Video
8 april 2015

Vabo paytida bazmi jamshid – paradoksmi? Qonuniyat!

Toshkentla “Style.uz” san'at haftaligi o‘tmoqda – prezident to‘ng‘ich qizining dabdabali ermagi, ayni paytda esa paxta dalalarida bolalar o‘lmoqda, deya hikoya qiladi jurnalist Qudrat Bobojonov.

Gulnora Karimova yaqinda Instagram sotsial tarmog‘i orqali 1 oktyabr kuni amakivachchasi, onasi Tamara Sobirova bilan birga butun Farg‘ona vodiysini nazorat qilgan Akbarali Abdullaevning hibsga olinganidan hasrat qilgan edi.

Uning singlisi Lolaning topshirig‘i bilan O‘zbekistondagi internat va bolalar bog‘chalarini ta'mirlagani, keyin bu ishlar uning «Sen yolg‘iz emassan» jamg‘armasiga yozilgani va tantanali ochilish marosimlarida faqat uning o‘zi ishtirok etganini yozgan.

“Paradoksmi!? Qonuniyat!”, – deya yakunlaydi o‘z postini Gulnora Karimova.

Ha, Gulya haq. O‘zbekiston shunday, to‘g‘rirog‘i, uning otasi – diktator Karimov, uning oilasi va ularnig atrofidigi odamlarning sharofati bilan shunday.

Toshkentdagi “Style.uz”da vinolar daryo bo‘lib oqib, qimmatbaho kiyimlar kiygan modellar, mashhur artistlar, dizayner, rassomlar, bir so‘z bilan bazmi jamshid qilisharkan, ayni paytda O‘zbekistonda millionlar uning fuqarolari nohaqlik va qashshoqlik girdobiga g‘arq bo‘lmoqda.

Odamlarni, jumladan, voyaga yetmagan bolalarni paxta terishga majburlashmoqda.

Mustaqil matbuort olishga muvaffaq bo‘lgan ma'lumotlarga ko‘ra bu yilgi paxta mavsumi o‘n nafar yoshlarni hayotdan olib ketdi.

Ayni paytda, yaqinlari pul ishlashga Rossiyaga ketgan ko‘plab o‘zbek oilalari, rossiyaliklarni qamragan mehnat muhojirlariga bo‘lgan umumiy nafrat to‘lqini dahshatdan qaltiratmoqda.

Ayni kunlarda Sangorod jarima izolyatorida 63 yoshli jurnalist Solijon Abdurahmonov o‘tiribdi.

Surunkali oshqozon kasalligidan keyin u mahkumlikda ichak yarasini ham orttirdi.

“Sangorod” shifokorlari unga zudlik bilan jarrohlik lozimligini aytirshgandi, biroq uning kasalligi haqida Uznews.net orqali bildirilgach, og‘ir kasal odamni, 1 noyabrga qadar 15 sutka jarima hibsxonasiga tashlashdi.

Paradoksmi? Qonuniyat!

Qudrat Bobojonov

Tag‘in o‘qing
27 may 2016
«Adolat ko‘zgusi» gazetasi bugungi o‘zbek maktablaridagi achinarli holatlardan biri, ya'ni ta'lim muassasalarida soxta diplom bilan dars berayotgan o‘qituvchilar borligiga ...
13 april 2023
Buyuk Chingizxonning uzilmas 23-avlodi sanalgan 106 yoshli Nasim Mirzo Chingiz (Naseem Mirza Changez) 2018 yilning 12 aprelida Eski Dehlida ...
1 june 2021
Bugun – 1 iyun sanasida Bolalarni himoya qilish xalqaro kuni munosabati bilan O‘zbekistondagi barcha OAVda materiallar e'lon qilinadi. Ularda ...
4 may 2017
O‘rislar «jivuchiy» deydi. O‘zbekchada «yashovchan», «chidamli» deb tarjima qilinadi ko‘pincha. «Moslashuvchan» deb o‘girish ham mumkin. O‘zbek matbuotiga nisbatan shu ...
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...