Asosiy mavzular
30 may 2016

28 may – mahkum o‘zbek jurnalisti Solijon Abdurahmonov 66 yoshda

«O‘zbek hukumati zudlik bilan va hech qanday shartsiz, 10 oktyabr kuni siyosiy motiv bilan qamoqqa hukm qilingan mustaqil jurnalistni ozod qilishi kerak» deya bayonot bergan edi o‘shanda Xyuman Rayts Votch.

Bugun esa Amerikaning O‘zbekistondagi elchixonasi nohaq qamalgan o‘zbek jurnalistini uning tug‘ilgan kuni, 66 yoshga to‘lishi munosabati bilan esladi.

«Janob Abdurahmonov Inson huquqlarini himoya qilish qo‘mitasining Qoraqolpog‘iston bo‘limi a'zosidir. U bir qator ommaviy axborot vositalarida, jumladan UzNews.net, «Ozodlik Radiosi», «Amerika ovozi», va Urush va tinchlikni yoritish inistituti (IWPR) nashrlarida sotsial, iqtisodiy va inson huquqlarining buzulishiga oid maqolalari bilan qatnashib turgan.

2008 yilda janob Abdurahmonov hibsga olinib, giyoxvand moddalari buyicha ayblanib, 10 yil muddatga qamalgan. Xalqaro tashkilotlar va ko‘plab hukumatlar uni ozod etishga chaqirib kelmoqda» deya yozadi Amerikaning Toshkentdagi elchixonasi bugungi xabarida.

Biroq, jurnalist mashinasiga giyohvand tashlanib qamoqqa olinganidan buyon o‘tgan sakkiz yil davomida O‘zbekistondagi ochiq jamiyat, inson huquqlari tashkilotlari, xalqaro va diplomatik idoralarning jurnalist himoyasiga qilgan chiqishlari javobsiz qoldi.

O‘tgan davr bu rejimning erkin ovozlarni bo‘g‘ishdan boshqa narsaga yaramasligini namoyish qildi.

2014 yilning 30 noyabri kuni esa Yoxann-Filipp Palma nomidagi nemis jamg‘armasi Solijon Abdurahmonovni yuksak xalqaro mukofotga taqdim etdi.

Bu tantanali marosimda ham na Solijonning o‘zi, na da uning qarindoshlari ishtirok eta olishmadi.

Germaniyaning Shorndorf shahrida o‘tgan 2014 yil uchun So‘z va matbuot erkinligi mukofoti laureati bo‘larkan mukofotni uning horijdagi hamkasblari qabul qilib olishdi.

Bu mukofot Solijonning boshqa safdoshlari uchun sharafli edi.

Biroq, aslida ekologik falokat zonasida joylashgan olis Qoraqolpog‘istonning og‘ir muammolari, achchiq dardlarini dunyo hamjamiyatiga yetkazgani uchun qamoqda qolayotgan jurnalistning xalqaro miqyosdagi bu e'tirofi ham o‘zbek rejimining buzuq ongida hech bir o‘zgarish yasamadi.

O‘zbekiston – jurnalistika yo‘q bo‘lgan mamlakatdir, zotan fikr erkinligi bo‘lmagan joyda jurnalist ishini tasavvur qilish qiyin. Garchi bu yerda rasmiy tsenzura bo‘lmasada, har qanday nashr muharriri va jurnalisti, o‘z o‘quvchisiga to‘g‘ri va halol munosabat va jamiyatdagi muammolarni ochiq muhokama etish mumkin emasligini biladi.

Kasb sifatida jurnalistikaning yo‘q qilinishi, Solijon Abdurahmonov kabi jurnalistlarni osongina qamoqqa jo‘natish muminligi bois yuz berdi.

Qo‘rquv o‘rnagi o‘zbek jamiyatiga allaqachon singdirilgan va ish bermoqda, demak bu, so‘z erkinligini talab qilganlar umuman erkidan mahrum bo‘lishini eslatish uchun ham, Solijon turmada qolishi lozimligini anglatadi.

Eltuz.com

Tag‘in o‘qing
13 july 2018
Rassom Kirpi Eltuz.com
19 january 2026
Qishning anomal sovuq bir kunida katta bir amaldor deputat chekka bir qishloqqa borib, yurt qashshoqlari bilan uchrashib, ularga maqtana ...
15 december 2023
Mana xafta aylanib siz bilan yana yuzma yuz, betma betman. Yaxshimisizlar azizlar. Tashqarida qahraton sovuq bo‘lsa ham, diydoringiz issiq. ...
17 january 2026
Muhammad Solih KARIMOVGA «YaShIL XAT» 1995 yil mart oyi oxirida Olmon Parlamentidagi «Yashillar partiyasi» fraktsiyasi rahbarlaridan biri asli turk ...
Bloglar
31 january 2026
Bir do‘stim hozir ichimni yoqib Kolumbiyada safarda yuribdi. Kecha u Medelin (ispanchasi Medeyin) shahrida edi. ...
29 january 2026
O‘zbekistonlik faol Farida Sharif o‘zining yangi blogida «So‘qir Sherlok» ya'ni Blaynd Sherlok detektiv serialini tomosha ...
23 january 2026
Vladimir Zelenskiy bugun Davosda: 🇨🇭 «Sizlarga (jahon elitasiga) Ukraina mustaqilligi hammadan ko‘ra ko‘proq kerak. Chunki ...