Vaqt mashinasi
24 december 2025

24 dekabr — Sovet armiyasi Afg‘onistonga kiritildi

1979 yil 24 dekabr kuni Sovet Ittifoqi qo‘shinlarining Afg‘onistonga kiritilishi XX asr oxiridagi eng og‘ir geosiyosiy qarorlardan biri bo‘ldi. Bu voqea Afg‘oniston taqdiri bilan birga butun SSSR kelajagini ham ag‘dar-to‘ntar qildi. 

1978 yilda Afg‘onistonda «Savr inqilobi» bo‘lib o‘tib, hokimiyatga Xalq-demokratik partiyasi keldi. Ammo partiya ichidagi bo‘linishlar, majburiy islohotlar va diniy-ana'naviy jamiyatning qarshiligi mamlakatni fuqarolar urushi jarligiga itarib yubordi. 

1979 yilga kelib prezident Hafizullo Amin o‘z ittifoqchilariga ham ishonmay qoldi. Kremlda esa Amin AQSh tomonga og‘ib ketishi mumkin, degan qo‘rquv kuchaydi.

Kremlda qabul qilingan maxfiy qaror

1979 yil dekabr oyi o‘rtasida KPSS Siyosiy byurosi rahbariyati – Brejnev, Andropov, Ustinov va Gromiko

maxfiy qaror qabul qilishdi. 

Bosqin uchun rasmiy bahona sifatida «do‘st Afg‘oniston hukumatining iltimosiga ko‘ra mamlakatda tinchlik o‘rnatishga yordam ko‘rsatish» edi.

Shu vaj bilan 24 dekabr kuni Sovet havo-desant bo‘linmalari Afg‘onistonga kiritila boshladi. Bir necha kundan so‘ng, 27 dekabrda Kobulda maxsus operatsiya o‘tkazilib, Hafizullo Amin hokimiyatdan ag‘darildi va o‘ldirildi. Uning o‘rniga Moskvaga sodiq Babrak Karmal olib kelindi.

10 yillik urushning boshlanishi

SSSR rahbariyati Afg‘onistondagi operatsiya qisqa muddatli bo‘ladi, deb o‘ylagan edi. Ukraina bosqini boshida ham uch kunda Kievni olamiz degan dag‘dag‘alar yangraganini eslang. 

Afg‘on urushi 10 yilga cho‘zildi.  Hech kimga kerakmas bo‘lgan bu urushda 15 mingdan ortiq sovet askari halok bo‘ldi, yuz minglab afg‘on tinch aholisi qurbon bo‘ldi va radikal islomiy guruhlar kuchaydi.

Bu urush Sovet iqtisodiyotiga ulkan zarba berdi, xalqaro maydonda SSSR obro‘si sariq chaqaga tushdi. AQSh, G‘arb davlatlari va SSSR o‘rtasidagi «sovuq urush» yangi bosqichga chiqdi.

Intiqoning ibtidosi

24 dekabr 1979 yilda boshlangan Afg‘oniston urushi Sovet Ittifoqi parchalanishiga olib borgan asosiy omillardan biri bo‘ldi. Afg‘onistonni tez fursatda ishg‘ol qilmoqchi bo‘lgan SSSR muqarrar fojtaga yuz tutdi.

Tag‘in o‘qing
20 april 2020
O‘zbekistonda koronavirus karantini 10 maygacha uzaytirildi. 19 aprel kungi holatga ko‘ra, O‘zbekistonda kamida 1565 kishida virus aniqlangan. 225 bemor ...
20 january 2016
Peterburgda istiqomat qiladigan o‘zbek muhojiriga ko‘ra, bu ikki fohishaxonada asosan o‘zbek qizlari ishlagan. Agar Piterdagi o‘zbeklardan Prosveщeniya ko‘chasi 33 ...
14 december 2025
Mashhur o‘zbek satira ustasi, aktyor Obid Asomov 2018 yilning 14 dekabr kuni Toshkent shahrida 55 yoshida olamdan o‘tdi. Karimov ...
16 january 2024
Qotil atr sotuvchilar haqidagi ovozli va tekstli xabarlar tarmoqni titratmoqda. Atirgulim atringni soch, go‘ringda go‘rkoving bo‘lay… Qotil odekolon! Kobra ...
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...