Video
25 october 2015

Solijon Abdurahmonov – uqubatli sakkiz yil

Bu yil mahkum do‘stimiz Solijon Abdurahmonov 65 yoshda. 10 oktyabr kuni esa uning turmaga tashlanganiga sakkiz yil bo‘ldi. 2008 yili uni jurnalistik faoliyati sabab o‘zbek rejimi tuhmat bilan qamoqqa olgan edi.

O‘tgan davr bu rejimning erkin ovozlarni bo‘g‘ishdan boshqa narsaga yaramasligini namoyish qildi.
2014 yilning 30 noyabri kuni esa Yoxann-Filipp Palma nomidagi nemis jamg‘armasi uni yuksak xalqaro mukofotga taqdim etdi.
Bu tantanali marosimda na Solijonning o‘zi, na da uning qarindoshlari ishtirok eta olishmadi.
Germaniyaning Shorndorf shahrida o‘tgan 2014 yil uchun So‘z va matbuot erkinligi mukofoti laureati bo‘larkan mukofotni uning hamkasbi bo‘laroq unga yetkazish uchun men qabul qilib oldim.
Bu mukofot men uchun ham, Solijonning boshqa safdoshlari uchun ham sharafli edi.

Qudrat Bobojon
Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
19 january 2023
Eltuzga hajviya ëzib berishim kerak. Ilxom parisi kemayapti. Sovuq bo‘lgani uchun qamotlari to‘ngib qolgan bo‘lsa kerak. Issiq guppini ustidan ...
9 april 2019
Toshkent shahri IIBB podpolkovnigi 38 yashar Umid Qurbonov poytaxtning Chilonzor tumani Muqimiy ko‘chasida 6 aprel kechasi bir ayolni mashinasida ...
17 august 2018
Bir kishilik kameraga tashlangan jurnalist Muhammad Bekjon mahbuslar bilan ventilyatsiya tuynugi orqali ilk bor «aloqaga chiqqan» kuni haqida hikoya ...
21 march 2017
Istanbulning Fotih mavzeida O‘zbekiston vatandoshi 43 yashar Mushtariy. K. Ismli aëlni bo‘g‘ib o‘ldirgan 26 yashar Nejati. F ismli yigit ...
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...