqda.
«O‘ris askari etigi tekkan yer biznikidir!» degan edi yaqinda Rossiyaning bosqinchi prezidenti Putin.
O‘ris askarlari Amudaryo va Zarafshon qirg‘oqlarida paytavasini quritayotgan bir paytda Shveytsariyada «Donbass tinchligi» uchun sammiti ochilishi haqida e'lon qilindi. Unda qabul qilinadigan shartlar Ukraina chegaralari butunligidir.
Qadrli do‘stlar, dunyo shiddat bilan o‘zgarib bormoqda. Biz esa bugun sizga eng muhim xabarlarni yetkazishga intildik. Xabarlarimizni yaqinlaringiz bilan ulashing, do‘stlaringizni «Eltuz«ga obuna qiling va qo‘ng‘iroq tugmasini bosing! Kelasi ko‘rsatuvimizda ko‘rishguncha, sog‘ bo‘ling.
