ART-DURBIN
2 august 2025

Rahim Ahmedov – o‘zbek Gogeni va rassomlar vaziri

Taniqli o‘zbek rassomi Rahim Ahmedov tirik bo‘lganida 100 yoshga kirgan bo‘lar edi.

Rahim aka nafaqat ijodi balki turli qarashdagi rassomlarga yetakchi bo‘lib, bir ëqadan bosh chiqara olgan chapani rahbar sifatida ham esda qoldi.

Sovet O‘zbekistonida rassomlar vaziri bo‘lgan Rahim Ahmedov 26 yil mobaynida “Rashidov eshigini oëg‘i bilan tepib ochib”, rassomlar muammolarini hal qilib berdi.

O‘zbek rassomlari Rahim Ahmedovning mamlakat madaniy va marifiy dunësiga qo‘shgan hissasi haqida turli fikrda.

Ayni paaytda uning ërqin shaxsiyat ekani va ijodkorga sharoit yaratish borasida asosiy motor bo‘lgani borasida ziddiyatli fikrlar bor.

Сурхандарёлик қиз. 1959
Surxandaryolik qiz. 1959

Rahim aka rassomlarga bosh bo‘lgan davr Rashidov davri edi. Iqtisodiy barqarorlik hukm surgan mo‘l-ko‘l bir zamon edi.

Mamlakatda ko‘plab iddaoli va yaxshi ta'lim olgan rassomlar mo‘yqalamlarni bo‘ëqqa dadil botirib, mavjud quyushqonga zid tarzda matoga chaplagan zamon.

«Kolxozchi Merganov portreti», 110x120 sm., 1984 y.

Shafaqatsiz tsenzura yumshagan davrda rassomlar vaziri Rahim Ahmedov turfa qarashdagi va qarama-qarshi lagerdagi musavvirlar bilan murosaga borishga majbur edi.

Stalin davrida yetishgan Rahim Ahmedov umrining oxiriga qadar avtoritar boshqaruv uslubini saqlab qoldi. Buning oqibatida ko‘plab dushmanlar ham orttirdi.

Avtoritar harakterga ega bo‘lishiga qaramay, Rahim aka talantli odamlarni his qilar va ularning qadr – qimmatini joyiga qo‘yishga intilar edi.

Shunisi g‘alatiki, aynan sovet hukumatining turg‘un va mahdud yillarida o‘zbek rassomlari o‘zlarini bugungidan ko‘ra dadil, bugungidan ko‘ra to‘q his qilib qaddini tik tutishar edi.

O‘zbek rassomlari bugungidan farqli tarzda sovet davrining ta'minlangan, o‘ziga to‘q va jamoat hurmatiga noyil bo‘lgan o‘rta sinfini tamsil qilgan.

«Opa-singillar», 1958

Rahim aka davrida rassomlarga ustaxonalar qurib berildi. Ijodkorlarga kvartiralar berildi. Dam olish uylari, sanatoriy va oromgohlar rassomlar uchun eshigini lang ochgan davrlar edi.

O‘zbek Gogeni Rahim Ahmedov portret va natyurmortlar ustasi sifatida ot qozondi. Ammo u rangtasvirning barcha sohalarida birdek mohirona rasmlar chizar edi.

Rassomning Surxondarëga safarini frantsuz rassomi Pol Gogenning Taitiga qilgan safariga o‘xshatishadi.
Surxondarë turkumidagi asarlar koloriti nimasi bilandir Gogen asarlarini eslatadi.

«Yoz», 1960

Plastika va rangni his qilish, usta san'atkorgagina xos dadil rangtasvir uslubi, kolorit tiniqligi va liniyalar uyg‘unligi Rahim Ahmedovni O‘zbekiston tasviriy san'atining ulug‘ vakili bo‘lishiga omil bo‘ldi.

Akmal Rizaev,
o‘zbekistonlik muallif taxallusi
Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
24 july 2025
Bugun Shuhrat Bobojon tug‘ilgan kun. U nafaqat rassom, jurnalist, muxolifat faoli yoki yozuvchi, balki buyuk g‘oyalar asoschisidir. Uning tashabbusi ...
22 june 2020
Qoraqalpog‘istonning Mo‘ynoq tumanida 15 iyun kuni ochilgan “Oq kema” bolalar oromgohi O‘zbekiston kasaba uyushmalari federatsiyasi byudjeti, ya'ni ishchi-xizmatchilar kasaba ...
13 january 2020
11 yanvar kuni O‘zbekiston Bosh prokuraturasi hibsda saqlanayotgan Gulnora Karimovaning Shveytsariyadagi uyidan topilgan san'at ashyolari haqida bayonot berdi. Prokuraturaning ...
24 december 2015
Eltuz Mamadali Mahmudov bilan jurnalist Maloxat Eshonqulova qilgan videosuhbatning Ikkinchi qismini e'tiboringizga havola qiladi. Kecha 23 dekabr kuni Mamadali ...
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...