Oliy ta'lim zamministrlari ketdi, kimlar keladi?
2025 yil 9 sentyabr kuni Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligidagi barcha vazir o‘rinbosarlarining ishdan bo‘shatildi.
Shu kuni videoselektor yig‘ilishida Shavkat Mirziyoev vazirning birinchi o‘rinbosari Shohrux Daliev, shuningdek yana ikkita muovin Otabek Mahkamov va Sarvarxon Buzrukxonovlarning ishdan bo‘shatilganini ma'lum qildi. Hususan Shoxruh Daliev ishdan haydalguniga qadar Vazirlar mahkamasida fan va ta'lim masalalari bo‘yicha departament raxbari lavozimida ishlagan, Otabek Mahkamov esa Prezident administratsiyasining fan va ta'lim departamenti raxbari bo‘lgan.
Bu voqeaning ortidagi sabablarni, O‘zbekiston oliy ta'lim tizimidagi muammolarni va kelgusidagi istiqbollarni qisqacha tahlil qilishga harakat qilsak.
Prezident Shavkat Mirziyoev tomonidan O‘zbekistondagi oliy ta'lim tizimining ochiq tanqid qilinishi va yuqori lavozimli amaldorlarning ishdan bo‘shatilishi faqatgina kadrlar almashinuvi emas, balki butun bir tizimning inqirozi haqidagi ochiq signaldir. Prezident aynan shu tizimdagi amaldorlarning “islohotlar mohiyatini tushunmasligi”ni tanqid qildi. Demak, mamlakat prezidenti fikrlariga ko‘ra muammo rejalarning yo‘qligida emas, balki ularning amalga oshirilmayotganligidadir.
Tag‘in prezidentning e'tirofiga ko‘ra Maktabgacha va maktab ta'limida ahvol boshqacha. O‘tgan yillarda “qizil” maktablar – ya'ni o‘rtaxol maktablar soni 642 tadan 470 taga qisqardi. Yana 75 ta maktabda ahvol yaxshilandi. Prezident fikriga ko‘ra bu ijobiy natijalar ochiq va ko‘zga ko‘rinib turibdi. Xalqaro molyaviy institutlardan olingan 200 million dollar mablag‘ maktablar qurish, o‘qituvchilarning malakasini oshirish uchun sarflanmoqda.
Nega shu o‘zgarishlar oliy ta'limda ko‘rinmayapti? Nega uning natijalari aniq emas?
Bu muammolarning uchta sababini ajratamiz.
Birinchi sabab albatta – korruptsiya. O‘qishga kirish, imtihonlar, grantlar – bularning barchasida pora berish bilan bog‘liq holatlar mavjud. Ikkinchi sabab esa – byurokratiya. Hujjatlashtirish, rasmiyatchilik kup, ish kam. Uchinchi sabab – ta'lim dasturlari ishonchsiz. Oliy ta'lim dargohlaridan ko‘p hollarda savodsiz kadrlar yetishmoqda. Universitet bitiruvchilari ish beruvchilarning talablarga mutlaqo javob bera olishmaydi.
Kelajakda nima bo‘lishi mumkin? Yangi boshliqlar tayinlansa, ularga ko‘p ishonch va ko‘p mas'uliyat berilsa, Universitetlarga kengrok huquq berilsa hamma muammolar yechiladi degan naiv qarash bor.
Ehtimol shundaydir. Ayni paytda prezidentning fikrlaridan kelajakda muammolarni tugatish uchun keskin choralar ko‘rilishi, korruptsiyaga qarshi kurash yanada kuchaytirilishi kutilmoqda.
Xulosa o‘rnida shularni aytishimiz mumkin. O‘zbekiston Oliy ta'lim tizimidagi muammolar chuqur va yana ko‘p yillar davom etadi. Chunki ministrlikdagi amaldorlarni almashtirgan bilan, xali ular ochgan universitetlarda yetarli va savodli ministrlar yetishib chiqishi uchun ancha qovun pishig‘i bor. Ammo bugungi qarorlar shuni ko‘rsatadiki, hukumat bu sohada jiddiy o‘zgarishlar bo‘lishini istamoqda. Chunki ta'lim kelajakning poydevoridir. Eltuz Oliy ta'lim tizimidagi o‘zgarishlarni yoritishda davom etadi. Kanalimizga obuna bo‘ling, video yuzasidan izohlar qoldiring.
